Telegram:
@saytyaratish
*1-sinfning ona tili, o‘qish, matematika, odobnoma fanlari 150 ming so‘m bo‘ladi. Dars ishlanmalar boshlang’ich ta’limining moxiro‘qituvchilari tomonidan tuzib chiqildi.
1-dars
Mavzu: Ona tili haqida suhbat.
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Vatan, ona, til, nutq.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Ona tiliga bo‘lgan mehrni o‘rgatadi.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonlio‘quvchi” o‘yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o‘zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko‘rgazmalar,harakatli ko‘rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
Ta’limiy: ona tili, ona tili predmeti haqida ma’lumot berish, nutq, o‘zaki va yozma nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Tovush va harflarning farqinio‘quvchi ongiga singdirish, to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish..
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to‘g‘rio‘qiy oladi.
|
Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Ona tili haqida suhbat
|
Ko‘rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Ona tili daftari bilan ishlash
|
Husnixat
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash vao‘quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Baholash.
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism.
salomlashish;
–navbatchi axborotini tinglash (navbatchi o‘zini tanishtiradi, oy, kun, fasl, o‘quvchilar davomati haqida ma’lumot beradi);o‘quvchilarning darsga tayyorgarliklarini tekshirish;
–diqqatni jamlash mashqlarini bajarish. (bundao‘quvchilarning diqqatini jamlash uchun «Delfin dengizda» mashqi O‘tkaziladi. Buning uchuno‘qituvchi qo‘l harakatlari bilan suv to‘lqini va delfinning suvda sakrash holatini ko‘rsatadi.o‘quvchilar delfin sakrash holati ko‘rsatilganda bir marotaba qarsak chalishlari kerak. bu holat 3 marotaba takrorlanadi.) yoki mashqni multimedia orqali monitorda ko‘rib bajaradilar).o‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning «Do‘stona kelishuv» qoidalarini eslatib O‘tish:
1. intizom.
2. o‘zaro hurmat.
3. Faollik.
4. aniqlik.
5. ahillik.
6. o‘ng qo‘l qoidasi.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
O‘quvchilarni darslik bilan tanishtirish maqsadida quyidagi savollar asosida suhbat tashkil etiladi:
–O‘zbekiston Respublikasining davlat tili qaysi til?
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili
–Hammamiz qaysi tilda gaplashamiz?
–Hammamiz o‘zbek tilida tilda gaplashamiz. Tilga e’tibor – elga e’tibor.
–Agar odamlar o‘z tilini unutsalar, millatini yo‘qotadilar. Shuning uchun siz o‘zbek tilini yaxshi bilib olishingiz lozim. Buning uchun maktabda ona tili fani o‘rgatiladi. Nima uchun ona tili fani dedik?o‘quvchilarning javoblari tinglanadi va bildirilgan fikrlar xulosalanadi va izohlanadi.) Bu darslikni olimlarimiz: Tal’at G‘afforova, Ergash Shodmonov, Xolida G‘ulomovalar yozishgan. darslikdagi mashq va topshiriqlar sizni to‘g‘ri va mazmunli gapirishga, to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatadi. Shundan so‘ng darslik muqovasidagi rasm asosida suhbat uyushtiriladi. Multimedia 1-ilova. «Ona tilim» she’ri bilan multimedia orqali tanishtiriladi. Buning uchun video tasvir namoyish etiladi. She’r yuzasidan quyidagicha suhbat tashkil qilinadi: –She’r nima haqida ekan?
– She’r ona tili haqida ekan. She’rning muallifi kim? – – She’rning muallifi Muhammad Yusuf. Multimedia 2-ilova.
«Oila» mavzusidagi rasmda buva, buvi, ota, ona, qiz va o‘g‘il farzandlar tasvirlangan.o‘qituvchi tomonidan beriladigan quyidagi savollar yordamida oila a’zolarining nomi ketma-ketlikda aytiladi. Savol: Bu kim? (ota). Shunda ota rasmi ekranda kattalashtirilib ko‘rsatiladi va rasm ostida ota so‘zi hosil bo‘ladi.o‘quvchilar bu so‘znio‘qiydilar.
1-mashqda keltirilgan so‘zlar darslikdano‘quvchilargao‘qitiladi vao‘qitish jarayonida savollar yordamida so‘zdagi tovush va harflar soni aniqlanadi.
ona va opa so‘zlari hosil bo‘lishi, bola so‘zida b undoshi x undoshi bilan o‘zgartirilganda xola so‘zi hosil bo‘lishi, buva so‘zidagi a unlisi i unlisi bilan al- mashtirilganda buvi so‘zi hosil bo‘lishi ko‘rsatib O‘tiladi. Bu so‘zlar daftarga husnixat asosida ko‘chirib olinadi, o‘zgargan harflar tagiga bir chiziqcha chiziladi.
Dam olish daqiqasi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Husnixat daqiqasi»ni tashkil qilish. Multimedia ilova asosida bosh va kichik Aa harfi va harf unsurlarining yozilishi ko‘rsatiladi. Gap yozishda harflarning bog‘lanishi tushuntiriladi: Aa, Aa, Aa. Adiba aqlli qiz.
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish .
Vazifa tushuntirilib beriladi.
|