• 2 mustaqil ta’lim ish hisoboti Fan “ Algoritmlarni loyihalash” amaliy . Mavzu: CHIZIQLI DASTURLASH MASALALARI VA ULARNI YECHISH ALGORITMLARI.
  • "Kompyuter injiniring" kafedrasi at-servis yo’nalishi 21-07 gurh talabasi Abdiqobilov Jamolning




    Download 21.04 Kb.
    bet1/3
    Sana05.06.2023
    Hajmi21.04 Kb.
    #70005
      1   2   3
    Bog'liq
    2-amaliy ish
    Karyer mexanik uskunalar slayd, LOBAR AMALIY MASHG\'ULOTI

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
    "Kompyuter injiniring" kafedrasi AT-Servis yo’nalishi
    21-07 gurh talabasi Abdiqobilov Jamolning
    2 mustaqil ta’lim ish hisoboti
    Fan “ Algoritmlarni loyihalash” amaliy .


    Mavzu: CHIZIQLI DASTURLASH MASALALARI VA ULARNI YECHISH ALGORITMLARI.
    Bajardi: Mamarasulov Sharof
    Tekshirdi: To’xtayeva Marg’uba
    Samarqand 2023
    Nazariy topshiriqlar:

    1

    Algebraik ta transcendent tenglamalarni taqribiy yechish usullari bo’yicha hisoblashda yaqinlashish tezligi bo’yicha baholash

    2

    Chiziqli algebraic tenglamalar sistemasini taqribiy yechish usullari. Yaqinlashish shartlari.

    3

    Chiziqli dasturlash masalalari kanonik ko’rinishi. Simpleks usul.

    Javoblari


    Algebra fanidan algebraik va transsendental tenglamalarni yaqinlashtirishga bag‘ishlangan mavzu. Ushbu tenglamalarning ildizlarini topish uchun yaqinlashtirish usullari qo'llaniladi. Eng keng tarqalgan usullardan biri Nyuton-Rafson usuli bo'lib, ildizni topish uchun funktsiyaning hosilasidan foydalanadigan iterativ usuldir. Yana bir usul - bu ildizni topish uchun oraliq qiymat teoremasidan foydalanadigan oddiy iterativ usul bo'lgan bisektsiya usuli. Ushbu usullarning yaqinlashish tezligini har bir iteratsiyadagi xatoni hisoblash orqali baholash mumkin. Xato nolga qanchalik yaqin bo'lsa, konvergentsiya tezligi shunchalik tez bo'ladi12


    Matematik programmalash matematikaning asosan ko’p variantli yechimga ega bo’lgan iqtisodiy masalalarning eng yaxshi maqsadga muvofiq ( optimal ) yechimini topishga yordam beruvchi bir tarmog’idir.
    Matematik programmalash chiziqli programmalash, chiziqli bo’lmagan programmalash va dinamik programmalash deb ataluvchi qismlarni o’z ichiga oladi. Birinchi bo’lib A.N. Tolstoy 1930 yilda mahsulot tashishni optimal planlashtirish masalasini chiziqli programmalash masalasi sifatida ifodalagan. Venger olimi B. Egerveri 1931 yilda «tanlash problemasi» deb atalmish masalani qo’yib, uni yechish usullarini kashf qildi. Bu usul keyinroq «venger usuli» deb atala boshlandi.
    Chiziqli programmalash masalalarini sistemalashtirish va ularni yechish uchun umumiy, universal bo’lgan usul yaratish ustida A.V.Kantorovich 1939 yildan boshlab shug’ullana boshlagan. A.V.Kantorovich kashf qilgan usul «hal qiluvchi ko’paytuvchilar usuli» deb ataladi.
    A.V.Kantorovich, M.K.Gavurin bilan hamkorlikda 1943 yilda transport masalasi deb ataluvchi chiziqli programmalash masalasini yechish uchun «potenstiallar usuli»ni kashf qildi.
    Ko’pgina olimlar o’z faoliyatlarini chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalashning matematik nazariyasini taraqqiy ettirish va matematik usullarni iqtisodiy muammolarni hal qilishga qo’llanishga bag’ishladilar.
    Chiziqli programmalash usullarini taraqqiy ettirish muamosi bilan ko’pgina olimlar shuullanganlar. Masalan, amerikalik olim Xichkok 1941 yilda transport masalasining matematik modelini tuzdi, Danstig 1949 yilda chiziqli programmalash masalasini yechish uchun universal usul—simpleks usulni kashf etdi. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalash usullari Ford, Falkerson, Kun, Lemke, Gass, Charnes, Bil va boshqa olimlarning ishlarida o’z rivojini topdi.
    Hozirgi davrda chiziqli va chiziqli bo’lmagan programmalash usullarini konkret iqtisodiy masalalarni yechishga qo’llash hamda ularni EhM da yechish uchun eng qulay algoritmlar yaratish muammosi bo’yicha ish olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda ko’p olimlarning e’tibori chiziqli bo’lmagan programmalash usullarini taraqqiy ettirishga bag’ishlangan. Bu sohada birinchi marta Kun va Takker 1951 yilda isbotlagan teorema birinchi yutuq bo’lib, unda chiziqli bo’lmagan programmalash masalasining optimal yechimga ega bo’lishining zarur va etarlilik sharti keltirilgan.
    Bu ishning amalga oshishi chiziqli bo’lmagan programmalashga oid ko’pgina ilmiy tadqiqotlar uchun turtki bo’ldi. Charnes va Lemke 1954 yilda maqsad funkstiyasi separabel formada va chegaralovchi shartlari chiziqli bo’lgan masala uchun taqribiy yechish yo’lini ko’rsatdilar.
    Ayrim chiziqli bo’lmagan programmalash masalalari uchun chiziqli approksimastiya topilib ularni chiziqli programmalash usullarini qo’llab yechish mumkin.
    Bazi iqtisodiy jarayonlar vaqtga boliq bo’ladi. Bunday masalalarning turli bosqichlaridagi yechimini aniqlash uchun dinamik programmalash usullari qo’llaniladi. Masalan, planlashtirilayotgan davrning har bir yilida korxonalararo vositalarni optimal taqsimlash masalasi dinamik programmalash masalasiga misol bo’la oladi.
    Har qanday iqtisodiy masalani matematik dasturlash usullarini qo’llab yechishdan avval, ularning matematik modelini tuzish kerak; boshqacha aytganda berilgan iqtisodiy masalaning chegaralovchi shartlarini va maqsadini matematik formulalar orqali ifodalab olish kerak. Har qanday masalaning matematik modelini tuzish uchun:
    -masalaning iqtisodiy ma`nosini o’rganib, undagi asosiy shart va maqsadni aniqlash;
    -masaladagi noma`lumlarni belgilash;
    -masalaning shartlarini algebraik tenglamalar yoki tengsizliklar orqali ifodalash;
    -masalaning maqsadini funksiya orqali ifodalash kerak.
    Misol uchun bir nechta eng sodda iqtisodiy masalalarning matematik modelini tuzish jarayoni bilan tanishamiz.
    Ishlab chiqarishni rejalashtirish masalasi.
    Faraz qilaylik, korxonada m xil mahsulot ishlab chiqarilsin; ulardan ixtiyoriy birini i (i=1,…,m) bilan belgilaymiz. Bu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun n xil ishlab chiqarish faktorlari zarur bo’lsin. Ulardan ixtiyoriy birini j (j=1,…,n) bilan
    belgilaymiz.
    Har bir ishlab chiqarish faktorining umumiy miqdori va bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan normasi quyidagi jadvalda berilgan:
    2.1.1-jadval
    i/ch faktorlari
    i/ch mahsulot
    Turlari
    1
    2
    3

    n
    Daro-mad

    1
    a11


    a12
    A13

    a1n
    C1

    2
    a21


    a22
    A23

    a2n
    C2








    M
    am1


    am2
    am3

    amn
    Cm

    i/ch faktorining zahirasi


    b1
    B2


    B3

    bn
    Jadvaldagi har bir bj – j ishlab chiqarish faktorining umumiy miqdori (zahirasi)ni; aij – i mahsulotning bir birligini ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan j-faktorning miqdori; ci–korxonaning i mahsulotning bir birligini realizatciya qilishdan oladigan daromadi.
    Masalaning iqtisodiy ma`nosi: korxonaning ishini shunday rejalashtirish kerakki: a) hamma mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinadigan har bir ishlab chiqarish faktorining miqdori ularning umumiy miqdoridan oshmasin; b) mahsulotlarni realizatciya qilishdan korxonaning oladigan daromadi maksimal bo’lsin.

    (2.1.1)
    Rejalashtirilgan davr ichida ishlab chiqariladigan i-mahsulotining miqdorini xi bilan belgilaymiz. U holda masaladagi a) shart quyidagi tengsizliklar sistemasi orqali ifodalanadi:





    1. Quyidagi masalalar uchun algoritm va dastur kodini yozing. Har bir talaba o’zining jurnaldagi raqami bo’yicha bittadan masalani yechadi. Masalalar kam bo’lganda sanoq tartib boshidan boshlanadi. Masalan, 20 masala bo’lsa, 21-o’rindagi talaba 1-masalani, 22-o’rindagi talaba 2-masalani yechadi.


    Download 21.04 Kb.
      1   2   3




    Download 21.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    "Kompyuter injiniring" kafedrasi at-servis yo’nalishi 21-07 gurh talabasi Abdiqobilov Jamolning

    Download 21.04 Kb.