“Kompleks sonlar ” mavzusini o‘qitishda “Bumerang” texnologiyasi




Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana30.11.2022
Hajmi315.35 Kb.
#32605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kompleks-sonlar-mavzusini-o-qitishda-bumerang-texnologiyasi (1)
Baxtsiz hodisalarni tahlil etish va shikastlanishlar, Pisa test informatika 5-6-7 sinflar uchun, модул 1, Файзуллаев Ёдгоржон 2000, hjhjhgy, 111, 222, konstitutsiya uz, Taqdimoti boshlang’ich sinif o’quvchilari diqqatining ayrim xususiyatlari, dvigatel111, 1-dars, bayonnoma 31.03.2023, Baxromov M, ApplicationFile
Bumerang texnologiyasini o‘tkazish bosqichlari
1-bosqich. Guruh talabalari 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi; 
- o‘qituvchi har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash 
va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi. 
Ularning soni guruhlar va talabalar soniga bog‘liq. Agar 5 ta kichik guruh bo‘lsa, u 
holda umumiy mavzu 5 ta kichik matnlarga bo‘linib har bir guruhga beriladi; 
- faoliyat samarali bo‘lishi uchun har bir guruhga berilgan matndan har bir 
talabaga beriladi. Shunday qilib, 5 ta guruh umumiy mavzu asosida 5 xil matnga, har 
bir talaba esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo‘ladi. 
Namuna sifatida “Kompleks sonlar” mavzusini 5 ta qismga ajratib kichik 
guruhlarga tarqataylik: 
1. Kompleks son va uning algebraik, trigonometrik, ko`rsatkichli shakllari 
hamda ular ustida amallar.
2. Algebraning asosiy teoremasi.
3. Kubik tenglama
4. Kardano formulasi.
5. Yuqori darajali tenglamalar. 
2-bosqich. Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida 
o‘rganishlari, matnni eslab qolishlari, keyin esa kerak bo‘lsa boshqalarga yoki 
o‘qituvchiga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari kerakligini 
o‘qituvchi uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta yoki kichikligiga qarab 10-15 
daqiqacha vaqt beradi. O‘zi esa guruh va talabalarning ish faoliyatini kuzatadi. 
3-bosqich. O‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik 
qog‘ozlar bilan xar bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog‘ozlardan 
bittadan raqam tortib olishlarini so‘raydi (qog‘ozlar soni guruhdagi talabalar soniga 
bog‘liq, masalan guruhda 5 kishi bo‘lsa, qog‘ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib 
tayyorlanadi. Kichik guruhlardagi barcha talabalar raqamlar yozilgan qog‘ozdan 
olishlari kerak. Nechta guruh bo‘lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar 
yozilgan qog‘ozlar tayyorlanadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
432


O‘qituvchi raqamlar bo‘yicha talabalardan yangi guruhlar tuzishlarini so‘raydi. 
Masalan, hammada 1-raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2-raqamlilar ikkinchi, 3-
raqamlilar uchinchi guruhni, 4-raqamlilar to‘rtinchi guruhni, 5-raqamlilar beshinchi 
guruhni tashkil etishlarini so‘raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o‘zlari bilan 
o‘rgangan matnlarini ham olib o‘tishadilar. 
4-bosqich. Raqamlar bo‘yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda 
avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o‘z-o‘zidan to‘planib qoladi, ya’ni 5 xil matn 
o‘rganilgan bo‘lsa, bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to‘planadi, umumiy 
mavzu bo‘yicha 5 talaba va 5 xil matn to‘planadi. 
5-bosqich. Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o‘ziga 2 ta vazifa, ya’ni 
o‘qituvchi va talaba vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko‘rsatadi: 
- o‘qituvchi (o‘rgatuvchi) sifatida, o‘zi avval o‘rgangan materialni gapirib 
beradi, o‘zi mustaqil o‘rgangan materialning asosiy joylariga barchaning diqqatini 
jalb qiladi, boshqa guruh a’zolarining tushunish va o‘zlashtirish qobiliyatlarini 
tekshiradi. 
- talaba sifatida, guruh a’zolarining navbatma-navbat so‘zlab, tushuntirayotgan, 
gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga 
harakat qiladi. 
- o‘qituvchi esa ularga o‘z matnlarini faqat so‘zlab berishlari kerakligini uqtiradi 
va bunga 20 daqiqacha vaqt beradi (matn hajmiga va umumiy mavzuning qiyin, 
osonligiga qarab vaqt ajratiladi). 
Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material talabalar 
tomonidan o‘zlashtirilgan hisoblanadi. 

Download 315.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kompleks sonlar ” mavzusini o‘qitishda “Bumerang” texnologiyasi

Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish