grammatika (context-sensitive grammar) - kontekstga bogiiq grammatika bo‘lib, bunda simvollar zanjiri kontekst bilan aniqlanishi mumkin. Bu grammatika tabiiy tillar unsurlarining generatsiyasida faol qo‘llaniladi.
grammatika (context-free grammar) - kontekstga bog‘lanmagan grammatika bo‘lib, u programmalashtirish tillari unsurlarining generatsiyasida (ifodalar, buyruqlar tizimida) ishlatiladi.
4.3 grammatika (regular grammar) - regular grammatika deb ataladi, u juda sodda va cheklangan grammatika bo‘lib, tilning sodda unsurlari uchun ishlatiladi (miqdor, konstantalar, o‘zgaruvchilar uchun).
Formal grammatikada 2 ta tushuncha asosiy: a) generation - tug‘dirish, hosil qilish, porojdeniye; b) recognition - tanish, bilish, raspoznavaniye. Shunga ko‘ra, grammatika 2 ga bolinadi: 1) tug‘dirish grammatikasi (generative grammar) - tog‘ri gaplarni qabul qilish protsedurasi; 2) tushunuvchi, tanuvchi grammatika (recognizing grammar) - to‘gri gaplarni tushunish protsedurasi.
Demak, grammatika tilning asosida yotuvchi shunday ichki strukturaki, uni har bir til tashuvchisi intuitiv ravishda his qiladi va undan g‘ayrishuuriy tarzda foydalanadi. Sir emaski, har bir inson o‘z ona tili grammatikasini bolaligidanoq o‘zlashtiradi. Bu jihatlar esa grammatikani formallashtirish masalasi juda murakkab ekanligini tasdiqlaydi. Grammatikani ideal darajada tavsiflovchi qoidalar sistemasining mavjud emasligi, har qanday tavsiya etilayotgan model nomukammal ekanligi xususida mashhur tilshunos olim K.Fossler shunday yozadi: «Grammatikani fonetika, morfologiya va sintaksisga bo‘lish hech kimga sir emas. Tilni uning shakllanish jarayoni ichida emas, balki uning o‘z holati ichida o‘rganish zarur. Uning ustida anatomik operatsiya o‘tkaziladi. Jonli nutq gaplarga, gap bo‘laklariga, so‘zlarga, bo‘g‘inlarga va tovushlarga ajratib chiqiladi. Ushbu metod to‘liq o‘zini oqlaydi va ahamiyatga molik natijalarga olib borishi mumkin, biroq shu bilan birga xatolarning manbai hisoblanishi ham mumkin. Xatolar ajratilgan bo‘linishning nutq organizmi uchun asos bo‘lishini da’vo qilingan paytda boshlanadi, aslida bu bo‘linish insonning ixtiyoriga bog‘liq ravishda mexanik va majburiy tarzda parchalash edi. Mazkur holat anatomiyadagi holatni eslatadi: anatom o’zining yorish, kesish ishlarini albatta o‘zboshimchalik bilan asossiz amalga oshirmaydi, i o‘ziga birmuncha qulaylik tug‘diruvchi joylarni tanlab oladi. Xuddi sliuningdek grammatist ham nutqni tovush, bo‘g‘in, asos, qo‘shimcha kabilarga ajratislida tabiiy bo‘Imagan, lekin o‘ziga qiday yo‘ldan boradi».1
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, shu kungacha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan barcha grammatik modellar o‘ta shartli va nisbiydir. Keltirilgan barcha modellar - gap boiaklari modeli ham, bevosita ishtirokchilar modeli ham, tobelik daraxti modeli ham, transformatsion va generativ grammatika modeli ham mutlaq va benuqson emas. Ularning hammasi til va nutq strukturasining qaysidir aspektlarini aks ettiradi, xolos. Murakkab sistema hisoblangan tilning barcha qirralarini formallashtirishning imkoni yo‘q, bunda muayyan cheklovlar mavjud (ayniqsa, tilning semantik aspektida). Bu xususda nemis olimi 1931-yilda K.Gedel shunday yozadi: «Yetarli darajada mazmunga boy nazariya formallashtirilsa, bu nazariyani formal tizimda to‘la aks ettirish mumkin emas. Bunda aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qoladi».1 Demak, har qanday formallashgan model til grammatikasining butun qirralarini qamrab ololmaydi.
|