|
Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechanization of poultry farms
|
bet | 7/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.orgUzatmalar. Energiya manbayi bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘ida joylashib, ulami o‘zaro bogftovchi hamda harakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deyiladi.
Mashinasozlikda mexanik, elektrik, pnevmatik va gidravlik uzat- malardan foydalaniladi.
Tasmali, arqonli, friksion uzatmalarda energiya va harakat ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi.
Tishli, zanjirli, chervyakli, vintli, planetar, kardanli va elastik valli uzatmalarda harakat kinematik juft zvenolarining o‘zaro ilashishi orqali uzatiladi.
Gidravlik va pnevmatik (1.6-rasm) uzatmalarda energiya va harakat mos ravishda suyuqlik yoki siqilgan havo vositasida uzatiladi.
Tasmali uzatmalaming eng oddiysi yetaklovchi va yetaklanuvchi shkiv 3 dan va ularga taranglik bilan kiydirilgan tasma 1, 2 dan tuzilgan boTadi. Tasmalar ko‘ndalang kesimining yuzasiga ko‘ra yassi, ponasimon va tishli boTishi mumkin. Tasmaning tarangligi vallar orasidagi masofani o‘zgartirish yoki taranglovchi rolik 5 dan foydalanish orqali ta’minlanadi. O‘zaro perpendikular vallarda harakat uzatishda sxemaga yo‘naltiruvchi roliklar 6 kiritiladi.
Tasmali uzatmaning uzatish soni
,
bu yerda: - yetaklovchi shkiv diametri;
D2 - yetaklanuvchi shkiv diametri.
Yetaklanuvchi val aylanish tezligini rostlash, ya’ni o‘zgaruvchan uzatish sonini olish lozim bo‘lgan hollarda variatorlardan foydalaniladi.
Amalda yassi va ko‘proq ponasimon tasmali variatorlardan foydalaniladi.
Zanjirli uzatma tishli ikkita yulduzcha va ularga kiydirilgan zanjirdan
iborat boiadi. Murakkab konturli zanjirli uzatmalarda bir vaqtda bir necha
valga harakat uzatiladi. Zanjiming tarangligi vallar orasidagi masofani
o‘zgartirish orqali rostlanadi (1.7-rasm).
Zanjirli uzatmaning uzatish soni:
,
n.
bu yerda: ирn2-yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar aylanishlari soni;
zpz2 - yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzcha tishlari soni.
Zanjirli uzatmalar qishloq xo'jaligi mashinalarida, transportda, dastgohsozlikda hamda ko‘tarish-tashish mashinalarida tasmali uzat- malaridan foydalanish yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan hollarda ishlatiladi.
|
| |