Tashqi ta’sirlar sokinlik tokini o’zgartirib kuchaytirgichni berilgan ish
rejimdan chiqaradi. Bu ayniqsa, A sinf rejimi uchun xavfli, chunki tranzistor
xarakteristikalarni nochiziqli sohasiga chiqarishi mumkin, bu esa nochiziqli
buzilishlar koeffitsiyentini oshishiga olib keladi. Shu sababli kuchaytirichlarni
loyihalashda sokinlik rejimini barqarorlash eng muhim masalalardan biri
hisoblanadi.
Kuchaytirgichlarda teskari aloqa
Teskari aloqa
(
TA
) deb kuchaytirgich chiqish zanjiridan kirish zanjiriga
energiya uzatishga aytiladi. Chiqish signali kuchaytirgichning kirish zanjiriga
to„liq yoki qisman uzatilishi mumkin. Bitta kaskadni egallagan TA
mahalliy
, ko„p
kaskadli kuchaytirgichni butunlay egallagan TA esa
umumiy
deb ataladi.
Umumiy holda TA signali kirish signaliga qo„shilishi yoki ayirilishi
mumkin. Shunga qarab, mos ravishda, musbat va manfiy TAga ajratiladi. Agar
kuchaytirgichning kirish signali va TA signali fazalari bir xil bo’lsa, TA
musbat
,
agar π burchakka farq qilsa, ya’ni fazalari teskari bo„lsa, TA
manfiy
deb ataladi.
Manfiy TAning kiritilishi, tranzistor ishlash sharoiti o’zgarganda,
kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsiyenti va boshqa parametrlari barqarorligini
oshiradi. Bundan tashqari, manfiy TA kuchaytirgichning o’tkazish polosasini
oshirish imkonini beradi, nochiziqli buzilishlar darajasini pasaytiradi.
Manfiy TA kuchaytirgichlarda, musbat TA esa elektr signallar
generatorlarida va maxsus elektron qurilmalarda ishlatiladi.
TAli kuchaytirgichning tuzilish sxemasi 8.8-rasmda keltirilgan. Bu yerda,
K
– kuchaytirish koeffitsiyenti, TA zanjiri TA koeffitsiyenti æ bilan ifodalanadi.
Chiqish signalining qanday qismi kuchaytirgich kirishiga uzatilayotganini æ
ko’rsatadi.