• 4-qadam: NumPy paketini import qiling
  • -qadam: NumPy o‘rnatilishini tekshiring




    Download 0,76 Mb.
    bet3/4
    Sana31.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #258414
    1   2   3   4
    Bog'liq
    numpy kutubxonasi muhitini sozlash 0

    3-qadam: NumPy o‘rnatilishini tekshiring


    Keyingi qadamda esa biz Numpy o‘rnatilgan joyni va o‘rnatilish bo‘yicha batafsil ma’lumot berilganini ko‘rishimiz mumkin. Buni uchun biz “qora oynaga” pip show numpy buyrug‘ini kiritganimizda ko‘rishimiz mumkin.





      1. rasm. Buyruq satrini ishga tushiring va pip show numpy buyrug‘ini kiriting va NumPy Python paketlarining bir qismi ekanligini tekshirish uchun Enter tugmasini bosing




      1. rasm. Chiqish sizga NumPy versiyasini tizimda saqlanadigan joyni

    ko‘rsatadi


    4-qadam: NumPy paketini import qiling


    Muvaffaqiyatli o‘rnatilgan yoki yo‘qligini tasdiqlash uchun NumPy kutubxonasini import qilishingiz mumkin. Xuddi shunday qilish uchun keyingi bosqichlarni o‘qing va bajaring.[4]





      1. rasm. Buyruq satrida Python ni kiriting va Python muhitini yaratish uchun Enter tugmasini bosing.

    Buyerda biz Numpy kutubxonasi o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganligini tekshirish uchun uni import qilib ko‘ramiz. Import qilish uchun esa import numpy buyrug‘ini berishimiz kerak bo‘ladi. Va biz numpy kutubxonasini muvaffaqiyatli import qildik.



      1. rasm. Endi import numpy ni np buyrug‘i sifatida kiriting va Enter tugmasini bosing.

    Endi siz NumPy kutubxona paketini muvaffaqiyatli import qildingiz va uning funksiyalari va sinflaridan turli NumPy obyektlari uchun foydalanishingiz mumkin.[3]




      1. rasm. Visual Studio code dasturini rasmiy veb-saytidan yuklab olish va

    o‘rnatish.
    Endi bizga dasturdan va kutubxonadan foydalanish uchun kerakli muhitni yuklab, qurilmamizga o‘rnatib olishimiz kerak bo‘ladi. Bu yerda biz Visual Studio code Dasturini o‘zimizga qulay muhit deb tanlab oldik.
    Birinchi navbatda ushbu dasturni rasmiy veb-saytiga kirib yuklab olamiz. code.visualstudio.com havolasi orqali kirganimizda bu yerda ham bizga qurilmamiz uchun eng mos keladigan versiyasini asosiy ekranga yuklash sifatida chiqarib beradi. Yuklashni tanlab yuklab olamiz va quyidagicha oynada biz rozilik berganimizdan keyin avtomatik o‘rnatish jarayoni boshlanadi.


      1. rasm. Visual Studio code o‘rnatish

    Dasturni o‘rnatib bo‘lgach biz dasturga endi python va numpyni o‘rnatib olishimiz kerak bo‘ladi. Chunki biz avvalgi qadamlarda qurilmamizga o‘rnatdik, lekin hali endi o‘rnatilgan bu dastur Python va Numpyni tanimaydi.


    Shunda dasturni bo‘limidan kerakli bo‘lgan python dasturini tanlab, install tugmasini bosamiz. Shunda bizga python dasturini o‘rnatib beradi.
    Shundan keyin asosiy oynaga o‘tib Numpy kutubxonasini import qilib olishimiz kerak. Buni uchun asosiy oynada import numpy buyrug‘i bizga yordam beradi.[5]



      1. rasm. Visual Studio code dasturiga pythonni o‘rnatish



      1. rasm. Numpy paketini import qilish

    Demak, yuqorida Python dasturini o‘rnatish, Numpy kutubxonasini o‘rnatish, Visual Studio code dasturini o‘rnatish va unga Python dasturini o‘rnatish, Visual Studion code dasturiga Numpy kutubxonasini import qilishlarni ko‘rib chiqdik. Kelgusida uning imkoniyatlari haqida alohida maqola qilishni o‘yladik.



    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -qadam: NumPy o‘rnatilishini tekshiring

    Download 0,76 Mb.