• HISOBLASH MASHINALARI BU - …
  • KOMPYUTERLASHTIRILGAN QURULMALAR XOZIRGI KUNDA …
  • -MA’RUZA MAVZU: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi




    Download 4 Mb.
    bet2/8
    Sana26.05.2023
    Hajmi4 Mb.
    #65324
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    maruza1
    ALFIYAAAAAAAA, Taqdimot 91-21 7.8.9, Abdulhamid Cho\'lpon, МАЖМУА ЧКБТ 3-КУРС, Презентация, Asliddin, KOVALENT BoG, 11 sonf yakuniy nazoratlari, Amaliy Mashg\'ulot, Контроль качества пищевых продуктов, maruza2, 1.0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22), btl 5 lab, Korxona slayd

    1-MA’RUZA MAVZU: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi.


    Reja:
    1. Raqamli hisoblash texnikasining vujudga kelishi va evolyutsiyasi.
    2. Hisoblash mashinalari strukturalarini bo‘laklash darajasi.
    3. Hisoblashni avtomatlashtirish vositalarining evolyutsiyasi.

    HISOBLASH MASHINALARI BU - …

    • Hisoblash mashinalari (HM) – ma'lumotlarga ishlov berish va kerakli shaklda natijani olish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalar to'plamidir. Texnik vositalar asosida ma'lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo'ljallangan barcha jihozlar tushuniladi.

    Biz axborot asrida yashayapmiz: YuNESKO hujjatlarining guvohlik berishicha, bugungi kunda rivojlangan davlatlar aholisining yarmidan ko‘pi axborot sohasida mehnat qilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi, ularning bazisi, kompyuter texnologiyalarining apparat vositalari tashkil etadi.
    Zamonaviy hisoblash mashinalari (HM) va tizimlari (HT) ilmiy va muhandislik tafakkurning muhim yutuqlaridan biri hisoblanadi, ularning inson faoliyatining barcha sohalariga ta’sirini baholash juda qiyin.

    KOMPYUTERLASHTIRILGAN QURULMALAR XOZIRGI KUNDA …

    RAQAMLI ELEKTRON QURILMALAR

    RAQAMLI HISOBLASH TEXNIKASINING VUJUDGA KELISHI VA EVOLYUTSIYASI


    Har qanday savolni o‘rganish atama bo‘yicha kelishuv bilan boshlanadi. Bu yerda hisoblash mashinasi (HM) va hisoblash tizimi (HT) tushunchalarni aniqlash kerak. Qaralayotgan predmetlarda raqamli mashina va tizimlardan tashqari diskred kattaliklarda ishlaydigan qurilmalar ham mavjud. Adabiyotlarda “hisoblash mashinalari” va “hisoblash tizimlari” atamasini aniqlaydigan juda ko‘p turli ta’riflar keltirilgan. Bunday atamalarning noaniqliklarning sababi har kimni qoniqtiradigan va standart roliga munosib aniq ta’rif berishning iloji yo‘qligidadir.
    Hisoblash mashinasi (HM) – bu ma’lumotlarga (berilganlarga) ishlov berish va kerakli shaklda natijani olish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalar to‘plamidir. Texnik vositalar tushunchasida ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash uchun mo‘ljallangan barcha jihozlar tushuniladi. Qoida bo‘yicha, HM tarkibiga tizimli dasturiy ta’minot ham kiradi.
    Asosiy funksional qurilmalari elektron komponentlarda bajariladigan HM si, elektron hisoblash mashinasi (EHM) deb ataladi.
    O‘z navbatida, hisoblash tizimini (HT) ISO/IEC 2382/1-93 standarti, ma’lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan bitta yoki bir nechta kompyuterlar, periferik qurilmalar va dasturiy ta’minot sifatida aniqlaydi.
    HM va HT o‘rtasidagi farq hisoblash vositalari sonida ifodalanadi. Ushbu vositalarning to‘plami HT da parallel qayta ishlashni amalga oshirishga imkon beradi. Boshqa tomondan, zamonaviy hisoblash mashinalari ham hisoblash jarayonlarini parallelashtirish uchun ma’lum imkoniyatlarga ega. Boshqacha qilib aytganda, HM va HT o‘rtasidagi chegara juda noaniq bo‘lib, bu HM va HTlarining tatbiq etilishidan biri sifatida ko‘rib chiqishga asosdir. HT tizimlari odatda an’anaviy HMlardan va ularning qismlaridan qurilgan, shuning uchun HMlarga tegishli ko‘plab qoidalar HTlariga ham o‘rinli bo‘lishi mumkin.

    Download 4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA MAVZU: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish tendentsiyasi

    Download 4 Mb.