|
Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar
|
bet | 4/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.org1.3. Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar
va ularning xususiyatlari
Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar ish jarayoni davomida
ishonchli ishlashi hamda tannarxi arzon, texnologik jihatdan tayyorlash
oson boiishi kerak.
Asosiy mashinasozlik materiallariga qora, rangli va metallmas
materiallar kiradi.
Cho'yan. Bu temir (92% gacha), uglerod (2,14% dan 5% gacha) hamda kremniy (4,3% gacha), marganes (2% gacha), oltingugurt (0,07% gacha), fosfor (1,2% gacha) aralashmalaridan tashkil topgan.
Agar cho‘yandagi uglerod butunlay yoki qisman grafit ko‘rinishida bo'lsa, singdirilgan yuzasi kulrang bo'ladi, shuning uchun kulrang cho‘yan deb yuritiladi. Agar singdirilgan yuzasi oq rangda bo‘lsa oq cho‘yan deb yuritiladi.
Oq cho‘yan juda qattiq va mo‘rt bo‘lib, unga asbob bilan ishlov berish qiyin, asosan po‘lat eritish uchun ishlatiladi, shuning uchun ham qayta ishlanuvchan cho‘yan deb ataladi. Kulrang cho‘yan yaxshi quyiladi, nisbatan yumshoq asboblar bilan oson ishlov berish mumkin, yeyilishga yaxshi qarshilik ko‘rsata oladi.
Po'lat. Mashinasozlikda ishlatiladigan po‘lat materiallar uglerodli va legirlangan po‘latlarga ajratiladi.
Tarkibida ko‘pi bilan 0,6% (ayrim hollarda 0,85% gacha yetadi) uglerod bo‘lgan po‘latlarga konstruksion uglerodli po‘latlar deyiladi. Konstruksion uglerodli po‘latlar sifatiga ko‘ra oddiy va sifatli guruhlarga bo‘linadi.
Oddiy po‘latlar muhim bo‘hnagan qurilish konstruksiyalarini mahkamlash, detallar, parchin mixlar, relslar, vallar, kulachoklar va hokazolami tayyorlashda ishlatiladi,
Sifatli konstruksion uglerodli po‘latlarda oltingugurt miqdori 0,04% gacha, fosfor esa 0,35% gacha, 0,25% nikel, 0,35% gacha xrom bo‘ladi.
Sifatli konstruksion po‘lat materiallar texnikalarda ko‘p ishlatiladi. U oddiy po‘latdan mustahkamligi yuqoriligi hamda zarbali kuchlarga chidamliligi bilan farq qiladi.
O‘rtacha uglerodli po‘latlarga 40, 45, 50 markali po‘lat materiallar kiradi. Bunday po‘latlar mustahkamligi yoki sirtining qattiqligi yuqori bo‘lgan, shuningdek o'rtacha yuklangan, lekin ishqalanib yeyiladigan detallar tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Yuqori uglerodli po‘latning 55, 60, 70, 75, 80, 85 markalari mustahkamligi va qattiqligi yuqoriligi bilan ajralib turadi va prokat dastgohlarining vallarini, tros simlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Legirlangan po'lat/ar. Bu po‘lat materiallar tarkibida odatdagi aralashmalardan tashqari, uning xossalarini belgilovchi legirlovchi elementlar xrom, volfram, vanadiy, molibden, nikel, shuningdek, kremniy va marganes kabi elementlar bo‘ladi. Legirlangan po‘latlardan foydalanish metall sarfini kamaytirib, buyumning puxtaligini va uzoq
muddat ishlashini ta’minlaydi.
Rangli metallar. Mis, aluminiy, magniy, titan, qalay, qo‘rg‘oshin, nikel
rangli muhim metallardan hisoblanadi. Mashina detallari asosan ularning
qotishmalaridan tayyorlanadi.
Bronza. Misning qalay, aluminiy, nikel kabi elementlar bilan hosil
qilga^qotishmasi bronza deb ataladi. Tarkibiga ko‘ra qalayli va qalaysiz
bronzalar boiadi. Bronzalar yaxshi quymakorlik xossalariga ega, bosim
ostida va kesib yaxshi ishlov berish mumkin.
Ko‘pgina bronzalar korroziyaga bardoshligining yaxshiligi bilan
ajralib turadi, bundan tashqari ular antifriksion qotishma sifatida ham
keng koiamda ishlatiladi.
Aluminiy. Eng yengil konstruksion materiallardan biri boiib, sho‘r
suvlarda, atmosferada korroziyaga chidamliligi yuqoriligi bilan ajralib
turadi.
Elastikligi va elektr o‘tkazuvchanligi yuqori boiganligidan aluminiy
elektrotexnika sanoatida simlar, kabellar tayyorlashda, uning magniy, mis,
rux va boshqa metallar bilan hosil qilgan qotishmalarining mustahkamligi
yetarli darajada yuqori, zichligi kichik, texnologik xossalari yaxshi
boiganligi uchun asosan detallami tayyorlashda ishlatiladi.
Metallmas materiallar. Mashinasozlikda materiallaming o‘mini bosa
oladigan yuqori darajadagi fizik-mexanik xossalarga ega boigan polimer
materiallami qoilash muhimdir. Plastmassalar metallmas materiallar
boiib, tabiiy va sintetik materiallar asosida olinadi va ulardan plastik
deformatsiyalash usullarida detallar tayyorlanadi.
Plastmassalar bir necha guruhga boiinadi: detallar tayyorlashda
ishlatiladigan konstruksion plastmassalar; termoreaktiv smolalardan
iborat kompozitsiyalar; agressiv muhitda ishlaydigan detallar uchun
qoilaniladigan korroziya bardosh plastmassalarga kiradigan ftoroplastlar
va polixlorvinillar; issiqlikni o‘tkazmaydigan asbotekstolit va
shishatekstolit plastmassalar; qistirma zichlama bob plastmassalar;
slektroizolatsion getinaks, ftoroplast materiallar; friksion asbo-tekstolitlar;
antifriksion, yorugiik o‘tkazadigan va boshqa turlarga boiinadi [16].
Rezina - bu tabiiy va sun’iy sintetik kauchukning kimyoviy o‘zgarishi
'vulkanizatsiya qilingan) natijasida hosil boigan mahsulot boiib, u yuqori
ilastik, yeyilishga chidamlilik, elektroizolatsion xossalarining yaxshiligi,
dmyoviy barqarorlik, gaz va suv o‘tkazmaslik kabi xossalari tufayli xalq
|
| |