• Excel
  • Noto‘g‘ri kiritilgan formula To‘g‘ri kiritilgan formula
  • Microsoft Excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash




    Download 348,1 Kb.
    bet55/81
    Sana17.01.2024
    Hajmi348,1 Kb.
    #139448
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
    Bog'liq
    Kompyuter savodxonligi

    8.2. Microsoft Excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash.
    Excel kataklariga uch xil ma’lumotlar kiritish mumkin:
    Matnli ma’lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o‘z ichiga oladi;
    Sonli ifodalar – bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlar;
    Formulalar – kiritilgan sonli qiymatlar bo‘yicha yangi qiymatlarni
    hisoblaydigan ifodalar.
    Ulardan birinchi ikkitasi bevosita jadval katagiga kiritilishi mumkin.
    Formulalar esa maxsus formulalar satriga kiritiladi. Formulalar har
    doim «=» belgisini qo‘yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan
    so‘ng shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo‘ladi.
    Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o‘zgartirilsa,
    dastur avtomatik tarzda yangi ma’lumotlar bo‘yicha hisoblash ishlarini bajaradi va
    yangi natijalar hosil bo‘ladi. Excel dasturida hisob-kitoblarni olib borishda,
    iloji bo‘lsa, ma’lumot joylashgan katakni ko‘rsatishga harakat qilish kerak.
    Masalan:
    Excel dasturida mavjud standart arifmetik, statistik va boshqa turdagi
    funksiyalardan foydalanish mumkin. Birorta funksiya yoki (arifmetik, matematik
    va hokazo) amalni hisoblashdan oldin asos bo‘ladigan qiymatlarni kiritish lozim.
    Bundan keyin esa ular ustida funksiya va amallarni bajarish mumkin bo‘ladi.
    Kerakli sonlar (qiymatlar) jadvalga kiritilganidan keyin, Standartnaya
    (standart) uskunalar panelidan Vstavka funksii (Funksiyani joylash)
    uskunasini tanlaymiz.
    Natijada quyidagi oyna hosil bo‘ladi:
    Noto‘g‘ri kiritilgan formula To‘g‘ri kiritilgan formula
    93
    U ikkita qismdan iborat:
    Kategoriya – funksiya turlari guruhi. U quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
    10 nedavno ispolzovavshixsya (Oxirgi qo‘llanilgan o‘nta) – oxirgi 10 ta
    qo‘llanilgan funksiya ro‘yxati;
    Polnыy alfavitnыy perechen – to‘liq funksiyalar ro‘yxati;
    Finansovыe (Moliyaviy) – moliyaviy funksiyalar ro‘yxati;
    Matematicheskie (Matematik) – matematik funksiyalar ro‘yxati;
    Statisticheskie (Statistik) – statistik funksiyalar ro‘yxati.
    Funksiya – funksiyani tanlash qismi. Masalan, Matematicheskie
    (matematik) guruhi quyidagi funksiyalarni o‘ziga olgan:
    ABS – sonning absolyut qiymatini hisoblash;
    ACOS – sonning arkkosinusini hisoblash;
    ACOSH – sonning giperbolik arkkosinusini hisoblash;
    ASIN – sonning arksinusini hisoblash;
    SIN sonning sinusini hisoblash;
    COS – sonning kosinusini hisoblash;
    ATAN – sonning arktangensini hisoblash;
    EXP – sonning eksponentasini hisoblash;
    LN – sonning natural logarifmini hisoblash;
    TAN – sonning tangensini hisoblash;
    Koren (Ildiz) – sonning ildizini hisoblash;
    Seloe (Butun) – sonni butun songa aylantirish;
    Summa (Yig‘indi) – bir nechta sonlar yig‘indisini hisoblash;
    Proizved (Ko‘paytma) – bir nechta sonlar ko‘paytmasini hisoblash.
    Kerakli funksiyani tanlaganimizdan keyin 2-chi bosqich oynasi hosil
    bo‘ladi:
    u yerda biz son (Chislo) satrida hisoblanadigan son(lar) manzil(lar)ini
    ko‘rsatib, OK tugmasini bosamiz.
    94

    Download 348,1 Kb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




    Download 348,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Microsoft Excel dasturida formula va funksiyalar bilan ishlash

    Download 348,1 Kb.