Tishli uzatmalar. Aylanma harakat bir valdan ikkinchi valga o‘zaro ilashgan tishli g‘ildiraklar vositasida uzatilsa bunday uzatmalar tishli uzatmalar deb ataladi. Tishli uzatmalar o‘qlarining joylashishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: silindrsimon, o‘qlari o‘zaro parallel, konussimon. o‘qlari o‘zaro perpendikular, vintli, o‘qlari o‘zaro ayqash joylashgan (1.8-rasm).
1.8-rasm. Tishli uzatmalar:
a - silindrik to‘g‘ri tishli; b - silindrik qiya tishli; d - shevron; e - silindrik to'g'ri tishli ichki ilashmali;/- konussimon to‘g‘ri tishli; g- konussimon egri tishli; h- ayqash o‘qli vintli uzatma; i -reshat uzatma.
IJJ-rasm. Differensial mexanizmi:
1 va 6- yarimo‘qlar; 2 -katta konussimon shestemya; 3 -satellit o‘qi; 4 va 8 - kichik konussimon shesternya-satellitlar; 5 - differensial qutisi; 7 va 9 - yarimo‘qlaming konussimon shestemyalari.
Planetar uzatmalaming tuzilishi ixcham, bir pog‘onada uzatish so- nining qiymati katta bo‘lganligi tu- fayli turli sohalarda ishlatilishi mum- kin. Masalan, dastgohlarda, avto- mobillarda aylanma harakatlamiqo‘shish, ayirish kerak bo'lgan hollarda avtomatik ravishda bu harakat- larni boshqarish uchun shuningdek, nisbatan katta bo‘lmagan quvvatlarni uzatish uchun hamda kinematik mexanizm sifatida ishlatilishi mumkin.
Differensial mexanizmi (1.11-rasm) - bu planetar mexanizmning bir ko‘rinishi bo‘lib, traktor va avtomobillar g‘ildiraklarini burish uchun mo‘ljallangan. Egri va notekis yo‘l bo‘ylab harakatda differensial burovchi momentni yarim o‘qlarning yetakchi g‘ildiraklari o‘rtasida tashqi g‘ildiraklaming aylanishiga qarshilik kuchning miqdoriga teskari proporsional ravishda taqsimlaydi. Differensial mexanizm mashina yetakchi g‘ildiraklarining bir vaqtning o‘zida turli tezliklar bilan
1.12-rasm. Motor-reduktor:
I - elektr dvigateli; 2 - reduktor; 3 va 4- tishli shesternyalar jufti.
avtomobibar, teplovozlar, samolyotlar, vertolyotlar, yuk ko’targichlar, transportyorlar va boshqalar kiradi.
Informatsion mashinalar ma’lumotlami qayta o’zgartirish uchun mo‘ljaHangan-
Sanoq yoki hisoblash mashinalari sonlar ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumotlami beradi (arifmometr, mexanik integrator va boshq.). Elek- tron hisoblash mashinalari aslida mashina emas, chunki unda mexanik harakatlar faqat yordamchi operatsiyalami bajarish uchun xizmat qiladi.
Mashina-avtomat yoki avtomatda energiya, materiallar, infor- matsiyalardagi barcha o‘zgarishlar odamning ishtirokisiz bajariladi. O‘zaro ketma-ket bog‘langan va aniq texnologik jarayonni bajarishga mo‘ljallangan mashina-avtomatlar majmuyi avtomatik liniyani tashkil qiladi. Mashina va ayniqsa mashina-avtomat to‘g‘ri qo'llanilganda inson mehnatini yengillashtiradi, ish unumdorligini oshiradi va ish jarayonining yuqori sifatda bajarilishini ta’minlaydi.
Agregat - bir necha mashina, qurilma va apparatlarning uzluksiz ish jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida bir butun qilib bog‘lanishi.
Odatda chorvachilikda qo’lianiladigan agregatlar (vitaminli o‘t unini tayyorlovchi AVM turidagi va boshqalar) avtomatik elementlar bilan jihozlangan. Katta ish unumdorligiga ega va yuqori malakali xizmat ko’rsatishni talab etadi.
Qurilma agregat kabi bir necha mashina, moslama va apparatlarning ma’lum vazifasini bajarishga mo'ljallangan o‘zaro birikmasidan iborat bo'ladi. Qurilmaning barcha mashina va moslamalari ko‘p hollarda bitta fundamentga (poydevor) o‘matiladi.
Parrandachilikda tuxam yig‘ishtirish qurilmalari, turli tipdagi dez- infeksiyalovchi ishlov beruvchi qurilmalari va boshqalar qo‘llaniladi.
|