• Psixologik (ruhiy) konflikt
  • “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar
  • “sayyor” yoki “o’zlashtirilgan”
  • Prolog (
  • Ekspozisiya
  • Epilog
  • Kompozitsiya. Uning qonuniyatlari va vositalari reja: Kirish 1 bob. Badiiy asar kompozitsiyasining asosiy tamoyillari




    Download 64,65 Kb.
    bet3/4
    Sana26.09.2024
    Hajmi64,65 Kb.
    #272501
    1   2   3   4
    Bog'liq
    KOMPOZITSIYA

    Tadqiqotning metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, talaba shaxsini shakllantirishga doir qadriyatli yondashuvlar, shaxsning biologik va ijtimoiy mavjudot sifatidagi faoliyati mazmunini ifoda etuvchi qarashlar, bilish nazariyasi, shuningdek, shaxs ijtimoiy ongining dinamik rivoji borasidagi falsafiy yondashuv, adabiyotshunoslik nazariyasi hamda psixologik, pedagogik qonuniyatlardan iborat.

    Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi.


    Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1.
    Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi.
    har qanday asardagi bosh g’oya (Mas., “O’tgan kunlar”ning bosh g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayot tariximizning eng kirlik, qora kunlaridir) – kompozitsiyaning markazi sanaladi. Ana shu markazga asardagi hamma unsurlar(boblar, obrazlar, detallar, vositalar, so’zlar...) bo’ysinadi va uning talabiga ko’ra asar to’qimasidan o’z o’rnini oladi. Ayni paytda bosh g’oyaning maqsadini ochish uchun xizmat qiladi. Jumladan, birgina misolga murojat qilaylik: “O’tgan kunlar”da Kumushning ko’zyorishi (tug’ishi)ga oz vaqt qolganda buvisi Oyshabibi vafot etadi. Natijada Oftob oyim va Mirzakarim qutidor – azadorliklari tufayli Kumushning tug’ishi arafasiga yetib borolmaydilar (holbuki, o’zbek odatiga binoan qizning birinchi tug’ishida onasi uning oldida bo’lishi kerak). Bu holat - Kumushning zaharlanishini (Oftob oyim bo’lganida zaharlanish yuz bermagan bo’larmidi?) va halok bo’lishini asoslaydi. Kumushning shu tarzdagi fojeasi esa XIX asrning ikkinchi yarmidagi hayotni – eng kirlik, qora kunlar ekanligini (ko’rsatish orqali) isbotlaydi.
    Kompozitsiya, bundan tashqari, tasvirdagi me’yor va muvofiqlikni ham yuzaga chiqaradi, sayozlikka, bayonchilikka, bayondagi ezmalikka, takrorga yo’l bermaydi. Agar kompozitsiyaning bu talabiga rioya etmasa, “Yozuvchi sayoz joyda cho’kadi” (A.Muxtor), bayonchilikka yo’l qo’ysa – jurnalist, publisistga aylanadi, ezmalik qilsa – san’atining qusurini namoyish etadi, takrorlarga ko’plab yo’l qo’ysa-yozuvchilik qismatini oddiy hunarmand qismatiga aylantiradi, xalos. Mana, ikkita isbot: “O’zbeknoma”dagi markaziy fikr “Bu – o’zbek xalqi buyuk xalq, u o’tmishda buyuk qadriyatlar yaratgan, buyuk shaharlar qurgan, uning ichidan buyuk zotlar yetishib chiqqan, bugun uning buyuk yurtboshisi bor, bugun o’zbek xalqi ana shu rahbari boshchiligida buyuk kelajak sari odimlamoqda, degan fikrdir... Albatta, bu fikr juda to’g’ri fikr. Lekin san’atning san’atligi shundaki, har qanday to’g’ri fikr undagi tasvirdan, asarning badiiy to’qimasidan o’zi mustaqil kelib chiqmog’i zarur, tashqaridan yopishtirilishi kerak emas. Afsuski, “O’zbeknoma”da bu fikr hali poetik g’oya darajasiga o’sib chiqmagan.
    “O’zbeknoma”day asar yozib, bugungi kitobxonga bu fikrni tavsiflab berishning o’zi g’alati... Shoir esa tavsiflash doirasidan chiqolmay, hayotga maddohlik ko’zi bilan qaragan, maddohlik tafakkuri bilan fikrlagan. Shu holat asarni semirtirib ham yuborgan, uni o’qishni, hatto qabul qilishni ham qiyinlashtirgan. Axir, asal juda yaxshi, juda zarur shifobaxsh narsa, lekin ko’p bo’lganda-chi? Masalan, o’zingizni bir bochka asal ichida o’tirgandek his qiling. Xuddi shunga o’xshash me’yorsiz, o’lchovsiz, oxir-keti yo’q madhiya ham teskari natija beradi-odamni entiktirib, damini qaytaradi. Kitobning bir joyida shoir madhiyabozlikni oqlash uchun hadisdan shunday dalil keltiradi: “Odil podshoni hurmatlash tangrini ulug’lash bilan barobardir”. Juda dono gap. Lekin hurmatlash boshqa, madhiya o’qish boshqa. Menimcha, odil podsho har qanday madhiyadan ko’ra adolat yo’lida qo’yilgan bitta amaliy qadamni afzal biladi.
    Maddohlikning nojoyiz tomonlaridan yana biri shundaki, hamisha uning zamirida manfaatparastlik, ta’ma yashirinib yotadi”(O.Sharafiddinov. “Mag’zi puch so’zlardan bir tosh nari qochh” O’zAS, 15 sentyabr, 2000-yil).
    Kompozitsiya estetik didning teranligini talab qiladi. Chunki u, albatta, badiiy kompozitsiyada ham o’zligini topadi.
    “Masalan ,ikki sevishgan yigit va qiz maysazorda uchrashib, g’aroyib his-tuyg’ularini bir-birlariga izhor etayotganda ma’shuqaning oyoqlari daf’atan toshbaqaga tegib ketishi mumkin. Ammo o’sha g’aroyib his-tuyg’ularni tasvirlaydigan she’rga toshbaqaning kirishga haqqi yo’q,”-deydi A.Oripov.
    Ba’zida bu mulohazalarning teskari isbotini ko’rganingda [Jonrid Abdullaxanovning “Yo’l” (O’zadabiynashr,T.,1964,100-101 betlar) romanida Gulchiroyga Qudratning muhabbati tasvirlanarkan, o’rinsiz tarzda loy-pishtak o’ynayotgan bolalar, qoqolab qochgan ikki-uch tovuq, hangrab yuborgan eshak... ham qatnashadi], kompozitsiya yaratish - did san’ati ham ekanligini ta’kidlashga, yozuvchi-san’atkorning har bir tasviri, so’zi o’lchangan, go’zallikka o’rangan, qalblarga bexato kiradigan ezgulik nuri bo’lishi shartligini eslatishga majburiyat sezasan.
    Demak, “hikoyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsani shafqatsizlik bilan chizib tashlash lozim. Agar siz birinchi bobda devorda miltiq osilib turibdi desangiz, ikkinchi yoki uchinchi bobda o’sha miltig’ingiz, albatta, otilishi kerak” (A.P.Chexov). Ana shu saboq-kompozitsiyaning bosh qonunidir, unga bo’ysingan yozuvchi o’z g’oyaviy-estetik niyatiga xizmat qilmaydigan bironta tasvirni, bironta tafsilotni, bironta detalni, bironta so’zni, hattoki, bironta tinish belgisini kiritmaydi.
    Ma’lumki, kompozitsiya syujetdan kengroq hodisa sanaladi, chunki u syujetni ham, syujetdan tashqarida qoluvchi vositalarni ham o’zida jamg’aradi. Syujetdan tashqarida qolgan badiiy unsurlar - kompozision vositalar deb yuritiladi va ularning barchasi asarning birbutun va mukammal bo’lishiga xizmat qiladi. Shuning uchun ham kompozitsiyani adabiy asarga tugallik va yaxlitlik baxshida etuvchi, yakunlovchi adabiy-badiiy shakl deb yuritadilar. Kompozision vositalardan ba’zilarini hukmingizga havola qilamiz.
    1. Asar sarlavhasi. “Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikrni talab etadi, busiz go’zal ifoda hyech narsaga xizmat qilmaydi” ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so’zda ifodalanishi, yuzlab sahifalarga sochilgan mazmunni o’zida aniq jamg’arishi, nomlanishidanoq o’quvchini o’ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog’da, rohatbaxsh hamdir. “Qutlug’ qon” (Oybek), “Ulug’bek xazinasi” (O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”, “Ona lochin vidosi” (P.Qodirov), “O’g’ri”, “Bemor” (A.Qahhor), “Chinor” (A.Muxtor), “Iymon” (I.Sulton), “Qudratli to’lqin” (Sh.Rashidov), “Shaytanat” (T.Malik), “Lolazor” (Murod Muhammad Do’st), “Egilgan bosh” (O.Muxtor), “Oq qushlar, oppoq qushlar” (O.Yoqubov), “Otamdan qolgan dalalar” (Tog’ay Murod), “Ikki eshik orasida” (O’.hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o’rganishning o’zidayoq ko’pgina saboq va o’gitlarning beradi.
    Jumladan, “dunyo hikmatlarini mo’jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan” san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik:
    “Keyingi vaqtda-keksalik, xastalik sabab-juda kam uyqu bo’lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo’q, uzuq-yuluq o’y-xayol qalashib kelaverarkan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo’yadigan bo’ldim.
    Daftarimni “tundalik” deb atadim. Bu “janr”ning “kundalik”dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo’lmaydi.
    Bu gaplar, biri bog’dan, biri tog’dan bo’lsa ham, kimnidir fikri yo sa’y-harakatiga turtki bo’lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holatidan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo’shib yashaymiz”.
    Darvoqye “Tundaliklar” nomini eshitganingizdanoq, sizda qiziqish uyg’onadi, uning mazmuni bilan tanishishga oshiqasiz. Asqad Muxtorning ikki daftardan iborat bu so’nggi asari – umri yakunidagi Yozuvchining sir-asroridan, uning Odam va Olam haqidagi kashflaridan xabar beradi, kitobxonni o’yga toldiradi, harakatga shoshiltiradi, hayratga ko’madi. Eng asosiysi nom asardagi bosh g’oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oldi, ya’ni A.Muxtor kasalligiga, og’ir kasalligiga qaramay, tungi bedorlik paytlarida ham yaratish bilan band bo’ldi, o’z aql-zakovati bilan ko’pni hayajonlantira oladigan insoniy dardlarni, mushohadalarni, yangi izlanishlarga asos bo’la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. haqiqiy ijodkor inson qiynalib so’zlasa-da, qiynalib yozsa-da, shunday holatda ham ko’p uchun qayg’uradigan, ko’pning dilidagini aytadigan, ko’p uchun yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo’lish kerakligini isbot qildi. Tiriklikning har bir daqiqasi o’zlikni, demakki, Ollohni bilishga sarflanishini lozimligini ko’rsatdi. Shu yo’l bilan eng ohirgi daqiqalarda ham ikkinchi umrining mazmunini (“Ijod – o’limni o’ldirmoq”dir), yanada boyitdi, uning boqiyligini ta’minladi. “Tundaliklar”da: “Shamol shamni o’chiradi. Shunga o’xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o’t oldiradi”, - degan haqiqat ham yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdirh
    Ko’pgina asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan ataladi. “Zaynab va Omon” (h.Olimjon), “Navoiy” (Oybek), “Mirzo Ulug’bek” (M.Shayxzoda), “Amir Temur” (Olimjon Bo’riyev), “Fotima va Zuhra” (U.Umarbekov), “Ibn Sino” (M.Qoriyev), “hamza” (K.Yashin) kabi asarlar buni isbotlaydi va asar syujetini bevosita shu obrazlar bilan bog’liqligini ko’rsatadi. Shu asos tufayli bu nomlar ham aniq asarning birbutunligiga hissa bo’lib qo’shiladi.
    2. Epigraf (yun. Epigraphe-yozuv). Dastavval, u qadimgi Gresiyada qabr toshlariga yozilgan she’rlarning janri bo’lgan. Keyinchalik va hozir ham xalq og’zaki ijodi yoki yozma adabiyotdan olingan hikmatli so’z, maqol, parcha yoki iboralarning boshqa bir asar (uning sarlavhasidan keyin, qismi va bobining boshlanishi)da bittasini yoki bir nechtasini keltirilishiga epigraf atamasi ishlatiladi. Epiraf hamma asarlarda bo’lavermaydi, lekin u doimo qisqa, sodda bo’lishi, ibratli mazmunni o’zida jamg’arishi lozim. Eng asosiysi, muayyan asarning mazmunini o’zida tashishi yoki shu mazmun qanday bo’lishiga urg’u berishi (ba’zida isbotlashi) talab qilinadi.
    Jumladan, H.Olimjonning:

    Har yurakning bir bahori bor,


    Har bir qalbga ishq bo’lar mehmon.
    Har yurakda gullar muhabbat,
    Bo’ston etar uni begumon.
    Lekin Layli boshiga kelgan
    Qora kunlar bizga yot bugun.
    Bizga yotdir Shirin baxtini
    Paymol etgan u qop-qora tun,-
    she’riga quyidagi epgraf keltirilgan:
    “Muhabbat
    Ul o’zi eski narsa,
    Lokin har bir yurak
    Oni yongorta...”
    Gul ochilar bahor chog’ida
    Va to’lishar ona bog’ida.
    Ona sevmas farzand topilmas,
    Farzand yo’qdir onani sevmas.
    Farzand guldir, ona bir bo’ston,
    Shuning bilan jahon guliston.
    Ana shundan so’ng Omon qismati – uning onasiz yolg’iz o’tgani, zaqqumlar yutgani, ona allasiga intizor bo’lgani, ona tovushiga zorligi tasvirlanadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada aniqroq va to’liqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g’oyasini ta’sirchanligiga hissa qo’shadi, asardagi olamni – busbutun bo’lishiga kichkina, lekin zarur ko’makni (“Arqonga qil quvvat”dir) beradi.
    Lirik chekinishning yana bir ko’rinishida – san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladilar. Bunda ham ob’ektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar qalbidagi hokim kuch (g’oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali – kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isboti “O’tgan kunlar”dagi Otabek-Kumush-Zaynab munosabatlarida ham ko’rish mumkin:
    “Birinchisini tavsif qilib ko’rsatish nechukkim biz shu o’ringacha ko’p qog’ozlarni qoralab kelamiz, o’qug’uchini ham zeriktirmay orqamizdan ergashtirgandek bo’lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to’g’risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o’tib tahlil qilmoqchi bo’lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hyech gap topolmaysiz, topqan bilan o’qug’uchig’a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi “majburiyati” sabablarini muhtaram o’qug’uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o’z tomonimizdan ularni sanab ko’rsatamiz...” (“O’tgan kunlar. Mehrobdan chayon”, 339-bet).
    Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo’nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealarni o’zaro bog’laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana bir bahya ko’paytiradi. Bularning barchasi – yaxlit olam (roman)dagi g’oyaviy maqsadni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kompozitsiyada zarur vosita ekanligini – yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.
    4. Qistirma epizod. Syujet yo’nalishiga bevosita aloqador bo’lmagan, ammo asar g’oyaviy mazmunini ko’p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida ta’kidlaydigan qo’shimcha voqea – qistirma epizod sanaladi. “O’tgan kunlar”dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog’liq voqealar – qistirma epizodlardir.
    Jumladan, romandagi “o’z zamonasining mashhur devonasi” – Qovoq devona “qiziq harakatlari va tutal so’zlari” bilan hammani o’ziga qizziqtiradi. Kalaka qilg’uvchi ermakchalar “uning yoshi mishig’iga, mishig’i tupigiga qo’shilib yig’lashi”ni tomosha qilardilar. Ayni paytda “Xon zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko’kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxonada o’tirar ekanlar, devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davrning ulug’lari ustidan kuladilar:
    “Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog’ini ko’rsatib: - Manov Musulmon cho’loq, - dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : - Bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), - dedi. Suv qovog’ini erkalab “Nor kalla” - (Normuhammad Qushbegi), - dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni “nos qovoq, yupqa tomoq”, - deb qo’ydi. Ermakchilar kulishdilar”(154-bet).
    Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to’ydan olgan belbog’i voqeasi orqali “ko’z og’rig’i”, “qorategin”, “yuziga chechak chiqqan” odam (homid) Otabekning yolg’iz o’g’il ekanini, toshkandlik qizga uylanganini bilab oladi, ana shu g’oyaviy yukni bajargandan so’ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko’rinmaydi.
    5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g’oyaviy mazmun va kompozision jihatdan bog’lab turli mustaqil voqealarni tasvirlash usuli – badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur “Ming bir kecha”, A.Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostoni, A.Muxtorning “Chinor” romani bu usulning yaqqol misollaridir.
    Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea – shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:
    Shoh Bahrom go’zal Diloromga ishq qo’yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o’qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... hushyor tortgach, qilgan ishiga pushaymon bo’ladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o’zidan ketadi. Dilorom hajrida devona bo’ladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go’zal qasr bino qiladilar. haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I- kecha: Farruh va Axiy qissasi; II- kecha: Zayd qissasi; III- kecha: Sa’d qissasi; IV- kecha: podshoh Jo’na va Ma’sud qissasi; V- kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI- kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII- kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni chaqirtiradi, o’luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, “yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog’i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg’ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog’saki, yomg’irni olam xalqi ustiga daryo” kabi oqizsa-da, falak undan hijolatga qolsa, odam qayerda qimirlasa, o’sha yer cho’kadigan bo’lsa, bu paytda el ulus o’z hayotidan ko’zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo’lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutib, nobud qildi-qo’ydi”. Shoh Bahrom fojeasi shunday ajablanarli tugadi.
    6. Asar annotasiyasi (lat. Annotacio-xabar ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo’ljallangani ham aytiladi.
    Asar annotasiyasi, asosan, muayyan asar titul varag’ining ikkinchi betida joylashadi. Asar annotasiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo’lishi shart emas. Lekin agar bo’lsa, u kitobxonni asarni o’qishga yetaklashi lozim.
    Jumladan, Pirimqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” (2001) tarixiy romaniga shunday annotasiya berilgan: “Romanning “Jahon adabiyoti” jurnalida bosilgan birinchi qismi o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Yangidan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug’bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona – Gavharshod begimning fojeaviy taqdiri tasvirlanadi.
    Ma’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko’maklashadi.”
    Ko’rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo’lidagi jasorati va fojeasi bilan bog’liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg’onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, qiziqtiruvchilik vazifasini bajaradi.
    Yuqorida aytilgan fikrlarni xulosalak, quyidagi saboqlarni olamiz:
    1. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, ayni paytda, ular o’zaro bog’liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi. Demak, jon va vujud birlashsagina ruh (g’oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko’rsatadi.
    2. Syujet qahramonlar xarakterini va hayot ziddiyatlarini umumlashtiruvchi voqealar silsilasi bo’lsa, kompozitsiya ana shu hayotni betakror tarzda birbutun va yaxlit qilib quruvchi va go’zal gavdalantiruvchi vositadir.
    3. Kompozitsiya doimo syujetdan kengdir. Jumladan, “O’tgan kunlar” ko’p tarmoqli syujet yo’nalishiga ega (I.Sultonning ta’kidlashicha, “O’tgan kunlar”da xon va beklar o’z manfaatlarini ko’zlab, hokimiyat uchun kurashadilar va o’z maqsadlariga erishuv uchun qipchoqlarni qorachoponlarga qarshi qo’yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo’nalishidir.
    Otabekning oilaviy hayoti (farzandlarining uylanishi – ota-ona hohishiga boqliqligi)ni tasvirlash orqali romanning ikkinchi katta tarmog’i – shaxsiy taqdir yo’nalishi yuzaga keladi.
    Hayotdagi yaxshilik – Otabek va uning tarafdorlari va yomonlik homid va uning hamtovoqlarining kurashi – uchinchi syujet yo’nalishiga asosdir) va syujet deganda, ko’pincha, biz ulardan birini anglaymiz. Kompozitsiya esa ana shu syujetning hamma yo’nalishlarini bir g’oyaviy markazga to’playdi va uning talabiga muvofiq tarzda, tasvir me’yoriga amal qilgan holda uning qismlarini hattoki syujetdan tashqarida yashovchi unsurlar (asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod va h.)ni ham joy joyiga tartiblashtiradi.
    Asar syujeti va kompozitsiyasi ham mazmun va shakl kabi, mavzu va g’oya kabi adabiyotshunos To’xta Boboyev yozganidek, bir maqsadga – qahramon xarakterini ochish orqali asar g’oyasini yorqin ta’sirchan, salmoqdor ifodalashga xizmat qiladi.
    Yuqorida “Yulduzli tunlar” romanidan keltirilgan parchani xotirlasangiz, fotihlikdan, shohlikdan, Ko’hinurdek boylikdan otalikni, insoniylikni yoqlagan, humoyunga o’z jonini sadqa qilgan Bobur – benazir podshoh, dilbar inson, degan fikrni yetkazish uchun hayotda bo’lishi mumkin bo’lgan voqea yaratiladi: humoyun og’ir xastalanadi. Uning davosi topilmagach, Shayxulislom qiymati ulkan oltin xazinalariga barobar keladigan Ko’hinur olmosini din yo’liga tasaddiq qilishni so’raydi. Shayxulislomning nafsi sirini tushungan Bobur, o’g’il uchun unday olmoslarning yuztasidan ham azizroq bo’lgan jonini Parvardigorga tasaddiq qiladi: humoyunga umri - jonini qurbon etadi va humoyunning sog’ayib ketishini Allohdan iltijo qiladi... Bu voqeani ko’z o’ngida jonlantirgan, Bobur, humoyun, Mohim begim, Shayxulislom kabi obrazlarning o’y-xayollari, intilishlari, maqsadlarining eng nozik nuqtalarigacha aniq his etgan kitobxon “Bobur haqiqatan ham dilbar inson, benazir podshoh” degan xulosa(g’oya)ga keladi. Xuddi ana shu fikrning isbotini yuzaga chiqargan parchadagi voqea(voqealar silsilasi va tafsilotlari)ni syujet (fr. Sujet-predmet, tema) deb yuritish – ijodiy jarayonning qonuniyatlaridan biridir.
    Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar, munosabatlar, to’qnashuvlar, o’sish-o’zgarishlar... jami tushuniladi; chunki “Adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman kishilar o’rtasidagi munosabatlar – u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil topib borishidir”(M. Gorkiy).
    Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.
    Jumladan, tragik xarakter qaltis, og’ir holatlarni, shiddatli voqealarni talab etsa va shunday vaziyatdagina o’zligini namoyon qilsa (masalan, Otello), kulguli xarakter komik vaziyatda, kulgu qo’zg’atuvchi “arzimas” voqealarda o’zligini (masalan, “Adabiyot muallimi”dagi Boqijon Baqoyev) ko’rsatadi. Bundan aniqlashadiki, xarakterlar mantig’i voqealar mantig’iga va aksincha, voqealar mantig’i xarakterlar mantig’iga (F.M.Golovchenko, M.Qo’shjonov, T.Boboyevlar ham ta’kid qilishgan) mos bo’lishi, bir-birlarining mohiyatlarini ochish lozimdir.
    Jumladan, “O’tgan kunlar”dagi Otabek o’zining sevgisiga sodiq qoladi. Zaynabga uylanganda ham, uning qarshisida “bir jonsiz haykal o’rnida” bo’ladi. homidning ig’volari tufayli Kumush Otabekdan voz kechib, Komilbekka turmushga chiqishga rozilik berganda ham, Otabek “Men sizga ishonaman” degan Kumush ishonchiga – sevgisiga sodiq qoladi, uni qutqarish uchun jonidan kechib, homid, Mutal, Sodiq bilan olishadi va yengib chiqadi... Demak, voqealar mantig’i Otabekning sofdilligi, irodaliligi, “asl yigitligi”ni bo’rttirishga, uning xarakteri mantig’ini asoslashga, ishonchligini ta’minlashga, jonli tasavvur etishga xizmat qilmoqda. Oqibatda esa, ular birlashib g’oyaviy mazmun (eng kirlik, eng qora kunlar)ni tirikligini, yuquvchanligini yuzaga chiqarmoqda.
    Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar, tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi va u konflikt deb yuritiladi.
    Konflikt - syujetni harakatga soluvchi kuch. Uning ta’sirdorligini, qiziqarligini, ko’lamini belgilovchi unsurdir. Uning turli xillari uchraydi:
    1. Psixologik (ruhiy) konflikt qahramon qalbidagi hissiyotlar, tushunchalar (ojiz va kuchli jihatlar) kurashi;
    2. Ijtimoiy konflikt – asar qahramonlari bilan ular yashayotgan sharoit o’rtasidagi kurash;
    3. Shaxsiy – intim konflikt – bir biriga qarama-qarshi xarakterlar, guruhlar o’rtasidagi kurash. Konfliktning ushbu uch xili hamma romanlarda ham uchraydi, lekin psixologik konflikt yetakchi bo’lgan asarlar (“Sarob” - A.Qahhor; “Ulug’bek xazinasi” – O.Yoqubov) doimo adabiyotning sifat ko’rsatgichi bo’lib, yorqin iz qoldirganlar.
    Jumladan, “O’tkan kunlar” romanida Yusufbek hoji, Otabeklarning maslakdoshlari bilan Musulmonqul, Azizbekka o’xshash feodal tuzum hukmdorlari orasidagi to’qnashuv – ijtimoiy konfliktga asos solsa, Otabek, hasanali, Qutidor va homid, Mutal, Sodiq, Jannat kampir o’rtalaridagi olishuv-shaxsiy-intim konfliktni keltirib chiqaradi. Otabek ikkinchi martaba uylanish Kumushga nisbatan xiyonat ekanini tushunadi, axloqsizlik qilayotganini tan oladi, biroq ota-onaning irodasiga bo’ysinadi. Ana shu jarayonda qalbida kechgan kurash-psixologik konfliktni vujudga keltiradi. Uch xil konflikt birlashib, katta qudrat kasb etadi va “O’tkan kunlar” syujetining shiddatli va ta’sirchan harakat qilishini, asar qahramonlarining dramalarini yaqqol ochilishini ta’minlaydi.
    Badiiy syujetlar turli yo’llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko’pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi:
    1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo’ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to’qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo’ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To’xtaboyev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyayev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko’rsatish mumkin.
    2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo’ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug’bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O’tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro’z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoyevskiy) kabilar ana shu yo’l bilan yaratilgan asarlardir.
    3. Yozuvchilar o’zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo’lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o’z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o’zlashtirilgan” syujetdir.
    Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o’g’li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko’rsa bo’ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir.
    ha, “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko’p bo’lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, hyote va hayne, Navoiy va Nizomiy, Esxil va Shekspir nomlari bilan bog’laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo’lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo’liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”1.
    Syujetni tashkil etuvchi voqealar bir-biri bilan turli tarzda bog’lanadilar: ba’zilari bir-biri bilan vaqt orqali bog’lansa (A dan so’ng B yuz berdi), ba’zilari bir-biri bilan sabab-oqibat orqali (A sababli B yuz berdi) bog’lanadi. Ba’zi asarlarda bu ikkala holat (A dan so’ng, A sababli B yuz berdi) birlashadi. “Shoh o’ldi, malika ham o’ldi” gapida – birinchi tip – vaqt bilan o’zaro bog’langan syujet-xronikal (yillarga asoslangan) syujet yuzaga kelsa, “Shoh o’ldi, bu qayg’udan malika ham o’ldi” gapida – ikkinchi tip sabab-oqibat bilan bog’langan syujet – konsentrik (bitta umumiy markazga yig’ilmoq) syujet yaratilsa, “Shoh o’ldi, bu o’lim qayg’usiga chiday olmay malika ham o’ldi” gapida – uchinchi tip – ikki xil syujet birlashadi: xronikal – konsentrik syujetni voqye qiladi.2
    Xronikal syujetda ko’pincha sarguzasht (avantyura)ga, favqulodda hodisalarga o’rin berilsa (“Ramayana”, “Mahobhorat”ni eslang), qahramonlar ketma-ket to’siqlarga duch kelaversa, ularni yengaversa-qahramonliklarning cheki-chegarasi bo’lmasa, konsentrik syujetda bir-biri bilan mustahkam bog’liq bo’lgan voqealar silsilasida qahramon faoliyati izchil, sabab-oqibatga asoslangan holda ishonchli ochiladi, realistik va psixologik (“Ulug’bek xazinasi”, “Sarob” romanlaridagidek) tasvir chuqurlashadi.
    Xronikal-konsentrik syujetda esa bir nechta yo’nalishdagi yirik voqealar bir-biriga mustahkam bog’lanadi. hayot ponoramasi keng va chuqur tahlil etiladi. Qahramon xarakteri va qalbidagi o’ziga xosliklar, yangilanishlar,o’sish-o’zgarishlarning barchasi asoslanadi. “Urush va tinchlik”(L.Tolstoy), “Forsaytlar haqida qissalar”(Golsuorsi), “Qullar”(S.Ayniy), “Ufq”(S.Ahmad) kabi asarlar dalil bo’la oladi.
    Syujetning uch xil tipi hamon amaliyotda qo’llaniladi, ularni yaratish, kashf etish imkoniyatlari cheksizdir. Faqatgina ularni tanlash – yozuvchining iqtidoriga, mahoratiga bog’liq, yanada to’g’rirog’i, yozuvchi ifoda qilmoqchi bo’lgan g’oyaga, g’oyaning sertarmoqligiga, chuqurligiga borib taqaladi.
    Badiiy (konsentrik tipdagi epik va dramatik) asarlarda voqealar silsilasi muayyan bosqichlar bilan o’sib borishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularning har biri turli ilmiy tushunchalar bilan yuritiladi.
    1. Prolog (gr.pro-old, avval, logos-so’z) – muqaddima (arab. kirish, debocha, asarning dastlabki tushuntirish, boshlanish qismi ma’nolarini beradi)da yozuvchining niyati va maqsadi yoki tasvirlamoqchi bo’lgan voqealarining qisqacha, siqiq tarzdagi izhori beriladi. Ba’zida asosiy voqeadan uzoq bo’lgan, lekin keyinchalik shu voqeani oydinlashtiruvchi biron-bir ko’rinish tasvirlanishi mumkin. Masalan, “O’tgan kunlar” romanidagi prolog quyidagichadir:
    “Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo’ydik, bas, biz har bir yo’sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o’xshash dostonchiliq, ro’monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg’a, xalqimizni shu zamonning “Tohir-Zuhra”lari, “Chor darvesh”lari, “Farhod-Shirin” va “Bahromgo’r”lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his etamiz.
    Yozmoqqa niyatlanganim ushbu-“O’tgan kunlar”, yangi zamon ro’monchilig’i bilan tanishish yo’lida kichkina bir tajriba, yana to’g’risi bir havasdir. Ma’lumki har bir ishning ham yangi – ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydonga chiqishi, ahillarning yetishmaklari ila sekin-asta tuzalib, takomilga yuz tutishi tabi’iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturg’on qusur va xatolardon cho’chib turmadim.
    Moziyga qaytib ish ko’rish xayrlik, deydilar. Shunga ko’ra mavzu’ni moziydan, yaqin o’tgan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo’lg’an keyingi “Xon zamonlari”dan belgiladim”.
    2. Ekspozisiya (lat. Expositio-tushuntirish) – dastlabki holatda asarda yuz beruvchi voqealarning o’rni, joyi, asar qahramonlarining harakatlariga turtki beruvchi dastlabki voqealar tasvirlanadi. “O’tgan kunlar” ekspozisiyasiga diqqat qilaylik:
    “1264-nchi hijriya, dalv oyining 17-nchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakda shom azoni eshitiladur...
    Darbozasi sharqi-janubiga qaratib qurilg’an bu dongdor saroyni Toshkand, Samarqand va Buxoro savdogarlari egallaganlar, saroydagi bir-ikki hujrani istisno qilish bilan boshqalari musofirlar ila to’la. Saroy ahli kunduzgi ish kuchlaridan bo’shab hujralariga qaytqanlar, ko’b hujralar kechlik osh pishirish ila mashg’ul, shuning uchun kunduzgiga qarag’anda saroy jonlik: kishilarning shaqillashib so’zlashishlari, xoxolab kulishishlari saroyni ko’kka ko’targudek.
    Saroyning to’rida boshqalarga qarag’anda ko’rkamroq bir hujra, anavi hujralarga kiyiz to’shalgani holda, bu hujrada qip-qizil gilam, uttalarda bo’z ko’rpalar ko’ringan bo’lsa, munda ipak va adras ko’rpalar, narigilarda qora chiroq sasig’anda, bu hujrada sham’ yonadir, o’zga hujralarda yengil tabi’atlik, serchaqchaq kishilar bo’lg’anida bu hujraning egasi ham boshqacha yaratilishda:
    Og’ir tabi’atlik, ulug’ gavdalik, ko’rkam va oq yuzlik, kelishgan qora ko’zlik, mutanosib qora qoshlik va endigina murti sabz urgan bir yigit. Bas, bu hujra, bino va jihoz yog’idan, ham ega jihatidan diqqatni o’ziga jalb etarlik edi. Qandog’dur bir xayol ichida o’lturg’uchi bu yigit Toshkandning mashhur a’yonlaridan bo’lg’an Yusufbek hojining o’g’li – Otabek.
    Saroy darbozasidan ikki kishi kelib kirgach, ulardan birovi darboza yonidagi kimdandir so’radi:

    • Otabek shu saroyga tushganmi?

    Bizga tanish hujra ko’rsatilishi bilan ular shu tomong’a qarab yurdilar...”
    Ko’rinyaptiki, bu parchada A.Qodiriy voqealar kechadigan vaqtni, joyni, shart-sharoitni, asar qahramonlari Otabek, Yusufbek hoji, Ziyo shohichi, Rahmat, homid, hasanali sarguzashtlarining debochasi haqida ilk ma’lumotni beradi. Demak, ekspozisiyada kitobxon asar qahramonlari bilan tanisha va ularning shaxsiga qiziqa boshlaydi.
    3. Tugun – badiiy asardagi harakatning boshlanishi, konfliktning “urug’i”. U ilk tarzda, “urug’” shaklida ko’ringan qarama-qarshilikni kuchaytiradi. Konfliktning boshlanish jarayonidan xabar beradi.
    “O’tgan kunlar”dagi konfliktning “urug’i” Otabek bilan homid o’rtasida sodir bo’ladi. ular uylanish haqida bahslashadilar. Otabek “Oladurg’on xotiningiz sizga muvofiq bo’lishi barobarida er ham xoting’a muvofiquttab’ bo’lsin,” – desa, homid “Xoting’a muvofiq bo’lish va bo’lmasliqni unga keragi yo’q, xotinlarg’a “ er” degan ismning o’zi kifoya...” – deydi. Otabek yakka muhabbatni yoqlasa, homid ko’p xotinlikni ma’qullaydi. Mirzakarimboy otlig’ savdogarning “Shundog’ ko’hlikki, bu o’rtada uning o’xshashi bo’lmas” qizi tilga olinganda “homidning chehrasi buziladi”, toqatsizlanadi. Otabek esa “g’ayriixtiyoriy bir tebranadi”, chayqaladi.
    Otabekning Kumushga ishq qo’yishi va homidning ham Kumushdan umidvorligi to’qnashgan joy – tugunni keltirib chiqaradi. Demak, tugun harakatni aniqlashtiradi, voqeaning asosli va shiddatli rivojlanishiga turtki bo’ladi, syujetning rivoj yo’liga, qanday yechilishiga kitobxonni qiziqtiradi.
    4. Voqea rivoji. Tugundan boshlab to kulminasion cho’qqigacha tasvirini topgan voqealar – voqea rivoji hisoblanadi. Voqea rivojida – obrazlarning o’zaro munosabatlari (kurashlari, simpatiya va antipatiyalari) keng va batafsil tasvirlanadi, xarakterlarning qirralari baralla ochiladi, asarda aks ettiriluvchi muammo o’zligini bo’yi-basti bilan yaqqol ko’rsatadi.
    Masalan, “O’tgan kunlar” romanida Otabek Kumushga uylanadi. Kumushdan benasib qolgan homid tuhmat uyushtiradi: uning chaqimchiligi natijasida Otabek va Qutidor qamoqqa olinib, dorga osishga hukm qilinadilar. Gunohsizligi oshkor bo’lib, dor yonidan qaytadilar. O’zbek oyim tazyiqi (to’g’rirog’i orzusi) tufayli Otabek Zaynabga uylanadi. homid Otabek nomidan “taloq xati”ni uyushtiradi. Qutidor kuyovini darbozasi oldida “Uyatsizga manim uyimdan o’rin yo’q, uyatsiz bilan so’zlashishga ham toqatim yo’q” – deya quvlaydi. Kumush Komilbekka unashtiriladi. Komilbek o’ldiriladi. homidning siri fosh bo’ladi. Otabek u bilan kurashishga bel bog’laydi.
    Yuzaki tarzda bayon etilgan ushbu voqealar – “O’tgan kunlar” romanining voqea rivoji sanaladi: sof, beg’ubor muhabbatning og’riqli, ziddiyatli chigalliklari tobora avjlanib boradi, u rivojlangani, o’sgani sayin – Otabek va homid guruhi bilan bog’liq obrazlar galereyasi olami o’quvchi ko’z o’ngida yaqqol gavdalanadi.
    5. Kulminasiya (lat. Culmen- cho’qqi) – syujet rivojining eng yuqori cho’qqisi sanaladi. Bu “cho’qqi”dan turib qarasak, asarda ishtirok etuvchi hamma obrazlarning qismati aniq ko’rinadi: ular xarakteri to’la-to’kis ochiladi.
    “O’tgan kunlar”da Otabek bilan homidning hayot-mamot kurashining yakuni, ya’ni Kumushni o’g’irlashga urinish kechasi Otabek tomonidan avval Mutal polvonni, so’ng Sodiq tomtesharni, keyin homid xotinbozni o’ldirilishi – kulminasiya sanaladi. Ana shu voqeadan so’ng, voqealar rivojlanishi xotimaga tomon yo’naladi.
    6. Yechimda-asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi. Tugun yechiladi. Kurash xotima topadi. “Oqilona hayot” o’zining adolatli hukmini chiqaradi. “O’tgan kunlar”da homid va uning hamtovoqlarining ayanchli o’limi, Kumushning vafoti, Otabekning shahid bo’lishi – yechimga dalolatdir.
    7. Epilog (yunoncha. Epi – so’ng, logos-co’z) – xotima (ar. Biror narsaning oxiri, so’ngi, tugashi, tamom bo’lishi) syujetning asosiy voqealari tamom bo’lsa-da, hamon taqdiri aniq bo’lmagan ba’zi qahramonlarning qismati xotima topadi.
    “O’tgan kunlar”dagi xotima shundaydir:
    “Keyingi Marg’ilon borishimda yaqin o’rtoqlardan Yodgorbek to’g’risini surishtirib bildim: Yodgorbek ushbu asrning o’n to’qquz va yigirmanchi ochliq yillari miyonasida vafot qilib, undan ikki o’g’ul qolibdir. O’g’ullaridan bittasi bu kunda Marg’ilonning ma’sul ishchilaridan bo’lib, ikkinchisi Farg’ona bosmachilari orasida ekan. Bu kunda nomu-nishonsiz, o’luk-tirigi ma’lum emas, deydilar.”
    Syujetning tarkibiy qismlari “O’tgan kunlar”dagidek joylashgan asarlar ham (Mas., “Zaynab va Omon”) ko’p. Ayni paytda, ba’zi asarlarda yagona syujet yo’nalishi (Mas., Shayxzodaning “Toshkentnoma”si, S.Zunnunovaning “Ruh bilan suhbat”i kabi) bo’lmasligi ham mumkin. Ba’zi asarlarda syujetning prolog va epilog kabi tarkibiy qismlari umuman qatnashmaydi. Ba’zi asarlar (“Qutlug’ qon”, “Qullar”)da syujet bo’laklari xronikal (ekspozisiya-tugun-voqea rivoji-kulminasiya-yechim) tarzda batartib qurilsa, ba’zi asarlar (“Bemor”, “O’g’ri”-A.Qahhor) tugundan yoki (“Ko’r ko’zning ochilishi”-A.Qahhor) kulminasiyadan boshlanadi. Bunday xilma-xillik yozuvchining o’ziga xos talanti, badiiy mahoratining sirlari bilan izohlanadi; asar g’oyaviy mazmuni va emosional ta’sirining bir butunligini yaratish san’atining mohiyatidan – kompozitsiyaning talabidan kelib chiqadi.
    XULOSA:
    Аsаr kоmpоzitsiyasini yarаtish judа mushkuldir. U nihоyatdа diqqаttаlаb vа nоzik ishdir. Chunki kоmpоzitsiyaning yaхchit bo`lishi аsаrdа hayotning bir pаrchаsini yorkin gаvdаlаntirishning аsоsiy shаrtidir. Demak kоmpоzitsiya - аsаrning tаnаsi. Tаnаdаgi har bir а`zоning esа o`z o`rni, vаzifаsi bоr. Аsаr kоmpоzitsiyasidа ham har bir unsur: sujet (ekspоzitsiya, tugun, voqealаr rivоji, kulminаtsiya vа yyechim) vа o`ndаn tаshqаridаgi qismlаr (lirik, fаlsаfiy, publisistik chеkinishlаr, qo`shimchа epizоdlаr), pеyzаj, pоrtrеt, ruhiy tahlillаr, muаllif tаvsifi kаbilаr mе`yor vа tаrtib bilаn jоylаshishi lоzimdir. Аgаr ulаr o`z o`rnidа bo`lsa аsаr tа`sirchаn, bаrkаmоl bo`ladi. Jumlаdаn, Аbdullа Qiyairiyning «O`tgan kunlаr», CHo`lpоnning «Kеchа vа kunduz», Аbdullа Qahhоrning «Bеmоr», «Sаrоb» kаbi аsаrlаri, аvvаlо, kоmpоzitsiyasining puхtаligi bilаn e`tibоrlidir.
    Bаdiiy аsаrlаr kоmpоzitsiyasi tahlil qilingаn аyrim tаdqiqоtlаrdа «fаbulа» tеrmini ham uchrаydi. Fаbulа lоtinchа so`z bo`lib, mаsаl, hikoya qilish dеmаkdir. Bаdiiy аsаr fabulasi dеgаndа аsаr uchun аsоs bo`lgan hayotiy mаtеriаl nаzаrdа to`tilаdi. «Fabula -аsаr voqealаrining mаntiqiy jihatdаn uzviy bоg`likligi yaхlit silsilаsi» ham dеyilаdi. Аristоtеl ham fabulani «voqealаr yig`indisi» dеgаn. «Adabiyotshunos­lik tеrminlаrining ruschа - o`zbеkchа izоhli lug`аti»dа sujet vа fabula хususidа shundаy dеyilаdi: «Аyrim adabiyotshunoslаr fabulani аsаr voqealаrining izchil bаyoni, ya`ni sqiеti, sujet esа bаdiiy аsаr voqealаrining bаrchа kоmpоnеntlаri bilаn birgаttyqaа kаmrаb оlingаn ifоdаsi dеb tа`riflаydilаr. O`z mа`nо vа mohiyatigа ko`ra bu ikki tеrmin bir - birigа sinоnimik xaraktergа egа bo`lib, hоzirgi adabiyotshunoslikdа sujet tеrmini fаоl qo`llanilаdi. Fabula tеrmini esа аstа - sеkin istе`mоldаn tushib qolmоqdа».
    Demak sujet, fabula har qanday аsаrdа mаvjud bo`ladi. Biroq ulаr har bir jаnrdа o`ziga хоs tаrzdа nаmоyon bo`ladi. Mаsаlаn, Bоbur g`аzаllаri ham, Rаbg`o`ziy hikoyatlаri ham, Оybеk rоmаnlаri ham muаyyan sujetdаn tаrkib tоpgаn. Chunki ulаrdа holat, hodisalаrning mа`lum mаnzаrаsi gаvdаlаntirilgаn, muаyyan fikr ifоdаlаngаn, ijоdkоr birоr bir fikrni mа`lum qilish uchun hodisalаrning shunchаki оddiy nusхаsini ko`rsаtmаydi. U o`z qarashlаrini tа`sirchаnrоq tаrzdа kishilаrgа yеtkаzish uchun ko`plаb hodisalаrni, kеchinmа - holatlаrni qaytа ishlаydi. Hayotiy tаjribаsi, kuzаtishlаri аsоsidа hayotiy voqealаrgа ijоdiy yondаshаdi. Hamdа shu аsоsdа аsаr sujetini yarаtаdi. Bundan аyon bo`ladiki, sujet hayot hodisalаrining оddiy аksi emаs, bаlki uning ijоdkоr tоmоnidаn ishlоv bеrilgаn, muаyyan maqsadgа muvоfiqlаshtirilgаn mаnzаrаsidir.



    Download 64,65 Kb.
    1   2   3   4




    Download 64,65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompozitsiya. Uning qonuniyatlari va vositalari reja: Kirish 1 bob. Badiiy asar kompozitsiyasining asosiy tamoyillari

    Download 64,65 Kb.