“Kompleks sonlar ” mavzusini o‘qitishda “Bumerang” texnologiyasi




Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana30.11.2022
Hajmi315.35 Kb.
#32605
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kompleks-sonlar-mavzusini-o-qitishda-bumerang-texnologiyasi (1)
Baxtsiz hodisalarni tahlil etish va shikastlanishlar, Pisa test informatika 5-6-7 sinflar uchun, модул 1, Файзуллаев Ёдгоржон 2000, hjhjhgy, 111, 222, konstitutsiya uz, Taqdimoti boshlang’ich sinif o’quvchilari diqqatining ayrim xususiyatlari, dvigatel111, 1-dars, bayonnoma 31.03.2023, Baxromov M, ApplicationFile
Keywords: Complex numbers, Boomerang technology, lesson, student, teacher, 
topic, assessment, group, teaching materials. 
Hozirgi vaqtda ilg‘or pedagogik texnologiyalar (interfaol usullar) mashg‘ulot 
turlari ko‘p bo‘lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
430


maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Bu matematika 
fani darslarini o‘tishda juda muhim hisoblanadi. Bunda o‘quvchilarning 
tayyorgarliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi. Xususan: mashg‘ulotda faol ishtirok 
etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro 
hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila 
olish ko‘nikmalari va boshqalar... 
Otilgan buyumning otuvchiga qaytib kelishini ta’minlovchi o‘roqsimon otish 
quroliga bumerang deyiladi. Ta’limda bumerang metodining ma’nosi pedagog 
tomonidan tashlangan muammoli masala yoki mavzuning talabalar tomonidan 
o‘zlashtirilgan holda o‘qituvchiga og‘zaki yoki yozma shaklda qaytishidan iborat. 
1. Darsda o‘rganiladigan mavzuning rejasida 4 ta qism mavzular bo‘lsa, o‘quv 
xonasidagi talabalar ham 4 guruhga ajratiladi. Rejadagi birinchi qism mavzu 
o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan javoblari bilan birinchi guruh talabalarining har 
biriga taqdim etiladi. Shu tariqa rejadagi boshqa qism mavzular ham javoblari bilan 
birgalikda o‘ziga mos nomerdagi guruhlarning talabalariga tarqatiladi. Har bir 
guruhdagi talabalar o‘zlariga javoblari bilan taqdim etilgan bitta qism mavzuni 
o‘qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda o‘rganib chiqadilar.
2. Shundan keyin 4 guruh talabalari aralashtirilib, yangi tarkibdagi 4 guruh 
tashkil etiladi. Bu yangi guruhlarning har birida dastlabki 4 guruhlarning barchasidan 
bir nechtadan talabalarning ishtirok etishiga erishiladi. Natijada butun o‘quv 
materialini yaxlit jamoa bo‘lib o‘rganish imkoniyati tug‘iladi. Muhimi, talabalarda 
o‘quv materialini mustaqil o‘rganish, hamkorlikda ishlash, bilganlarini boshqalarga 
tushuntira bilish ko‘nikma va malakalari shakllanadi. 
3. O‘qituvchi tomonidan belgilangan reglamentda mavzuni jamoa bo‘lib 
o‘rganish yakunlangach, talabalar dastlabki guruhlariga qaytishadi va savol-javoblar 
boshlanadi. O‘qituvchining tashkilotchiligi asosida savollar boshqa guruhlar 
tomonidan bitta jamoaga beriladi. Jamoa ichidan o‘zlari tanlagan bir talaba 
sheriklarining to‘plagan ballarini yozib, jamlab, natijalarini o‘qituvchiga topshiradi. 
Barcha guruhlar shu tarzda savol-javobdan o‘tkaziladi. Bunda qo‘yilgan savolga 
to‘g‘ri javob bergan talabaga 3 ball, to‘g‘ri qo‘shimcha qilganga 2 ball, to‘g‘ri replika 
qilganga 1 ball, umuman fikr bildirmaganga 0 ball qo‘yiladi. 
4. Har bir guruh mavzu bo‘yicha o‘zlari bittadan savol tuzib, unga javob 
berishni boshqa jamoalarga taklif etadi. To‘g‘ri javob bergan jamoaning umumiy 
baliga 3 ball qo‘shilib, boshqalarga 0 ball qo‘yiladi. Hech kim javob bera olmasa
savolni tuzgan jamoaning o‘zi javob bersa, ularning umumiy baliga 3 ball qo‘shib 
qo‘yiladi. 
5. Endi har bir talabani baholash uchun ularga mavzu bo‘yicha oldindan 
tayyorlangan test topshiriqlari tarqatiladi. Bir guruhning ish natijalarini boshqa jamoa 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
431


talabalari tayyor javoblar asosida tekshirib, o‘qituvchi tomonidan taqdim etilgan 
shkala bo‘yicha ball qo‘yiladi.
6. Dars o‘qituvchi tomonidan talabalar ishtirokida mustahkamlanadi va 
umumlashtiriladi. Guruhlar va talabalarga to‘plangan ballar e’lon qilinib, 
rag‘batlantirish amalga oshiriladi. Kelgusi dars uchun kerak bo‘ladigan topshiriq va 
vazifalar shakllantiriladi.
Guruh talabalarining tayyorgarlik darajasiga, o‘quv materiallarning hajmi, oson 
yoki qiyinligiga bog‘liq ravishda dars vaqtida yetishmovchilik kutilsa, to‘rtinchi 
bosqichni o‘tkazmaslik mumkin. 

Download 315.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Kompleks sonlar ” mavzusini o‘qitishda “Bumerang” texnologiyasi

Download 315.35 Kb.
Pdf ko'rish