• SAMARQAND 2023 Mavzu
  • "kompyuter injiniring" fakulteti




    Download 1.32 Mb.
    bet1/4
    Sana09.03.2023
    Hajmi1.32 Mb.
    #44694
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Qodirov A 1-mustaqil
    Avazov A 1-mus, Temur, ekqq3, Maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarga ekologik tarbiya berishning maqsad va vazifalari, matem 1, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Сирдарё тумани, O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uc-fayllar.org, Maydoniy tranzistorlar asosidagi kuchaytirgich kaskadlar-fayllar.org, computer networks

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    "KOMPYUTER INJINIRING" FAKULTETI



    Tizimli tahlil FANIDAN


    Mustaqil ishi №1


    Bajardi: 108-19 guruh talabasi
    Qobilov Asadbek
    Qabul qildi: Abdukarimov.A


    SAMARQAND 2023
    Mavzu: Tizim tahlilni harbiy sohada qo’llash.
    Reja:
    1. Tizimli tahlilni harbiy sohadagi o‘rni.
    2. Tizim tahlilni harbiy sohada tadbiq etish.
    3. Mamlakatimiz armiya tizimining tahlili.


    TIZIMLI TAHLILNI HARBIY SOHADAGI O‘RNI
    Mamlakatimizda so'nggi yillarda mudofaa tizimining jangovar salohiyatini oshirish bo'yicha juda katta ishlar qilindi. Harbiy boshqaruv tizimi deyarli yangidan barpo etildi. Harbiy-ma'muriy sektorlar tuzildi. Qo'shin turlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan mexanizmlar yo'lga qo'yildi. Eng murakkab vazifalarni ham tezkorlik bilan bajarishga qodir bo'lgan bo'linmalar tashkil etildi. Qo'shinlarning jangovar va ruhiy tayyorgarlik darajasi oshdi. Tariximizda birinchi marta o'z mohiyatiga ko'ra noyob tizim — harbiy-ma'muriy sektorlar tashkil etildi. Bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish, “Armiya va xalq — bir tanu bir jondir” degan ulug' g'oyani amalda ta'minlashga hissa qo'shishga imkon yaratdi.

    Davlatimiz rahbari eng muhim vazifalaridan biri — bu xalq bilan yaqinlashish, mudofaaning aholi bilan jipsligi va yaxlitligi masalasi ekanini ta'kidladi. Sodda qilib aytganda, xalq o'z davlatining qo'shiniga to'la ishonishi va qo'llab-quvvatlashi, armiya esa o'z xalqining ishonchi va qudratini his qilib turishi kerak. Mazkur masalaga davlatimiz rahbari avval ham bir necha marotaba to'xtalgan. Chunonchi, o'tgan yilning yanvar` oyida Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrifi chog'ida barcha darajadagi qo'mondonlik va boshqaruv organlari faoliyatini takomillashtirish, qo'shinlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalari va komplekslarni joriy qilish orqali ularning hamkorlikdagi operativ va jangovar tayyorgarlik darajasini oshirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash istiqboldagi dolzarb vazifalardan ekanini ta'kidlagan. Mamlakatimiz aholisi va yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biri ekanini qayd etib, “O'z farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega bo'lmasin, mudofaa qobiliyatini mustahkamlay olmaydi”, degan edi.
    Harbiy xizmatchilar orasidan qobiliyatli va zakovatlilarini aniqlash, ularga o'z qobiliyatini namoyon qilishi uchun sharoit yaratib berishdan oldimizda turgan muhim masalalardan. Bu borada Innovatsion rivojlanish va Mudofaa vazirliklari hamkorligida “Askardan maktub” loyihasi amalga oshirilganidan ko'pchilikning xabari bor. Loyihada yaqinlari milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan yoshlar, ta'lim muassasalari va harbiy qismlardagi ta'lim jarayoni ishtirokchilari — o'qituvchilar, harbiy instruktorlar, psixologlar, askar va ofitserlar ishtirok etdi. Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti muddatli xizmatchilari ishtirokida boshlangan loyiha yoshlarda faol hayotiy pozitsiya, Vatanga muhabbat, uning tarixiy merosiga hurmat, millat manfaatlari va xavfsizligini himoya qilish kabi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan eng muhimi har bir harbiy xizmatchi o'z yaqinlari jigarlariga maktub orqali armiya ruhiyatin qaratilgan. eng muhimi, har bir harbiy xizmatchi oz yaqinlari, jigarlariga maktub orqali armiya ruhiyatini muntazam singdirib borishi, o'zaro muloqotlarda olis qishloqlarda ulg'ayayotgan uka va singillariga armiyadagi intizomiy tarbiyadan bir qismini ulashib, ulardagi vatanparvarlikni shakllantirishga bilvosita ko'makchi bo'lishi maqsad qilingan edi. Zero, bu milliy armiyamiz ruhiyatining xalq orasida keng tarqalishidagi kichik qadam, biroq ahamiyati katta. Oramizda yoshligida askar akalaridan maktub olib, quvonib, ularga javob yozib, askar bo'lish orzusida yongan katta avlod vakillari talaygina. Bu an'analarni zamonaviy axborot almashinuvi makonida tezkor va muntazam amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi.
    Ikkinchi muhim jihat milliy mudofaamizga ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilishdan iborat. Mamlakat chegaralari mavjud moddiy chegaralardan tashqari, suv va havo chegaralarimizning xavfsizligi, epidemiologik, axborot va kiberxavfsizlik kabi turli sohalarni o'z ichiga oladi. Ilm-fan yutuqlari mazkur xavfsizlikning yuqori darajada bo'lishini ta'minlab beradi.



    Download 1.32 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.32 Mb.