• Fraktal – lat. fractal
  • *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va h. Afzalligi
  • Qo’llanish sohasi
  • Kompyuter grafikasida rangni ifodalash Asosiy rang modellari rgb rang modeli Kompyuter grafikasi




    Download 281,21 Kb.
    bet2/3
    Sana18.09.2024
    Hajmi281,21 Kb.
    #271558
    1   2   3
    Qo’llanish sohasi:
    – Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda;
    – Foto tasvirlarni tahrirlash va restavratsiya qilishda;
    – Badiiy grafika va skaner bilan ishlashda.
    Fraktal grafikasi. Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik kompozitsiya tuzishda qo’llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, videoo’yinlar yaratishda fraktal grafikasining o’rni beqiyosdir. Fraktal grafikasining qo’llanish printsipi proektiv geometriyaning qonuniyatlariga asoslangan bo’lib, oddiy geometrik elementni o’ziga o’xshash akslantirishdan iborat.  Fraktal – lat. fractal bo’lingan (qismlarga ajratilgan) ma’nosini bildiradi. Fraktalning yana bir izoh-tushunchalaridan biri bu – qismlardan iborat va har bir qismi yana bo’linadigan geometrik figuradir. Har bir bo’linadigan figura yaxlit figuraning kichraygan yoki o’xshash nusxasidir.
    Fraktal grafikasi fayllari asosan *.fif kengaytmasiga ega bo’lib, kompyuter xotirasida juda kam joy egallaydi. Ya’ni ular xotirada faqat formula yozuvlari ko’rinishida saqlanadi.
    Fraktal grafikasining keng tarqalgan formatlari: *.frp; *.frs; *.fri; *.fro; *.fr3, *.fr4 va h.
    Afzalligi:
    – Original va bejirib, fantastik tasvirlarni hosil qilish mumkinligi;
    – Real hodisa va jarayonlarni (ilmiy grafikaviy) modellashtirishda qo’llash mumkinligi.
    Kamchiliklari:
    – Dasturlash tilining murakkabligi. Turli dasturlash tillari (C, Delphi, Pascal va h.) ni bilish talab etiladi;
    – Natijani oldindan baholashning qiyinligi.
    Qo’llanish sohasi:
    – Ko’ngilochar dastur va video o’yinlar yaratishda (oddiy va murakkab teksturalar, turli landshaft va fonlarni yaratishda);
    – Kino va video industriyada (noananaviy hodisa va jarayonlarni hosil qilishda, fantastik syujetlar yaratishda).
    Vektorli grafika. Vektor grafikasida tasvir vektor deb nomlanuvchi chiziqlar asosida qurilib, ularga turli parametrlar – rang, chiziq qalinligi va joylashuvi (vaziyati) xususiyatlari beriladi. Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob’ektlar bilan ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g’ri chiziq, egri chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, tsilindr kabi jismlar kiradi. Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik figuralar – ob’ektlar yaratiladi.
    Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. Tasvirlar masshtablashtirilganda ularning sifati saqlanib qoladi. SHuning uchun ham undan dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng foydalaniladi.

    Download 281,21 Kb.
    1   2   3




    Download 281,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasida rangni ifodalash Asosiy rang modellari rgb rang modeli Kompyuter grafikasi

    Download 281,21 Kb.