• «triada» shaklidagi konsepsiyasini ilgari
  • D.Bell bilim va axborotni postindustrial, informatsion jamiyatning «strategik resursi» deb hisoblaydi
  • “Uchinchi to‘lqin”
  • “Axborotlashuv erasi: iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat” 15
  • reja. Informatsion jamiyat




    Download 1,16 Mb.
    bet58/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    reja. Informatsion jamiyat.

    Informatsion jamiyat. Ma’lumki «Informatsiya» tushunchasi dunyoqarashni ifodalaydigan bilimlarda qadimdan mavjud bo‘lgan. Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani "aloqa" va "boshqaruv" tushunchalari bilan birga keng qo‘llanishiga olib keldi. Hozirgi vaqtda axborotlarni hosil qilish, qayta ishlash, saqlash, ko‘paytirish va tarqatish alohida ilmiy sohani - informatika (lotinchada: tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida "xabar", "axborot") sohasini tashkil etadi. Ana shu soha bilan bog‘liq shakllangan «Informatsiologiya» (lotincha: tanishtirish, tushuntirish va yunoncha: so‘z, ta’limot so‘zlaridan tuzilgan) - tirik hamda notirik tabiatdagi va umuman, olamdagi barcha jarayonlarni axborotlar asosida umumlashtirib o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
    Jamiyatning kompyuterlashuvi va internet tufayli vujudga kelayotgan falsafiy muammolarning muhim spektri ijtimoiy taraqqiyot, uning manbalari, bosqich va rivojlanish mezonlari bilan bog‘liq. Axborotlar sohasining tez sur’atlar bilan o‘sishi, uni avtomatlashtirish usullarining rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilar hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida “Informatsion jamiyat" nazariyasini maydonga keltirdi.
    “Falsafa: ensiklopedik lug‘at”ida axborotlashgan jamiyat tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: “Axborotlashgan jamiyat – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborot tayyorlash, unga ishlov berish, saqlash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlarga sharoit yaratuvchi jamiyat”dir.12
    Informatsion jamiyat nazariyasi hozirgi zamon industrial jamiyat to‘g‘risidagi ratsional ta’limotlar (Dj. Bell, U.Rostou, Z.Bjezinskiy va boshqalar) doirasida ilgari surilgan. Uning mualliflari O.Toffler, Ye.Masuda, Dj. Pelon, Dj. Martin va boshqalar hisoblanadi. Bu mualliflar insoniyat hayot tarzi modelini an’anaviy - industrial (sanoatlashgan) va postindustrial ko‘rinishda qarab, so‘nggi bosqich kelajagini axborotli - texnikaviy yoki axborotli - ekologiyaviy tarzda yuz berishini bashorat qilganlar.
    “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lib, uni birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Yu.Xayash kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborot jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Kompyuterlashuvni umumsotsiologik pozisiyadan turib anglash jamiyat taraqqiyotining yangi «triada» shaklidagi konsepsiyasini ilgari surishni taqozo qildi. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning “Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajribalari” (1973) kitobi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda muallif insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga13: agrar, industrial va postindustrial (industrial davrdan keyingi) davrlarga bo‘ladi. Agar industrial jamiyat, D.Bell fikriga ko‘ra, mahsulot ishlab chiqarish uchun mashinalar va insonlarni uyushtirishdan iborat bo‘lsa, postindustrial jamiyatda esa markaziy o‘rinni bilim, xususan, nazariy bilim egallaydi. «Postindustrial jamiyat ramzi» va «XX asr ikkinchi yarmi jamiyatini transformasiya qilish omili» kompyuter hisoblanadi. U «ommaviy jamiyatni boshqaruv apparati bo‘lib, ijtimoiy axborotni qayta ishlash mexanizmidir. Uning katta hajmi sotsial aloqalarning kengayib borishi bilan deyarli birgalikda o‘sib boradi2». D.Bell bilim va axborotni postindustrial, informatsion jamiyatning «strategik resursi» deb hisoblaydi, shuning uchun u qiymatning informatsion nazariyasi muammosini ko‘tarib chiqadi. «Bilim o‘z sistematik shaklida (ixtiro ko‘rinishida yoki tashkiliy mukammallashuvi shaklida) resurslarni amaliy qayta ishlashga jalb etilganda aytish mumkinki, mehnat emas, aynan bilim qiymat manbai bo‘lib hisoblanadi», – deb yozadi u.
    D.Bell tushunchasidagi informatsion jamiyat g‘oyasi postindustrial jamiyat sifatida o‘z tarafdorlariga ham, dushmanlariga ham ega. S.Nora va A.Minklarning birinchi marta Parijda 1978 yilda chop qilingan, «Jamiyatning kompyuterlashuvi. Fransiya prezidentiga ma’ruza» kitobida, postindustrializmga ishonchsizlik munosabati ifodalangan. Mualliflar unda ziddiyatlarni faqat bozor terminlari yordamida olib qaraydigan va ularni chegaradan chiqib ketgan paytda ushbu sohaga qaytarishga intiladigan liberal yondashuv variantidir deb ataganlar3. Bunday yondashuv kelajakni bashorat qilish, hayotning to‘kin-sochinligi, millatni o‘rta sinf atrofiga to‘plash va sotsial keskinlikni bartaraf qilish imkonini bera oladigan osoyishta postindustrial jamiyat bilan tugaydi. Postindustrial yondashuv ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning xulq-atvorini boshqaradigan axborotga nisbatan sermahsuldir, lekin, tijorat faoliyatidan tashqariga chiqadigan va madaniy modelga bog‘liq bo‘lgan muammolar bilan to‘qnash kelganda foydasizdir3».
    S.Nora va A.Mink shunday informatsion jamiyat g‘oyasini ilgari suradilarki, u mukammal bozor jamiyati bo‘lib, unda ta’lim va axborot har bir insonni barkamol qiladi; u mukammal rejalashgan jamiyat bo‘lib, unda markaz (davlat) har bir joydan tez, ishonchli ma’lumot oladi va bunga muvofiq holda o‘z pozisiyasini shakllantiradi. Boshqaruvda axborot va muvofiqlashtirish umumiy jarayonda taraqqiy etadi. Informatsion jamiyatda, – deya ta’kidlashadi S. Nora va A.Mink, – guruh rejalari ilgariga nisbatan ko‘proq miqdorda ijtimoiy va madaniy intilishlarni ifodalaydi. Bu sharoitda faqat zarur axborotga ega hokimiyat mamlakat taraqqiyotiga yordam berishi va uning mustaqilligini kafolatlashi mumkin.
    E.Toffler esa “Uchinchi to‘lqin” kitobida tamaddun tarixidagi uchta to‘lqinni: (birinchi to‘lqin – agrar, XVIII asrgacha; ikkinchi to‘lqin – industrial, XX asrning 50-yillarigacha; uchinchi to‘lqin – industrial davrdan so‘nggi davr, XX asrning 50-yillaridan boshlab) ajratib ko‘rsatadi.
    E.Tofflerning fikricha, “Eng yaqin tarixiy sarhad o‘n ming yil avval qishloq xo‘jaligini joriy etish tufayli yuzaga kelgan o‘zgarishlarning ilk to‘lqinidek hali juda-juda olisda”14. Darhaqiqat, o‘zgarishlarning ikkinchi to‘lqini industrial inqilob tufayli yuzaga keldi. Biz o‘zgarishlarning uchinchi to‘lqini farzandlarimiz. Uchinchi to‘lqin axborotlashuv inqilobining samarasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 1980-1990 yillarni axborotlashgan jamiyat konsepsiyalari rivojidagi yangi bosqich deyish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog‘liq. P.Draker “Kapitalizmdan so‘nggi jamiyat” kitobidagi konsepsiyaning mohiyati an’anaviy kapitalizmni yengib o‘tish g‘oyasidan iborat. Konsepsiyaga ko‘ra, taraqqiyotning asosiy belgilari industrial xo‘jalikdan bilim va axborotga asoslangan iqtisodiy tizimga qarab borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon kishisi uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta’sirida milliy davlatning o‘zgarishidan iborat. M.Kastels global iqtisodiyot va xalqaro moliyaviy bozorlarni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida ko‘radi. U “Axborotlashuv erasi: iqtisodiyot, jamiyat va madaniyat”15 deb nomlangan fundamental tadqiqotida axborotlashgan jamiyatning mohiyatini bir-biriga bog‘liq quyidagi jarayonlar bilan izohlaydi:
    - axborot va bilimlar ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy qudrati, o‘zagiga uning qimmatli manbaiga aylanadi; ishlab chiqarish omili bo‘lmish xom ashyo, mehnat, mablag‘ resurslariga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;
    - axborot yetkazib berish va undan foydalanishni ta’minlaydigan sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda oshib boradi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   143




    Download 1,16 Mb.