|
Python va Numpy kutubxonasini o‘rnatish 1-qadam. Python dasturini o‘rnatish
|
bet | 2/4 | Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #258414 |
Bog'liq numpy kutubxonasi muhitini sozlash 0 Python va Numpy kutubxonasini o‘rnatish 1-qadam. Python dasturini o‘rnatish
NumPyni o‘rnatish jarayonidagi birinchi qadam Pythonni o‘rnatishdir. NumPyni olishdan oldin tizimingizda eng so‘nggi Python versiyasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Pythonni Windowsga qanday o‘rnatishni bilish uchun quyidagi bosqichlarni o‘qing va bajaring.[2]
rasm. Python.exe dasturini o‘rnatish
Demak, python.org rasmiy veb-saytiga kirganimizda bizni operatsion sistemamiz va qurilmamizga to‘g‘ri keladigan dastur variant asosiy ekranga chiqadi. Dasturning oxirgi versiyasida eng oxirgi o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi. Shunda oxirgi versiyani tanlagan ma’qul bo‘ladi. Hozir birni ekranimizda python 3.10.4 versiyani taklif qilyapti, demak ushbu versiyani qurilmaga o‘rnatamiz.
rasm. Endi o‘rnatish variantini bosing.
O‘rnatish jarayonida bizda yuqoridagidek oyna chiqadi va ushbu oynadan kerakli tanlanmalarni belgilab, “Install Now” ni tanlaymiz va quyidagicha o‘rnatish jarayoni boshlanadi.
rasm. O‘rnatish jarayoni avtomatik ravishda O‘rnatish jarayoni oynasida boshlanadi.
Ushbu jarayondan keyin bizda O‘rnatish muvaffaqiyatni yakunlanganligini ko‘rsatsa demak bizni qurilmamizda dastur o‘rnatilib bo‘lindi. “Close” tugmasi orqali oynani yopishimiz mumkin.
2-qadam. Numpy o‘rnatish
Bizda keyingi qadam, qurilmaga Numpy kutubxonasini o‘rnatish bo‘ladi. Bunda kompyuter izlash joyiga “Command Prompt” deb izlaymiz va uni administrator sifatida ishga tushiramiz. Ketma-ketlik quyidagicha davom etadi.
Ishga tushirilganda biz Numpy kutubxonasini o‘rnatish uchun pip install numpy buyrug‘ini beramiz. Birozdan keyin avtomatik kutubxonani o‘zi yuklay boshlaydi. O‘rnash jarayonini quyidagicha kuzatishimiz mumkin. Numpy o‘rnatilganligini tekshirish uchun shu “qora oyna”ga numpy -version buyrug‘ini beramiz. Bizga shunda o‘rnatilgan versiyani ekranga chiqaradi. Bizni ekranda bu numpy 1.22.3 kabi ko‘rsatilib turibdi.
rasm. NumPy paketini yuklab olish va o‘rnatish avtomatik ravishda boshlanadi va tugaydi. Siz xabarni ko‘rasiz: numpy (-versiya) muvaffaqiyatli o‘rnatildi
|
| |