Kompyuter injiniringi




Download 422.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.02.2022
Hajmi422.22 Kb.
#16970
1   2   3   4
Bog'liq
14-15 - lab Shoxruz

15-Laboratoriya ishi 
Mavzu:
Kod o'zgartiruvchilarni loyihalashtirish 
Ishdan maqsad: Raqamli mantiqiy qurilmalarni loyihalashtirshda kod 
o'zgartiruvchilarni sxemasini tuzish va ishlashini o’rganish. 
1. Nazariy qism: 
Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich 
(ARO’) raqamli kattalikni unga proportsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish 
koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. 
Operatsion kuchaytirgich (OK) deb, analog signallar ustidan turli amallarni 
bajarishga moʻljallangan, differentsial kuchaytirish printsipiga asoslangan, 
kuchlanish boʻyicha katta kuchaytirish koeffitsiyentiga ega boʻlgan oʻzgarmas tok 
kuchaytirgichiga aytiladi. Bunday amallarga qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, 
boʻlish, integrallash, differentsiallash, masshtablash kabi matematik amallar 
kiradi. Hozirgi kunda OK lar analog va raqamli qurilmalarda kuchaytirish
cheklash, koʻpaytirish, chastotani filtrlash, generatsiyalash, signallarni barqa-
rorlashda qoʻllanilib kelmoqda. Buning uchun OK larga musbat va manfiy 
teskari aloqa (TA) zanjirlari kiritiladi. TA zanjirlari yordamida OK lar yuqorida 
qayd etilgan amallarni (operatsiyalarni) bajaradilar. 
AROʻ larni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus 
kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ 
vazifasini OK da bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar 
soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-K4 
kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik uchun 
K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻ ni koʻrib 
chiqamiz.  
Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda, 
mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik 
sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish 
mexanizmini koʻrib chiqamiz.  
Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning 
berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi: 


Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida oʻnlik 
sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi.
RAOʻ 
registorlariga barharorlik va  
nominal aniqligi boʻyicha jiddiy talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng 
temperatura intervalida ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli 
rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar
koʻrinishida 
yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan
AROʻ 
keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki marotaba koʻp sonli 
rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga R va 2R teng 
boʻladi. 
Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka oʻzgartiruvchi AROʻ 
lar 
ham mavjud.  
2-rasmda keltirilgan AROʻ sxemasi, ikki marta integrallovchi yuqori 
aniqlikdagi AROʻ deb ataladi. 



Download 422.22 Kb.
1   2   3   4




Download 422.22 Kb.
Pdf ko'rish