• III BOB. DT-914 TIPIDAGI RAQAMLI MULTIMETRLARNI KALIBRLASH
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ILOVALAR Kirish
  • Kirish I bob. Raqamli multimetrlar va ularni turlari




    Download 0.9 Mb.
    bet1/8
    Sana25.03.2024
    Hajmi0.9 Mb.
    #176660
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ismoiljon.ku.ish. 1234)
    begzod.1001, Ta\'lim muassasasi va oilaning o\'zaro ta\'siriga zamonaviy yondashuvlar, Doc1, Annotatsiya, Yakuiy paftorga, kichik va yirik korxonalar kooperatsiyasini tashkil etishning asosiy


    Kirish
    I Bob. Raqamli multimetrlar va ularni turlari.
    1.1.Raqamli multimetrlarning konstruktiv tuzulishi.
    1.2.Raqamli multimetrlar yordamida o'lchashlarni amalga oshirish.
    1.3. Multimetning turlari va ishlash pirinsipi

    II BOB. RAQAMLI MULTIMETRLARNING UMUMIY TAVSIFLARI
    2.1 Raqamli multimetrlarning texnik tavsiflari
    2.2 Raqamli multimetrlarning metrologik tavsiflari
    2.3 Raqamli multimetrlarning kalibrlash davriyligi

    III BOB. DT-914 TIPIDAGI RAQAMLI MULTIMETRLARNI KALIBRLASH
    3.1 DT-914 tipidagi raqamli multimetrning kalibrlash uslubiyoti, kalibrlash operatsiyasi, kalibrlash shartlari
    3.2 DT-914 tipdagi raqamli multimetrning kalibrlash.
    3.3 DT-914 tipdagi raqamli multimetrning kalibrlash natijalarini rasmiylashtirish

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
    ILOVALAR

    Kirish
    O’zbekiston Respublikasining «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni qabul qilinishi bilan (O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to’plami, 2009 y., 17- son, 211-modda) O’zbekiston iqtisodiyoti mahsulot, ishlar, xizmatlarga talablar o’rnatishning xalqaro amaliyotga yaqin bo’lgan mutlaqo yangi tizimiga o’tmoqda. Qonun, majburiy talablarni o’rnatish, qo’llash va bajarish sohasida, shuningdek mahsulot hayotiy stiklining barcha bosqichlarida talablarni ixtiyoriy asosda o’rnatish va qo’llash sohasida huquqiy munosabatlarni o’rnatadi.
    Qonun qoidalarining amalga oshirilishi xavfsizlik darajasini ma’muriy aralashuvning minimal holatida ta’minlaydi va bozorda xavfli hamda soxtalashtirilgan mahsulot paydo bo’lishining oldini olishga, shuningdek xalqaro savdodagi texnik to’siqlarni kamaytirishga zamin yaratadi. «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risidagi» Qonun orqali O’zbekistonda joriy etilgan texnik jihatdan tartibga solish – tizimli yondashuv, yani - texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimini ishlab chiqish va ishlashini ta’minlash yo’li bilan hal qilish mumkin bo’lgan murakkab ilmiy-texnik vazifadir (O’zbekiston Respublikasi «Texnik jihatdan tartibga solish to’g’risida»gi Qonunining 6 moddasi) “O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” fani bo‘yicha kurs ishimda hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash, o‘lchov va kattaliklar, o‘lchash vositalari, o‘lchashdagi xatoliklar, metrologiya xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirsh, sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu darslik to‘plami mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanish va o‘zgarishlarni hisobga olingan holda yaratildi.
    Ma’lumki, Respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida “raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash” alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy
    islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz
    mumkin:
    • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor ekspertbob mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;
    • aholini yuqori sifatli oziq – ovqat maxsulotlari bilan ta’minlash;
    • mamlakatning eksport quvvatidan to‘la – to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan
    rivojlantirish.
    Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekistonga faqat xom ashyo zonasi sifatida qarashlarga barham berildi. Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini
    bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda
    ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur. Ilmiy – texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan makammal nazorat – o‘lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
    “O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” fanini o‘rganish talabalarda metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha qoidalarni, talablarni, me’yorlarni standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi davlat bayonnomalarini, me’yoriy hujjatlarni bilishini taqozo etadi. Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalaridan biri sanaladi. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.



    Download 0.9 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish I bob. Raqamli multimetrlar va ularni turlari

    Download 0.9 Mb.