• Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
  • Tekshirish uchun savollar




    Download 348,1 Kb.
    bet51/81
    Sana17.01.2024
    Hajmi348,1 Kb.
    #139448
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81
    Bog'liq
    Kompyuter savodxonligi

    Tekshirish uchun savollar
    1. Matn muharrirlari nima vazifani bajaradilar?
    2. Wordni qanday usullarda ishga tushirish mumkin?
    3. Wordning tashqi ko‘rinishi qanday qismlardan iborat?
    4. Wordning Bosh menyusi nima vazifani bajaradi?
    5. Wordning uskunalar paneli nima vazifani bajaradi?
    6. Wordning qanday uskunalar panellari bor?
    7. Wordning tashqi ko‘rinishini qanday qilib o‘zgartirsa bo‘ladi?
    8. Wordda fayllar bilan ishlash uchun qanday amallar ko‘zda tutilgan?
    9. Bosh menyuning Fayl bo‘limida qanday farmoyishlar o‘rin olgan?
    10. Wordda yaratilgan hujjat nimadan tarkib topadi?
    11. Word hujjatiga nimalar kiritish mumkin?
    12. Hujjat bo‘ylab qanday harakatlanish mumkin?
    13. Hujjatning vertikal surgichi yonida qanday tugmalar joylashgan?
    14. Hujjatdan qanday qilib bo‘lak ajratiladi?
    15. Matnni tahrir qilishning qanday farmoyishlari mavjud?
    16. Bosh menyuning Tahrirlash bo‘limida qanday farmoyishlar joylashgan?
    17. Matn bo‘lagi qanday qilib yangi joyga ko‘chiriladi?
    18. Matnga qanday shakl berish farmoyishlari bor?
    19. Bosh menyuning shakl berish bo‘limida qanday farmoyishlar bor?
    20. Wordda qanday turdagi tasvirlar bilan ishlash mumkin?
    21. Hujjatga tasvir qanday qilib kiritiladi?
    22. Tasvirni sozlash panelidan qanday uskunalar o‘rin olgan?
    23. Rasm chizish panelidan qanday tugmalar o‘rin olgan?
    24. Tayyor shakllarning qanday turlari mavjud?
    83
    Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar.
    1. MS Wordda matnni tahrir qilish. Quyidagi matnni kiriting.
    1-bob. Kompyuterda ishlash asoslari
    1. Kompyuter bilan tanishuv
    1.1.1. Texnika xavfsizligi qoidalari va sanitariya-gigiena talablari
    Informatika xonasida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘diruvchi
    omillarga:
    elektr toki urishi; yong‘in chiqish xavfi;
    yuqori chastotali va lazer nurlanish manbalari mavjudligi;
    o‘ta zaharli moddalardan zaharlanishlar kiradi.
    Elektr tokidan foydalanish qoidalari
    Elektr toki elektr zaryadlarining harakati bo‘lib, elektr zaryadlarining bir
    turdagi manbasidan ikkinchi tur manbasi tomon harakatlanishidan vujudga keladi,
    deb qabul qilingan. Tabiatdagi barcha narsalarda, xususan, inson organizmida ham
    elektr zaryadlari mavjud bo‘lib, ular o‘zaro muvozanatda turadi va hayot uchun hech
    qanday xavf tug‘dirmaydi.
    1) Matnni to‘liq ajratib oling va uning shriftini Panda Times Uz ga
    o‘tkazib, o‘lchamini 14 ga aylantiring.
    2) 1-satrni ajratib oling. Uning matnini bosh va yo‘g‘on harflarga o‘tkazing.
    Matnni satr markaziga joylashtiring.
    3) 2-satr boshiga o‘ting va u yerga «§» timsolini joylang. Matnni ham bosh va
    yo‘g‘on harflarga o‘tkazing.
    4) 2- va 3-satrlarni ajratib oling, ularni yo‘g‘on harflarga o‘tkazing va
    matnni markazga joylashtiring.
    5) Qolgan barcha matnni ajratib olib, ikki tomondan tekislang.
    6) Matnning 5-8-satrlarini ajratib oling va ularni raqamlangan ro‘yxatga
    aylantiring.
    7) Abzaslarning birinchi satri boshini 1 sm o‘ngga suring.
    8) Topish va almashtirish farmoyishi yordamida elektr so‘zini elektr so‘ziga
    almashtirib chiqing.
    9) Hujjatni 1-mashq nomi bilan saqlab qo‘ying.
    2. MS Word da Risovanie (Chizma) uskunalar paneli bilan ishlash
    Word dasturiga kiring;
    • Uskunalar panellaridan Risovanie (Chizma) panelini tanlang;
    • Natijada oynaning pastki qismida maxsus chizish vositalari mavjud panel
    hosil bo‘ladi:
    Undagi uskunalardan foydalangan holda quyidagilarni yarating:
    84

    Download 348,1 Kb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   81




    Download 348,1 Kb.