Kompyuter lingvistikasida modellashtirish va analogiya metodlari




Download 78,05 Kb.
bet2/14
Sana29.12.2020
Hajmi78,05 Kb.
#13002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit fan oldiga qo‘ygan vazifalar hozirgidagidek ko‘p bo‘lgan davr insoniyat tarixida kuzatilmagan. Bugun gumanitar fanlar oldiga ham aniq vazifalar qo‘yilmoqda va hatto bu vazifalarni hal etishning aniq muddatlari belgilanmoqda. Bu talabni bajarmaslik muayyan fanning o‘z obyekti va predmetidan mahrum bo‘lib, boshqa fanlar tarkibiy qismiga aylanib qolishiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumki, XXI asr kompyuter texnologiyalari, ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalari, yuksak tafakkur, fan va texnikaning jadal taraqqiyot asri bo‘ladi. XXI asr boshiga kelib, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Ochiq ta’lim”, “Masofaviy ta’lim”, “Axborotlashgan ta’lim” kabi tushunchalar hayotimizga kundan-kun singib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov so‘zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo‘lib borayotgani haqida gapirib o‘tirishga hojat yo‘q”1.

Hozirgi paytda injenerlik lingvistikasi, hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika va “elektron - tarjimon”, kompyuter lingvistikasi yuzasidan bir qator yangi muammolar o‘rtaga tashlanmoqda. Darhaqiqat, zamonaviy kompyuter juda ulkan imkoniyatlarga egaki, uning uchun shaxmat o‘ynashdan tortib, tibbiy tashxis qo‘yish, korxonalarni boshqarish, qadimgi xalqlarning sirli xatlarini “o‘qib”, mazmunini so‘zlab berish, she’r yozish, kuylar ijro etish, katta hajmdagi kitoblarga annotatsiyalar yozish, loyihalar tarxini chizish kabi yuzlab mehnat faoliyati turlarining barchasida, albatta, zamonaviy kompyuter texnologiyalari ham ishchi kuchi, ham vaqt jihatidan juda yaqin yordamchi sanaladi.

Bunlay ilmiy tadqiqotlar sirasiga murakkabligi, dolzarbligi bilan xarakterlanuvchi kompyuter lingvistikasi fani ham kiradi. Kompyuter lingvistikasi oldida turuvchi eng muhim masalalar quyidagilar:

- tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish;

- formal grammatika yaratish;

- tillarning matematik modellarini ishlab chiqish.1

Kompyuter lingvistikasi kelgusida til qoidalarining matematik modellarini yaratish, o‘zbek tilining formal nazariyalarini ishlab chiqish, shu asosda berilgan materiallarni kompyuter yordamida tahlil qilish, o‘qitish, bilimlarni baholash, xatolarni tuzatish algoritmlarni yaratish uchun xizmat qiladi.

Kompyuter lingvistikasi kelajak fani bo‘lib, uning yutuqlari mamlakatimizda amaliy va nazariy tilshunoslikning uzviyligini ta’minlash, nazariy tadqiqotlar natijalarini jamiyat manfaatlari yo‘lida qo‘llash uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. Darhaqiqat, respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo‘nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanlay bo‘lishini ko‘rsatib berishdan iborat. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo‘lmagan millatning kelajagi yo‘qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vosita bo‘lmog‘i lozim”2.

Shuning uchun biz ham kompyuter lingvistikasida muhim o‘rin tutgan modellashtirish masalasini o‘rganish va tahlil qilishni maqsad qilib oldik.




Download 78,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 78,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter lingvistikasida modellashtirish va analogiya metodlari

Download 78,05 Kb.