|
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar paneli
|
bet | 54/81 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 348,1 Kb. | | #139448 |
Bog'liq Kompyuter savodxonligiBu sahifa navigatsiya:
- Excel
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar paneli.
Tahrirlash (formatirovanie) uskunalar panelining ko‘rinishi quyidagicha:
Paneldagi tugmalar vazifalari quyidagicha:
Bu tugma kataklardagi sonlarni pul formatiga o‘zgartiradi, ya’ni agar
katakda 12 soni bo‘lsa, bu sonni 12$, 12 so‘m, 12 rubl va hokazo ko‘rinishga
o‘zgartiradi.
Bu tugma katak(lar)dagi sonlarni foiz ko‘rinishida ifodalaydi, masalan,
0,12 o‘rniga 12% yoki 12 o‘rniga 1200%.
Bu tugma katakdagi (kataklar diapazonidagi) sonning butun qismini ajratib
oladi.
Bu tugma butun bo‘lmagan sonlardagi verguldan keyingi raqamlar xonalarini
bittaga kamaytiradi.
Bu tugma esa yuqoridagisining aksi bo‘lib, butun bo‘lmagan sonlardagi
verguldan keyingi raqamlar xonalarini bittaga ko‘paytiradi.
Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismi chetidagi bo‘sh joyni
(hoshiyani) kamaytiradi.
Bu tugma ishchi kitobning chop etiladigan qismi chetidagi bo‘sh joyni
(hoshiyani) kamaytiradi.
Bu tugma kataklarning chegaralarini turlicha (talabingizga qarab) chizadi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni chap tomondan
tekislaydi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa
ma’lumotlarni o‘ng tomondan tekislaydi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matnni va boshqa
ma’lumotlarni markaz bo‘yicha tekislaydi.
Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi
ma’lumotlar shriftini belgilaydi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi ma’lumotlar shrifti
o‘lchamini o‘zgartiradi (kattalashtiradi yoki kichiklashtiradi).
Mazkur tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni
yo‘g‘onlashtiradi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi harflarni
qiyalashtiradi.
Bu tugma kataklardagi yoki kataklar diapazonidagi matn ostiga chiziq
tortadi.
90
Excel dasturini bir necha usul bilan ishga tushirish mumkin:
Pusk/Programmы/Microsoft Excel (Boshla/Dasturlar/Microsoft Exsel).
Excelda yozilgan ixtiyoriy hujjatni ochish yordamida.
«Pusk» / «Sozdat dokument Office» / «Novaya kniga»/ OK Boshla / Ofis
hujjatini yaratish / Yangi kitob / OK.
Natijada dastur oynasi hosil bo‘ladi:
Bu oyna bir nechta tarkibiy qismdan iborat:
Dastur va joriy hujjat nomini o‘ziga olgan qator (bosh qism, sarlavha);
Menyu;
Standartnaya (Standart) uskunalar paneli;
Formatirovanie (Formatlash) uskunalar paneli;
Joriy katak manzili va formula kiritish satri;
Elektron jadval
Joriy sahifa nomi, uni tanlash va jadval surgichlari
Holat satri.
Katakka ma’lumot kiritilganidan keyin Enter tugmasi bosiladi va
ko‘rsatkich keyingi katakka o‘tadi. Agarda katakning ichiga kiritilgan ma’lumotni
o‘zgartirish kerak bo‘lsa, F2 funksional tugmasini bosish kerak. Katak ichiga
kiritiladigan ma’lumotning ko‘rinishi, shakli, rangi, shrifti, o‘lchami, uning
chegarasi va turini belgilash uchun CTRL+1 qo‘shtugmadan yoki «Format»
menyusidagi kataklar «Yacheyki…» buyrug‘idan foydalanish kerak. Natijada
quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
91
Bu Format yacheek (Kataklar formati) oynasi bir nechta jilddan iborat:
Chislo (Son) – kiritiladigan sonlarning ko‘rinishini tanlash uchun;
Vыravnivanie (Tekislash) – katak ichiga kiritiladigan ma’lumotlar
shaklini va uslubini ko‘rsatish uchun;
Shrift – katakka kiritiladigan matn shrifti, rangi, o‘lchami va boshqa
xususiyatlarini ko‘rsatish uchun;
Granitsa (Chegaralar) – katak chegaralarini o‘rnatish, ular qalinligi va
qo‘llaniladigan chiziq shaklini tanlash uchun;
Shuni ta’kidlash joizki, Excel dasturining elektron jadvalidagi
chegaralari printerdan chop etilmaydi. Buning uchun foydalanuvchining o‘zi chop
etiladigan jadvalga chegara o‘rnatishi lozim.
Ma’lumotlarni bir-biridan ajratish va farqlanishi uchun ularni boshqa
shriftda, o‘lchamda, rangda va fonda kiritish mumkin.
Masalan:
92
Agar zarurat bo‘lsa, bir nechta kataklarni birlashtirish ham mumkin. Buning
uchun ularni belgilab uskunalar panelidagi Kataklarni birlashtirish
(Ob’edinenie yacheek) tugmasini tanlash kerak.
|
| |