Kompyuter lingvistikasida modellashtirish va analogiya metodlari




Download 78,05 Kb.
bet7/14
Sana29.12.2020
Hajmi78,05 Kb.
#13002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
N is р N

Noun is Preposition Noun

Ot is predlogli ot

John is in bed

6.

N is D

Noun is Adverb

Ot is ravish

John is out

7.

NisA

Noun is Adjective

Ot is sifat

John is angry

Mazkur konstruksiyalarda N (Ot) turli xil determinatorlar (masalan, artikl, olmosh) hisobiga, V (Fe’l) ravishlar, adverbial (ravishli) birikmalar hisobiga kengayishi mumkin. Ushbu yadro konstruksiyalarning bir-biri bilan yoki turli transformatsiyalar asosida birikishi natijasida ingliz tilida boshqa turdagi gaplar hosil qilinishi mumkin. Masalan, The old man saw a black dog there jumlasi uchta yadro strukturaning yig‘indisi sanaladi: 1) The man saw a dog there; 2) The man was old; 3) The dog was black.

Generativ grammatikada yadro strukturalardan (operandlar) turli shakliy o‘zgarishlar asosida asosiy ma’noni saqlagan holda ikkilamchi sintaktik qurilmalarning hosil qilinishi (transformatsiyalar = transformalar), bu jarayondagi vositalar (operatorlar) va transformatsiya hosil qilish modellari tadqiq etiladi. Masalan, Salim keldi - Salimning kelishi - Salim kelgach - Salim kelganda - Salim kelishi bilan...; Anvar xatni yozdi - Xat Anvar tomonidan yozildi. Ushbu misollarda transformatsiya uchun asos bo‘lgan gap (Salim keldi yoki Anvar xatni yozdi kabi gaplar) operand, transformatsiya natijasi bo‘lgan hosila gap (Salim kelgach, Salim kelib yoki xat Anvar to­monidan yozildi kabi sintaktik strukturalar) transforma yoki transformand, operanddan transformandni hosil qiluvchi vosita (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi yoki majhul nisbat shakllari) transformatsiya operatori deb ataladi.

Transformatsion grammatika matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, transformatsion grammatika tabiiy tillarning grammatikasini formallashtirish nazariyasi negizlarini yaratishga asos bo‘ldi. Ikkinchidan, transfor­matsion grammatika avtomatik tarjima tizimining nazariy asosi sanaladi. Transformatsiya va derivatsiya jarayonlarining tabiiy tillarga faol tatbiq etilishi avtomatik tarjima samaradorligini ta’minlaydi. Uchinchidan, trans­formatsion grammatika til o‘qitishni modellashtirishda ham muhim ahamiyatga molik. To‘rtinchidan, transformatsion grammatika tabiiy tillardagi paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning me’yoriyligi va grammatik to‘g‘ri va noto‘g‘ri jumlalarni ajratishning aniq mezonlarini belgilaydi.



N.Chomskiy tavsiya etgan grammatikada gaplarni «tug‘dirish» (hosil qilish) uchun o‘rin almashtirish qoidalaridan foydalaniladi. Chap qismda gapning struktur komponenti simvollari joylashadi, o‘ng qism esa ularning simvollari o‘rniga almashuvchilar yoki simvollar zanjiri (birikuvi)dan ibo- rat bo‘ladi. Quyidagi jadvalda ingliz tili uchun ayrim gapning struktur komponenti simvollari ko‘rsatilgan:





Download 78,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 78,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter lingvistikasida modellashtirish va analogiya metodlari

Download 78,05 Kb.