• NASIMOV OG’ABEKNING
  • Ishni bajarishdan maqsad
  • Kompyuter injineringi” fakulteti 2 – bosqich ki-17-21 s guruh talabasi




    Download 332.32 Kb.
    bet1/3
    Sana21.05.2023
    Hajmi332.32 Kb.
    #62702
      1   2   3
    Bog'liq
    NASIMOV O elektronika va sxema1 15-lab
    SAKRASH VA ULOQTIRISH TURLARI, бошқарув психалогияси, Dissotsiyalanish, Mustaqil ish mavzular 4, Hisob grafik isi 2022-1 semastr, 571178, 3 sinf dar isshlanma matem, 05 09 02 Geotexnika-Yo‘llar-yo‘llarni-raqamlashtirish-va-yo‘l-harakati-xavfsizligi.-Yo‘l-telematikasi-yo‘nalishlari-bo‘yicha, Statistik g’ujanak, 5-ma’ruza mavzu Aralashtirgichlar. Tindirgichlar va ularning tu, 7 амалий тиббий билим, jaroxat turlari, Daily plan for a month, 100 Quotes To Read When Stressed by Lee Journey B

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

    Kompyuter injineringi” FAKULTETI


    2 – BOSQICH KI-17-21 s GURUH TALABASI
    NASIMOV OG’ABEKNING
    Elektronika va sxemalar 1”
    FANIDAN TAYYORLAGAN

    15 -Laboratoriya ishi
    Qabul qildi: N.Polvonov

    15-LABORATORIYa IShI


    Operatsion kuchaytirgichni tadqiq qilish




    Ishni bajarishdan maqsad: operatsion kuchaytirgichda bajarilgan klassik relaksatsion generatorni tadqiq qilish.


    15.1.Boshlang‘ich ma’lumotlar
    Relaksatsionnыy generator deb keng spektrga ega garmonik bo‘lmagan tebranishlar generatoriga aytiladi.
    Tebranishlar generatorlari ko‘plab elektron qurilmalarning tarkibiy qismidir. Masalan, ular davriy ishlaydigan o‘lchov priborlarida (raqamli multimetrlar, ossillograflar), texnologik jarayonlarni o‘lchashda, kompyuter va uning tashqi qurilmalarida, har qanday raqamli priborda (hisoblagich, taymer, kalkulyator) va boshqalarda ishlatiladi.
    Konkret qo‘llanilishi bo‘yicha tebranishlar generatorlaridan muntazam impulslar manbasi (raqamli tizimlarda "soat"), tayanch vaqt intervali (chastota o‘lchagichlarda), rostlanuvchi generator (tarqatgich va qabul qilgichlarning geterodinlarida), ma’lum shakldagi tebranishlar generatori (ossillograflarda) va boshqalar sifatida foydalaniladi.
    Eng sodda generatorni quyidagi yo‘l bilan hosil qilish mumkin: kondensator rezistor (yoki tok manbasi) orqali zaryadlanadi, kondensatordagi kuchlanish ma’lum qiymatga yetganda razryadlanadi va bunday sikl davriy ravishda takrorlanadi. Buni EWB dasturida tekshirib ko‘rish mumkin (15.1-rasm). Sxema yig‘ilib ishga tushurilgandan keyin probel klavishasi ni davriy ravishda bosilsa tebranishlar hosil bo‘ladi.





    15.1-rasm. Tebranishlar generatori
    Tebranishlarni ta’minlash manbasining qutblarini davriy ravishda almashtirish yo‘li bilan ham hosil qilish mumkin. Bunday yo‘l bilan bajarilgan generatorlarga «relaksatsion generatorlar» deb ataladi. Ular sodda, arzon va mukammal loyihalanganda chastota bo‘yicha qoniqarli stabillikka ega bo‘lishi mumkin.
    Ilgari relaksatsion generatorlarni tayyorlash uchun manfiy qarshilikka ega bo‘lgan priborlardan (masalan, bir o‘tishli tranzistorlar va neon lampalar) foydalanilgan, hozirgi vaqtda esa, afzalliklarga ega bo‘lganligi uchun, operatsion kuchaytirgichlar yoki maxsus integral sxemalar ishlatiladi.
    Operatsion kuchaytirgich – bu juda katta kuchaytirish koeffitsientiga va nosimmetrik kirishga ega bo‘lgan differensial o‘zgarmas tok kuchaytirgichidir. Shartli belgisi 15.2-rasmda ko‘rsatilgan, u ikkita karish va bitta chiqishga ega, + bilan belgilangan karishi invertirlamaydigan va – bilan belgilangan kirishi invertirlaydigan kirish deb ataladi.



    15.2-rasm. Operatsion kuchaytirgichning shartli belgisi

    Operatsion kuchaytirgichning tashqi ko‘rinishi 15.3-rasmda keltirilgan. Uning tashqi elementlarga ulanadigan oyoqchalari ikki qatorga joylashgan bo‘ladi. Korpusining ustidagi o‘yiq joyning yonidagi nuqtaga mos keluvchi oyoqcha birinchi oyoqcha bo‘ladi. Qolgan oyoqchalarning tartib raqamlari korpusning ustidan qaraganda soat strelkasiga teskari yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi (15.4-rasm).



    15.3-rasm. Operatsion kuchaytirgichning tashqi ko‘rinishi



    15.4-rasm. K140UD6 operatsion kuchaytirgichning oyoqchalari( yuqoridan ko‘rinishi) : 1-nolni o‘rnatish; 2-invertirlovchi kirish; 3-invertirlamaydigan kirish; 4-ta’minlash manbasi U (odatda 15V); 5-nolni o‘rnatish; 6-chiqish; 7- ta’minlash manbasi U+ (odatda +15V); 8-hech qaerga ulanmaydigan oyoqcha



    15.5-rasm. Invertirlovchi kuchaytirgich

    EWB dasturida yig‘ilgan invertirlovchi kuchpytirgichning sxemasi 15.5-rasmda keltirilgan. Agar sxemaning kirishiga 1V kuchlanish berilsa uning chiqishida -10V kuchlanish hosil bo‘ladi, ya’ni, kuchaytirish koeffitsienti teskari ishora bilan olingan R2 (teskari bog‘lanish zanjiridagi) va R1(kirishdagi) qarshiliklarning nisbatiga bilan aniqlanadi.





    Download 332.32 Kb.
      1   2   3




    Download 332.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injineringi” fakulteti 2 – bosqich ki-17-21 s guruh talabasi

    Download 332.32 Kb.