|
Bob. Parallel ishlov berish turlari. Zamonaviy parallellashtirish texnologiyalari
|
bet | 6/9 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 398,06 Kb. | | #230310 |
Bog'liq Botirov jahongir. 1-mustaqil ishBob. Parallel ishlov berish turlari. Zamonaviy parallellashtirish texnologiyalari.
2.1. Parallel ishlov berish.
Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir ‘axborot obyekti’ ustida
ma’lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot obyekti» ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turlitumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi.
Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo’lmagan
ishlov berish usullarini ko’rsatish mumkin. Ko’rsatilgan ishlov berish
turlari “ma’lumot” tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov
berishda o’zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko’p o’lchovli massivlar,
o’zgarmaslar kabi obyektlar qo’laniladi. Sonli bo’lmagan ishlov
berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar,
nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki, sonli ishlov berishda ma’lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas, ayni vaqtda sonli bo’lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi emas, balki obyekt haqida ma’lumotlar qiziqtiradi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan
axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
– ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo’lgan, an’anaviy
fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo’laniladi;
parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo’lganda qo’llaniladi;
konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM
arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog’liq.
Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini
axborotga ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli deb olish qabul qilingan:
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturasi (SISD).
Bu sinfga, ‘atribut-qiymat’ juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor bo’lgan, an’anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar tegishlidir.
|
| |