• Elektron xatlar, ma’lumotlar zaxirasi, kompyuter aloqalari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga diqqat-e’tiborini qaratgan M.Poster
  • M.Poster axborotni ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi: a) «yuzma-yuz», og‘zaki-vositali ommalashuv; b) bosma vositali yozma almashuv; v) elektron-vositali almashuv.
  • Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi




    Download 1,16 Mb.
    bet59/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi:
    mediatizasiya (lot. mediatus – vositachi) – axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish;
    kompyuterlashtirish – axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish;
    intellektualizasiya – axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni16.
    Fransuz intellektual an’anasi, strukturalizm va poststrukturalizm bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan amerikalik olim M.Poster hisoblash texnikasi va aloqa vositalari texnikasi konvergensiyasi davrida ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tushunishda tajriba strukturasidagi o‘zgarishlarni tadqiq etish zarurligiga e’tiborni qaratgan1.
    Elektron xatlar, ma’lumotlar zaxirasi, kompyuter aloqalari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlarga diqqat-e’tiborini qaratgan M.Poster bu yangi sotsial aloqadorliklarni lingvistik hisoblashini tushuntirib berishga qodir bo‘lgan «Axborot usuli» konsepsiyasini ilgari suradi. «Axborot usuli» atamasi: 1) turli usuldagi axborotga muvofiq ravishda o‘tmishni davrlashtirish uchun; 2) axborotga muayyan ma’noda sig‘inishni keltirib chiqarayotgan zamonaviy madaniyat uchun ifoda sifatida xizmat qiladi. M.Poster axborotni ishlab chiqarishning quyidagi bosqichlarini ajratib ko‘rsatadi: a) «yuzma-yuz», og‘zaki-vositali ommalashuv; b) bosma vositali yozma almashuv; v) elektron-vositali almashuv. Agar birinchi bosqich uchun so‘zlar xarakterli bo‘lsa, ikkinchisi uchun belgili aloqa, uchinchi bosqich uchun esa informatsion modellashtirish xosdir. Birinchi, og‘zaki bosqichda subyekt taqdim etilayotgan fikrni shaxslararo munosabatlar majmuasiga qo‘llovchi sifatida ko‘rinadi. Ikkinchi, yozma bosqichda subyekt ratsional-anglanadigan obyekt sifatida ifodalanadi. Uchinchi, elektron bosqichda subyekt o‘zi to‘g‘risidagi axborotni turlicha ma’lumotlarni namoyish etgan holda, yozish jarayonida kompyuter aloqalari orqali taqdim etiladigan moddalar majmui sifatida namoyon bo‘ladi.
    M.Poster ta’kidlaydiki, u tomonidan ajratib ko‘rsatilgan bosqichlar, real, aniq emas, lekin ular bilimni qo‘lga kiritish jarayonida zarur qadam sifatida e’tirof etiladi. Shu ma’noda, sanab o‘tilgan bosqichlar qat’iy izchillikni tashkil etmaydi, balki birgalikda mavjud bo‘ladi va har birining elementi boshqasida ham ko‘zga tashlanadi.
    Axborot texnologiyasi qator tayanch jihatlarga ega. Ulardan birinchisi inson faoliyatini maqsadga muvofiq yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq. Ikkinchi tayanch — bu turli tabiatga ega bo‘lgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni bildirib, EHMga tadbiqan uning inson miyasi bilan funksional umumiyligini anglatadi. Axborotlashganlikning uchinchi tayanchi texnika hisoblanadi. Darhaqiqat, jiddiy texnikaviy rivojlanishsiz kompyuterlarning o‘zi ham yaratilmagan bo‘lur edi. Axborot texnologiyasining to‘rtinchi tayanchi shundaki, uning kelib chiqishi uchun iqtisodiy boshqaruv — siyosiy va ma’naviy sohalarda asosiy manba bo‘lishi lozim. Masalan, demokratiya va ozodlik ideallari rivojlanmagan joyda axborotlashganlik texnologiyasi yuz bermagan bo‘lur edi.
    Ko‘rinib turibdiki, hozirgi zamonda jamiyatning kompyuterlashganligi — bu aniq dalil. Xo‘sh, bu dalil jamiyatning aniq olingan sohalarida qanday namoyon bo‘lmoqda? Iqtisodiyot sohasida ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish nisbatida birinchisining hisobiga ikkinchisining kengayishi ro‘y bermoqda. Ma’naviy-madaniy sohadagi tub o‘zgarishlar ommaviy ruhiyatda, ta’lim tizimida, har bir inson saviyasida o‘z ifodasini topmoqda. Odatda, bu sohadagi o‘zgarishlar boshqa sohalar o‘zgarishlariga zamin tayyorlaydi. Ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlar dastavval fanning yangi ratsional ko‘rinishlarida hayot va inson haqidagi tarmog‘i bo‘lgan biologiyada vujudga kelmoqda. Dastlab mikroorganizmlarga tadbiqan shakllangan gen injeneriyasida hozirgi vaqtda inson genomi, irsiylikning genetik kodi masalalari jiddiy o‘rganilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar doirasiga alohida kishilarning o‘ta sezgirlik qobiliyatini, biomaydonini o‘rganish kiritilmoqda. Insonning imkoniyatlari, qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida yangi qarashlar paydo bo‘lmoqda. Shuningdek, olamning kelib chiqishi va rivojlanishi qonuniyatlariga, koinotiy jarayonlarning kishilar hayotiga ta’siriga oid masalalar bo‘yicha ham yangicha nuqtai nazarlar shakllanmoqda. Kompyuterlashtirish kishilik jamiyati dinamikasining navbatdagi yo‘nalishi sifatida, hayotning qator sohalarida bo‘lgani kabi, san’atda ham yuksak ravnaqni taqozo etadi. Maorif sohasida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jumladan, kechayotgan fan inqilobi va axborotlashuv tufayli o‘qish, o‘qitish ishlarining samaradorligini yanada oshirish imkoniyati yaratilmoqda. Buning natijasida rivojlangan mamlakatlar bo‘lmish AQSh va Yaponiyada XXI asrda yalpi elektron oliy ta’limga o‘tish vazifasi kun tartibiga qo‘yilmoqda. Siyosiy sohada ham axborotlashuv inqilobi tufayli jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda. Chunonchi, davlat hokimiyati markazlashganligi o‘rniga shaxs erkinligi salmog‘i oshib bormoqda. Natijada fuqarolar har birining demokratik qarorlar qabul qilinishida bevosita ishtirok etishi ta’minlanadi. Boshqa tomondan qaraganda, davlat markazlashganligining kuchsizlanishi axborotlarga egalik qilish natijalari bilan ham bog‘liq bo‘lmoqda.
    Informatsion jamiyat belgilari tashqi siyosat sohasida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. AQShdan tashqari qator mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Rossiya jahon miqyosida mustaqil yetakchi o‘ringa da’vogarlik qilmoqda. Ayni vaqtda mintaqalararo ittifoqlarning (masalan, G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika) o‘rni kuchaymoqda. Shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ahamiyati tobora ortib barmoqda. Jamiyatning axborotlashuvi ijtimoiy, texnologik, iqtisodiy, siyosiy va madaniy mexanizmlarning oddiygina bog‘liqligi emas, balki uyg‘unlashgan, umumiy rivojlanish jarayonidir. Axborotlashuv an’analari va jarayonlarni tahlil qilib rivojlangan informatsion jamiyatlarda barcha yoki deyarli barcha intellektual industriya markazlashuvi, ular asosiy intellektual resurslar manbai, saqlovchisi, texnologiyalar ishlab chiqaruvchisi, asosiy madaniy va ijtimoiy-gumanitar zaxiralar egasi bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Dunyoning boshqa davlatlari esa informatsion texnologiyalar va informatsion ma’lumotlar xaridori bo‘lib, ulardan boshqa oddiyroq mahsulotlar ishlab chiqaruvchiga aylanib boradi. Mazkur masalalar bilan shug‘ullanayotgan ba’zi mutaxassislar bu hol resurslarning importi va yangilanmaydigan xom ashyo resurslari eksporti jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni dolzarb qilib qo‘yadi, deb hisoblamoqdalar. Bu, ayniqsa, informatsion koloniyalarga aylanib borayotgan davlatlar uchun nihoyatda muhim. Ana shu nuqtai nazardan, insoniyat bilimining umumiy zaxirasi, informatsion aloqadorlik, intellektual daxlsizlik muammolari ham e’tiborni talab qiladi. Bu masalalar mazkur mavzuga sig‘maydi, biroq ushbu mavzu ularni anglash va o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi

    Download 1,16 Mb.