|
Muammoning o’rganilganlik darajasi
|
bet | 2/4 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 64,65 Kb. | | #272501 |
Bog'liq KOMPOZITSIYAMuammoning o’rganilganlik darajasi. Adabiyotshunoslikda kompozitsiya nazariyasi, turlari va ularni o’qitish metodikasiga oid V.Shklovskiy, Revyakin, G.L.Abramovich, G.N.Popelov, L.M.Krupchanov, Rudneva; I.Sulton, M. Qo’shjonov, I.G’afurov, H.Umurov, A.Rahimov, T.Boboev, E.Xudoyberdiev, D.Quronov kabi adabiyotshunos olimlar, hamkorlik texnologiyasi va trening mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha M.Anoxina, N.G.Svinina, N.A.Alekseev, Ye.V.Bondarevskaya, I.A.Kolesnikova, S.V.Kulnevich, V.V.Serikov, V.I.Slobodchikov, A.P.Tryapitsinaya, I.S.Yakimanskaya, M.R.Davletshin, Ye.G’oziev, J.G’.Yo’ldoshev, R.G’.Safarova, Sh.Qurbanov, Ye.Seytxalilov, B.R.Adizov, R.SH.Ahliddinov, O’.Q.Tolipov, Sh.Q.Mardonov, F.R.Yuzlikaev, U.SH.Begimqulov, N.M.Egamberdieva, U.Q.Musaev, G.N.Najmiddinova, Ye.R.Yuzlikaeva, B.X.Xodjaev, B.Mahmurov kabi pedagog va psixolog olimlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Bu sohada ko’p qirrali yondashuvlarning mavjudligiga qaramasdan shaxsga yo’naltirilgan Ta’lim jarayonini tashkil etish, uni boshqarish, o’qituvchi faoliyatini mazmun, metod va sifat jihatdan takomillashtirish, uni shaxsga yo’naltirilgan Ta’lim jarayonini amalga oshirishga tayyorlash kabi muammolar o’z yechimini kutmoqda. So’nggi yillarda pedagogik menejment va shaxsga yo’naltirilgan Ta’lim jarayonini boshqarish sohasida bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Chunonchi, N.S.Denikova, V.A.Karakovskiy, Yu.A.Konarjevskiy, L.I.Novi-kova, M.M.Potashnik, R.X.Shakurov, T.I.Shamova, R.SH.Ahlidinov, R.H.Djuraev, Sh.Qurbanov kabilarning ishlari bunga misol bo’la oladi.
Tadqiqotning maqsadi – tanqidiy fikrlash texnologiyasi asosida “Kompozitsiya va uning turlari o’qitish mazmunini yoritib berish.
Tadqiqotning vazifalari:
“Kompozitsiya va uning turlari” ni o’qitishga zamonaviy yondashuvni tatbiq etish
Tadqiqot predmeti – “Kompozitsiya va uning turlari ”mavzusini o’qitish mazmuni, imkoniyatlari va yo’llari.
Tadqiqot metodlari: qiyosiy tahlil metodlari mavzuga oid psixologik va pedagogik adabiyotlarni o’rganish hamda tahlil etish; muammo bo’yicha ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish
|
| |