Isitish tizimini hisoblash. Respublikamiz sharoitida parrandachilik fermalarida asosan jo‘jalar binolari, parrandalar saqlanadigan xonalar, ozuqalarga ishlov berish sexlari, xizmatchilar yashaydigan joylar qish mavsumida lozim bo‘lgan vaqtlarda isitiladi. Isitish sistemasini hisoblash issiqlik balansiga qarab amalga oshiriladi, ya’ni parrandalardan chiqayotgan issiqlik binolaming sirtidan chiqayotgan va ventilatsiya tizimidan kirayotgan sovuq havoni isitishdan kam bo'lganda qo‘shimcha isitish sistemasi ishlatiladi.
Nazorat savollari
Chorvachilik ishlab chiqarish binolari ichki iqlimi deganda nimalami tushunasiz?
Shamollatish sistemalari qanday tasniflanadi?
Shamollatish va isitish sistemalariga qanday qurilmalar kiradi?
Ichki iqlim buzilishining qishloq xo‘jalik hayvonlariga salbiy ta’siri qanday1;
Havoni kiritish va chiqarish ventilatorlarining o'ziga xoslik jihatlari nima- lardan iborat?
PVU tipidagi kiritish-chiqarish sistemalarining boshqa sistemalardan farql tomoni qanday?
Shamollatish usullari qanday turlarga bo‘linadi?
Shamollatishni hisoblashda qanday faktorlar asos qilib olinadi?
Binolar gazlanganda havo almashtirishlar soni qanday aniqlanishi iozim?
Yoritilganlik deganda nimani tushunasiz?
Yoritilganlikning zarurati nimaga asoslanadi?
rux < 5,0 mg//,
marganes <0,1 mg//,
molibden < 0,5 mg//,
stronsiy < 2,0 mg//.
Har bir xo‘jalik va fermalarda suvning sifati davlat sanitariya inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va ishlatishga loyiq yoki noloyiqligi aniqlanadi.
Suv manbalariga qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘yicha quduq suvi sifati quyidagilarga javob berishi lozim:
quruq cho‘kma tarkibi < 1000 mg//;
sulfatlar (sulfat kislotasi tuzlari) < 500 mg//;
xloridlar (natriy va xlor) < 350 mg//;
qattiqligi < 7 mg/1 mg//;
oshqozon qalamchalari soni < 1000 tadan kam;
hidi va ta’mi > Z mg//;
og‘ir radioaktiv moddalar miqdori maxsus me’yorlar bo‘yicha.
Sifatli ichimlik suvi bo‘lmagan hududlarda hayvonlami sug‘orish uchun SNIP 11-31-74 talablari bo‘yicha yuqori darajada minerallashgan suvlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
|