Kompyuter lingvistikasi

Download 1,39 Mb.
bet2/5
Sana14.12.2023
Hajmi1,39 Mb.
#119026
1   2   3   4   5
Bog'liq
nilufar tilshunoslik

Axborot asosan tasvir, ovoz yoki matn ko‘rinishida bo‘ladi. Demak, xilma-xil. Shunga qaramay, uni yagona tilda – matematika tilida (kompyuter tilida) bayon qilish, saqlash, uzatish va kompyuterda ishlash mumkin. Inson fikrlash va fikrini og‘zaki yoki yozma ravishda chiroyli bayon qila bilishi juda katta ahamiyatga ega ekani hammaga ma’lum. Fikrni bayon qilish u yoki bu til orqali amalga oshirilishini hisobga olsak, tilning roli qay darajada kattaligini tushunamiz. Tilni o‘rganish, tilga o‘rgatish, boshqa tillar bilan qiyoslash masalalarining samaradorligini oshirish tilshunoslik (lingvistika) fanining asosiy vazifalaridandir. Jadal rivojlanayotgan fan-texnika davrida juda katta hajmdagi axborot ustida tezlik bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda inson imkoniyatlari (xotira, tezlik) chegaralangan. Samaradorlikni oshirishning yagona yo‘li kompyuterdan foydalanishdir.

Bu, o‘z navbatida, hamma sohalarning kompyuterda ishlashga moslashtirilgan ko‘rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Kompyuter meditsinasi, kompyuter iqtisodiyoti, kompyuter huquqshunosligi qatorida tilshunoslikda ham kompyuter lingvistikasi yo‘nalishining paydo bo‘lgani tabiiy hol. O’zbek kompyuter lingvistikasini yaratish oldimizda turgan dolzarb masaladir. Bu o‘zbek tilini kompyuterga olib kirish, ya’ni ona tilimiz bilan bog‘liq masalalar – o‘zbek tiliga o‘qitish, bilimlarni baholash (test), matnlarni o‘zbekcha ovozlashtirish, axborotni ovoz orqali kompyuterga kiritish, matnlarni tahrirlash, tarjima qilishni kompyuterda bajarish imkonini yaratadi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishda ingliz kompyuter lingvistikasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Faqat uning asosiy g‘oyalariga tayanish mumkin. O’zbek kompyuter lingvistikasi o‘zbek tilining ingliz tilidan tamomila farq qiladigan xususiyatlari asosida shakllantiriladi. Bu esa o‘zbek kompyuter lingvistikasini yaratishdan oldin o‘zbek tilini mukammal darajada sistemalashtirish, formallashtirish vazifalarini amalga oshirish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatadi.

Download 1,39 Mb.
1   2   3   4   5

Download 1,39 Mb.