|
Parrandachilik binolarining mikroiqlim ko‘rsatkichlari
|
bet | 15/49 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 246,9 Kb. | | #123161 |
Bog'liq Parrandachilik xo‘jaliklarini mexanizatsiyalashtirish. Mechaniza-hozir.orgParrandachilik binolarining mikroiqlim ko‘rsatkichlari
Bino
|
Bino ichidagi temperature, К
|
Havoning nisbiy namligi, %
|
Havoda gazlarning ruxsat etilgan miqdori, //m3
|
Optimal
|
Minimal
|
Karbonat angidrid
|
Ammiak
| |
Parrandaxona
|
278
|
276
|
85
|
2,5
|
0,5
|
Fermalarda binolarni mikroiqlim bilan ta’minlash
uchun ishlatiladigan qurilmalar
Ventilatsiya tizimi. Fermalardagi ventilatsiya tizimi umumiy ravishda elektr dvigateli bilan jihozlangan ventilator va ventilatsiya tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Ventilatsiya tarmog‘i o‘z navbatida havoni so‘rish va bosimli havoni tarqatish qismidan tuziladi. Ventilatsiya ikki turga tabiiy va majburiy ventilatsiya turlarigabo‘linadi.
Ventilatsiya tizimi ishlashiga qarab kirituvchi, chiqaruvchi va umumlashgan holda bo‘ladi (4.1-rasm).
Chorvachilik binolarida ko‘pchilik hollarda umumlashtirilgan tabiiy ventilatsiya tizimi ishlatiladi (4.2-rasm). Bu tizim derazali havo kiritish tuynuklari 7, chiqarish shaxtalari 2 dan tuzilgan. Havo almashtirishni rostlash uchun maxsus rostlagich 3 o‘matilgan. Havo sovuq vaqtlari kiritish va chiqarish kanallari berkitilib qo‘yiladi.
rasnt. Majburiy ventilatsiya tizimi:
1 - chiqarish kanali; 2 - ventilatsiya-isitgich agregati; 3 -so'ruvchi havo quvuri; 4-haydovchi- tarqatuvchi havo quvuri; 5 - chiqaruvchi havo quvuri; 6 - havo chiqaruvchi ventilator.
Fermalarda asosan past (980 Pa gacha) va o‘rta (980...2940 Pa) bosimli ventilatorlar ishlatiladi. Fermalarda umumiy vazifalar uchun mo‘ljallangan o‘ng va chap tomonga aylanadigan, o‘qli va markazdan qochma ventilatorlar ishlatiladi.
Markazdan qochma ventilatorlar katta unumdorlikka (150000 nP/soat gacha) va katta bosim (3,92 kPa gacha) hosi 1 qila oladigan ishonchli va chidam I i qurilmalardir. Markazdan qochma ventilatorlaming g‘iloflari buriladigan, burilmaydigan va ajraluvchi bo‘lib, elektr dvigateliga to‘g‘ri - uzatmasiz yoki tasmali uzatma orqali ulanadi.
O‘qli ventilatorlarning bosimi nisbatan kichik (0,49 kPa gacha) lekin katta o‘qli ventilatorlarning ishchi qismi parrakli g‘ildirakdan iborat bo‘lib, ventilator kojuxi ichiga o‘rnatiladi va o‘qli ventilator elektr dvigatelining valiga ulanadi. Bu turdagi ventilatorlar asosan havoni elektr dvigateli o‘rnatilgan orqa tomondan so‘rib olib o‘q bo‘ylab oldingi tomonga haydaydi. O‘qli ventilatorning markazdan qochma ventilatorlarga nisbatan foydali ish koeffitsiyenti kichik, lekin ixcham va sodda tuzilgani, o‘rnatilishi osonligi, massasi yengilligi bilan xarakterlanadi. Ferma binolarining tomiga o‘rnatiladigan ventilatorlar o‘qli yoki markazdan qochma ventilator bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda PVU rusumidagi ventilatsiyali qurilmalar (4.4-rasm) chorvachilik fermalarida keng qo‘llaniladi. Bu qurilmalar qish mavsumida havoni qizdirib, binoga kirgizadi va binodagi ifloslangan havoni so‘rib olib tashqariga haydaydi.
|
| |