|
Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechanization of poultry farms
|
bet | 1/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.org
Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechanization of poultry farms
ISBN 978-9943-4088-07
UDK: 636.59(075)
KBK40.715
A 49
Oliy va о 'rta maxsus, kasb-hunar ta ‘linii о ‘quv metodik birlashmalarfaoliyatini
muvofiqlashtiruvchi Kengash nashrga tavsiya etgan
Taqrizchilar:
Toshkent viloyati o‘rta maxsus kasb-huuar ta’limi boshqarmasi
boshlig‘ining muovini, p.f.n. Ximmataliev D.O.
Toshkent davlat agrar universiteti «Umumiy texnika fanlari» kafedrasi
dotsenti, t.f.n. Xaydarov E.A.
Alijanov, D. va boshq.
Parrandachilik xo'jaliklarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlash- tirish. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. / D. Alijanov, A. Voxidov, Sh. Suvonkulov. - T.: «Davr nashriyoti». - 208 b.
O‘quv qo‘llanniada parrandachilik xo'jaliklarida zamonaviy mahsulot yetishtirish texnologiyalari, texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan mashina va qurilmalaming vazifalari, tuzilishi, ishlash prinsipi, ulardan to‘g‘ri va unumli foydalanish qoidalari, texnologik jarayonlami loyihalash va texnika vositalarini tanlash asoslari keltirilgan.
UDK: 636.59(075) KBK 40.715 A 49
ISBN 978-9943-4088-0-7
© «Davr nashriyoti», 2012.
KIRISH
Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan biri boiib,
mahsulotlar ishlab chiqarishdagi ulushi 46,5 foizga teng, oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Sut, go‘sht va tuxum
mahsulotlari inson organizmida kerakli boigan barcha hayotbaxsh oziq
moddalari bilan ta’tninlaydi. Jun, tivit va teri esa sifatli kiyim-kechak
hamda oyoq kiyimlar tayyorlashda bebaho xomashyo hisoblanadi.
Iste’mol qilinayotgan sut va go‘sht mahsulotlarining asosiy qismi xorijiy
davlatlardan olib kelinmoqda. Respublikamizda ham ushbu mahsulotlar
bilan ta’minlash borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
0 ‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirishga har doim e’tibor
berilgan. Yurtboshimiz I.A.Karimovning ≪Shaxsiy yordamchi, dehqon
va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida≫gi №308, №842 va boshqa qarorlar hamda
≪Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 0 ‘zbekiston sharoitida uni bartaraf
etish yoilari va choralari≫ asarida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillami amalga
oshirish o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. 2006-2010-yillarga
moijallangan Dasturlaming bajarilishi chorvachilik, baliqchilik va
asalarichilikni rivojlantirish bilan bir qatorda parrandachilikni ham
rivojlantirdi.
Respublikada 2010-yilda parrandachilikni rivojlantirish va yirik sanoat
parrandachilik korxonalarini imkoniyatlaridan toiiq foydalanish
hamda Respublika ≪Parrandachilik≫ uyushmasini faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida 2010-yil 15-fevralda Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan
yigilish bayonining 1-ilovasida 2010-yilda: - parrandalar bosh
sonini 42 mln 933 ming boshga yetkazish yoki 30 foizga ko‘paytirish; -
tuxum ishlab chiqarishni 3 mlrd 530 mln donaga yetkazishni yoki 30
foizga oshirishni ta’minlash; - Respublikaning har bir tumanida 5-10 boshga mo‘ljallangan 3-5 tadan parrandachilik fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va ulami negizida qo‘shimcha 4740 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish; - zamonaviy texnologik jihozlar bilan jihozlash; - Respublikada parrandachilik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari, sanoat korxonalari faoliyatiga amaliy yordamni kuchaytirish maqsadida respublika parrandachilik uyushmasi faoliyatini qaytadan tashkil etish, mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash masalasi qo‘yilganligi hozirgi kunda aholini chorvachilik mahsulotlari bilan ta’minlashda parrandachilikning katta ahamiyatga ega ekanligini va dolzarbligini bildiradi.
Bu muammolar yechimining asosiylaridan biri, sohaga yangi, ilg‘or texnologiyalami tadbiq etish, zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlash, texnologik jarayonlami mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashdan iboratdir.
Mazkur o‘quv darsligi «Qishloq va suv xo‘jaligi» bilim sohasining 3620600-Zootexniya tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilarga «Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish» fani bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozildi. Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish fanining maqsadi parrandachilik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilarga parrandachilikda ishlatiladigan mashina va qurilmalarning vazifalari, turlari, tuzilishi, ishlash prinsipi, rostlanishi va ulardan foydalanishni o'rgatish va shu soha bo‘yicha yetarli bilimga ega bo‘lishdan, malakaviy amaliy ko’nikmalar olishdan iborat. Fanni o‘rganishda mavjud mashinalar sinfining ish jarayonlari, ulaming afzalliklari va kamchiliklarini o‘zlashtirish, tahlil etish bilan birga boshqa sinfdagi yangi zamonaviy mashinalar tizimini ham mustaqil ravishda o'rganish nazarda tutilgan.
Parrandachilik xo'jaliklarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish fanining vazifalari quyidagilardan iborat: parrandachilikni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish jarayonlarining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati; mashina va qurilmalarning vazifalari, turlari, rusumlari, tuzilishi va ishlash jarayonlarini o‘rganish; parrandachilikda mexanizatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlarini tahlil etish va bu jarayonlar uchun ishlatiladigan mashina-qurilmalar tizimini bilish; har bir texnologik jarayon uchun kerakli mashina va qurilmalami tanlash va xo‘jalik sharoiti uchun mos ravishda ulaming tizimini va tarkibini
hisoblash; mashina va qurilmalarning ish jarayonida uchrashi mumkin
bo‘lgan kamchiliklami o‘rganish, uni bartaraf etish va oldini olish;
mustaqil ravishda parrandachilik xo‘jaliklarida ishlatiladigan mashina
qurilmalarning benuqson va xavfsiz ishlashini tashkil etish; yangi
zamonaviy texnika va texnologiyalami fermalardagi ishlab chiqarish
|
| |