• Kompyuter grafikasi deganda
  • Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir.
  • Kamchiliklari
  • Kompyuter grafikasida rangni ifodalash Asosiy rang modellari rgb rang modeli Kompyuter grafikasi




    Download 281,21 Kb.
    bet1/3
    Sana18.09.2024
    Hajmi281,21 Kb.
    #271558
      1   2   3

    2-Mavzu: Kompyuter grafikasida rang modellari bilan ishlash
    Reja.

    1. Kompyuter grafikasida rangni ifodalash

    2. Asosiy rang modellari

    3. RGB rang modeli 

    Kompyuter grafikasi – bu model va tasvirlarni kompyuter yordamida hosil qilish, saqlash va qayta ishlash to’g’risidagi fandir. Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt modellari va tasvirlari tushuniladi. Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular: rastrli, fraktal va vektorli grafikadir.



    Rastrli grafika. Rastr tasvirlar to’g’ri burchakli matritsa shaklida namoyon bo’lib, har bir yacheykasi rangli nuqtadan iborat. Rastr grafikasining asosi piksel’ (nuqta) hisoblanib, u rang bilan ifodalanadi. Tasvir nuqtalar to’plami sifatida akslanib ular qanchalik ko’p bo’lsa, ko’rinish shunchalik tiniq va sifatli, fayl esa ko’p joy egallaydi. Ya’ni, aynan bitta tasvirning o’zi yuqori yoki past sifatli bo’lishi, o’lchov birligiga qarab nuqtalar ko’p yoki kam (odatda bir dyuymga nisbatan nuqtalar soni – dpi yoki piksellar soni – ppi bilan belgilanadi) bo’lishi mumkin.
    Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir. Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari: *.tif, *.gif, *.jpg, *.png, *.bmp, *.pcx va b.
    Afzalligi:
    – Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks ettirilishi mumkin.
    – Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining sifati chop etishda o’zgarmaydi.
    Kamchiliklari:
    – Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va h.) da ko’p joy egallaydi;
    – Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari – xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi;
    – Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli;
    – Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi.

    Download 281,21 Kb.
      1   2   3




    Download 281,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasida rangni ifodalash Asosiy rang modellari rgb rang modeli Kompyuter grafikasi

    Download 281,21 Kb.