• Birikma detallari
  • Podshipniklar
  • Mashina detallari, mexanizmlar va uzatmalar




    Download 246,9 Kb.
    bet5/49
    Sana19.12.2023
    Hajmi246,9 Kb.
    #123161
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
    Bog'liq
    Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.org

    1.4. Mashina detallari, mexanizmlar va uzatmalar
    Mashinalar va mexanizmlar uzatmalarga birlashtirilgan detallardan tuziladi.Detal - bu bir xil jinsli materialdan tayyorlangan buyum (yig‘ish operatsiyalarisiz payvandlash, kavsharlash, yelimlashdan foydalanishga ruxsat etiladi). Detallar birikmasi uzellami hosil qiladi. Uzellar va biriktiruvchi detallar mexanizmni tashkil etadi. Birikmalar esa ajratiladi- gan va ajralmaydigan turlarga bo‘linadi.
    Ajralmaydigan birikmalar, bu shunday birikmalarki, bunda mashina uzellarini ayrim qismlarga ajratish uchun, birikma elementlarini sindirish yoki ish yuzasini qayta ishlash zarur bo‘ladi. Parchin mixli, payvand hamda detallari o‘zaro tig‘izlik bilan o'tkazilgan birikmalar shunday birikmalar hisoblanadi.
    Rezbali, shponkali, shlisli birikmalar ajraladigan birikmalar bo‘lib, uzellar detallarga ajratilganda detallaming ishchi qismlarga shikast yetkazilmaydi. Ajratiladigan birikmalaming eng ko‘p tarqalgan turi rezbali birikmalardir. Rezbali birikma detallariga bolt, vint, shpilka, gayka, shayba, shtift, shplint va boshqalar kiradi (1.1-rasm).

    Bolt - bir uchida rezbasi ikkinchi uchida kallagi bo‘lgan sterjen. Vint - bir uchida rezbasi bo‘lgan, detallami o‘zaro bog‘lovchi yoki mahkamlovchi silindrik sterjen.

    1.1-rasm. Birikma detallari:

    a - biriktiruvchi; b - tutib turuvchi; 1 -gaykali bolt; 2 - vint; 3- shpilka; 4 - ponasimon shponka; 5 -prujinali shayba; 6- shlisli birikma; 7- pnijinali shayba; 8 - mahkamlovchi halqa; 9 - koronali gayka; 10 - shplint.

    Shpilka - ikkala uchida ham rezbasi boigan silindrik sterjen.

    Gayka - bolt, vint yoki shpilkaga burab kiritiladigan rezbali teshigi
    boigan detal.


    Shayba bolt yoki gayka kallagi tagiga o'matilib, o‘zaro biriktiriluvchi
    detallar yuzalari shikastlanishining hamda o'zgaruvchan kuch va moment
    ta’sirida rezbali birikmalar o‘z-o‘zidanburalib bo‘shashining oldini oladi.

    Shtiftlar silindrik yoki konussimon boiib, detallami o‘zaro biriktirish
    yoki mahkamlab o‘rnatish uchun ishlatiladi.


    Shplintlar bolt, shpilka teshiklariga, tirsakli val, gayka o‘yiqlariga
    o‘matiladi va ulaming o‘z-o‘zidan buralib bo‘shab ketishining oldini
    oladi. '

    Shponkalar - vallarga shkiv, shestemya, yulduzcha kabilami mahkamlash
    uchun ishlatiladigan detal. Shakliga ko‘ra prizmatik, segmentli,
    silindrsimon va ponasimon turlarga boiinadi.

    Shlisli birikmalar ko‘p shponkali birikmalar kabi boiib, ularda shlislar
    shponka vazifasini o‘taydi hamda biriktiriluvchi val va detail gupchagi
    tanasida yasaladi.

    Parchin mixlar - maium shakldagi kallagi boigan sterjenlar boiib,
    mashinalarda parchin mixli birikmalar hosil qilishi uchun ishlatiladi.
    Parchin mixlar poiat, aluminiy, jez, mis simlardan tayyorlanadi.

    Umumiy maqsadli detallar - barcha mashinalarda ko‘p uchraydigan
    bir turdagi detallar.


    Vallar va о ‘qlar mashinalarda tishli gildirak, shkiv, yulduzcha kabi
    aylanuvchi detallami o‘matish uchun ishlatiladi. Bir vaqtning o‘zida vallar
    aylanma harakatni uzatishda qatnashadi, o‘qlar esa harakat uzatishda
    qatnashmaydi. Ish jarayonida vallar burovchi va eguvchi kuchlanishlar
    ta’sirida, o‘qlar esa faqat eguvchi kuchlanish ta’sirida boiadi. Valning
    podshipniklarga tayanadigan qismi sapfa deyiladi. Tayanchlardagi ishqalanishning
    turiga ko‘ra dumalash va sirpanish podshipniklari boiadi
    (1.2-rasm).
    Sirpanish podshipniklari ajraluvchi va ajralmas turlarga boiinadi.
    Ajraluvchi podshipniklar korpus, antifriksion qoplamali ichqo‘yma va
    boltlardan iborat. Sirpanish podshipniklari ishchi yonuv dvigatellari
    tirsakli vallari podshipniklari sifatida keng tarqalgan.
    Qishloq xo‘jaligi mashinalarida dumalash podshipniklari keng
    tarqalgan. Sirpanish podshipniklariga nisbatan dumalash podshipniklari
    quyidagi afzalliklarga ega: dumalab ishqalanishga kam quvvat sarflanadi;
    oichamiari katta emas, sarflanadigan moy miqdori kam. Dumalash

    d) e) f) g}

    1.2-rasm. Podshipniklar:


    a - ajralmas sirpanish; b - ajraluvchi sirpanish; d - bir qatorli zoldirli; e -ikki qatorli zoldirli; f- rolikli; g -konussiman rolikli; 1 -korpus; 2 - moylash teshigi; 3 - vtulka;

    4- ajraluvchi vtulka; 5 - qopqoq; 6 - tashqi halqa; 7 - zoldirlar; 8 va 10- ichki halqalar;

    9 -qirqimli vtulka; 11 - taranglovchi gayka; 12 - sferik yuzali halqa.

    element! arming shakliga ko‘ra zoldirli, rolikli (silindrik yoki konussimon) turlarga bo‘linadi.


    Bir qatorli dumalash podshipniklari ichki va tashqi halqalar, separator hamda zoldir yoki roliklardan tuzilgan. Ta’sir etuvchi yuklanishning yo‘nalishiga ko‘ra dumalash podshipniklari radial, radial-tirak va tirak podshipniklarga bo‘linadi.
    Qishloq xo‘jaligi mashinalarining yurish qismida g‘ildiraklar ish- latiladi. G‘ildirak gupchak, disk va gardishdan tuziladi. Ko‘pgina qishloq xo‘jaligi mashinalarida (plug, seyalka va boshqa) silliq po‘lat gardishli g‘ildiraklar qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda past bosimli pnevmatik shinali g'ildiraklar keng tarqalgan.
    Mufta - ikkita val uchlarini yoki valning uchini boshqa val yoki o‘qda erkin joylashgan detal bilan bog‘lash uchun mo‘ljallangan qurilma. Muftalar doimiy biriktirilgan, ulovchi va maxsus turlarga boMinadi (1.3- rasm).
    Doimiy biriktirilgan muftalardan foydalanilganda mashinaning ishini to‘xtatmay turib, vallami bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Doimiy biriktirilgan muftalar qo‘zg‘almas muftalar va elastik muftalarga bo‘linadi.

    Qo‘zg‘almas muftalarga vtulkali va flanesli muftalar kiradi.


    Vtulkali muftalar ikkita aniq o‘matilgan vallami biriktirish uchun
    ishlatiladi. Ularda burovchi moment shponkalar, shlislar, shtiftlar yordamida
    uzatiladi. Montaj ishlarida va vallami o‘zaro bogiash va ajratishda
    vtulkani val bo‘ylab siljitiladi. Agar vallar yetarli darajada o‘qdosh
    boimasa, elastik, sharnirli yoki vtulka-barmoqli muftalar o‘matiladi.
    Elastik muftalar o‘qlar bir-biriga nisbatan siljigan vallami biriktirish
    uchun qoilaniladi. Elastik muftalarga vtulka-barmoqli mufta misol
    boiadi va uning elastik elementi metallmas materiallardan tayyorlanadi.
    Ulovchi muftalar ishni to‘xtatgan holda vallami bir-biriga ulash va
    ajratish imkonini beradi. Ularga ilashish asosida ishlaydigan (kulachokli,
    tishli) muftalar va ishqalanish asosida ishlaydigan (friksion) muftalar
    kiradi. Kulachokli muftalar ko‘ndalang sirtida ishlash uchun moijallangan
    tishlari bo‘lgan (kulachokli) ikkita yarim muftadan iborat. Ish jarayonida yarim muftalardan birining tishlari ikkinchisining tishlari orasiga kiradi. Yarim muftalaming biri valgama’lumtig‘izlikbilano‘tkaziladi va shponka vositasida mahkamlab qo‘yiladi, ikkinchisi val o‘qi bo‘ylab bemalol surila oladigan qilib, yo‘naltiruvchi shponka vositasida o‘matiladi.
    Boshqariladigan ulovchi muftalardan yana biri tishli muftalardir. Bu xil muftalar ikkita yarim muftalardan iborat bo‘lib, ulardan biri ichki tishli, ikkinchisi esa sirtqi tishli g‘ildirakka o‘xshash bo‘ladi. Tishli muftalar avtomobillar va traktorlar uzatmalar qutisining birlamchi va ikkilamchi vallarini biriktirish uchun ishlatiladi.

    Download 246,9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Download 246,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashina detallari, mexanizmlar va uzatmalar

    Download 246,9 Kb.