Kompyuter savodxonligi




Download 348,1 Kb.
bet50/81
Sana17.01.2024
Hajmi348,1 Kb.
#139448
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
Bog'liq
Kompyuter savodxonligi

Chizma yaratish.
Wordda chizma yaratish uchun bosh menyuning Vstavka (Joylash) bo‘limidan
Risunok (Rasm) bandidagi Sozdat risunok (Rasm yaratish)ni tanlash kerak.
Natijada ekranda to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi maydoncha hosil bo‘ladi va unga
turli tayyor geometrik shakllarni joylashtirib, vektor grafikasi asosida chizma
tayyorlash mumkin:
Bunda ekranda paydo bo‘lgan Risovanie (Rasm chizish)
uskunalar panelidan foydalanish mumkin. Odatda bu
panel ekranning pastki qismida paydo bo‘ladi.
Uning Risovanie (Chizish) tugmasi asosiy chizish
amallari joylashgan menyuga yo‘l ochadi. Avtofigurы
(Tayyor shakllar) tugmasi mavjud geometrik
shakllarni tanlashga imkon yaratadi. 3-tugma yordamida to‘g‘ri chiziq kesmasini, 4-
tugma yordamida paykon shaklidagi kesmani, 5-tugma bilan to‘g‘ri to‘rtburchakni, 6-
tugma bilan aylana va ellipslarni chizish mumkin. 7-tugma rasmga matn kiritish
uchun, 8-tugma matnni geometrik shaklda tasvirlash uchun xizmat qiladi. 9-, 10- va
11-tugmalar hujjatga mos ravishda diagramma, tasvir va rasm kiritishga xizmat
qiladi. 12-, 13- va 14-tugmalar mos ravishda qog‘ozning, chiziqlarning va matnning
rangini tanlashga yordam beradi. 15-, 16- va 17-tugma yordamida chiziqlarning
qalinligi, ularning va uchlarining turlari o‘zgartiriladi. Oxirgi ikki tugma
geometrik shakllarga soya berish va ularni qavariq ko‘rinishda tasvirlash uchun
ishlatiladi.
Rasm chizish panelida asosiy geometrik shakllar keltirilgan bo‘lib,
ularning qolganlarini panelning Avtofigurы (Tayyor shakllar) bandidagi menyu
orqali chaqirish mumkin. Ularning ko‘pchiligi quyidagi rasmda keltirilgan.
Ular orasida chiziqlar alohida o‘rin egallaydi. Geometrik shakllar ma’lum
sohani egallaydilar va bu sohani biror rang bilan bo‘yash mumkin. Ulardan farqli
o‘laroq, chiziqlar (yopiq chiziqlardan tashqari) ekranda biror sohani egallamaydilar
va ular uchun sohani bo‘yash (Zalivka) va sohani shaffof qoldirish (Net zalivki)
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19
81
kabi amallarning ma’nosi yo‘q. Lekin Wordda bunday chiziqlarning uchlari birbiri bilan ko‘rinmas chiziq yordamida birlashtiriladi va ular ham ma’lum bir
sohani egallaydilar.
Chizish panelining Avtofigurы (Tayyor shakllar) menyusining Linii
(Chiziqlar) bo‘limidan chap past burchagidagi Krivaya (Egri chiziq)ni tanlaymiz.
Sichqonni uning boshi turadigan joyga olib kelib chertamiz, so‘ngra burilish
nuqtalarining har birida sichqonni chertib chiqib, oxirida ikki marta chertamiz.
Hosil bo‘lgan chiziq ustiga sichqonni olib kelib, o‘ng tugmasini chertamiz, paydo
bo‘lgan kontekst menyudan Format avtofigurы bandini tanlaymiz. Paydo bo‘lgan
muloqot oynasida sveta i linii (Ranglar va chiziqlar) jildini tanlab, shablon
(qolip)dan chiziqlarni, tolщina (qalinligi)dan chiziq qalinligini 1,5 punkt
qilib, nachalo (boshi) va kones (oxiri)dan bir uchini to‘mtoq, ikkinchisini o‘q-yoy
kabi uchli qilib tanlaymiz. Natijada chiziqning ko‘rinishi o‘zgaradi.
82

Download 348,1 Kb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




Download 348,1 Kb.