2.1.S- rasm. NetWare da RIP paketining formati
Paket turi maydonida kod bo‘ladi. Agarda kod 0x0001 bo‘lsa, bu so‘rov va 0x0002 bo‘lsa, javob bo‘ladi. Tarmoq adresi maydoniga agarda u so‘rov bo‘lsa, belgilangan joyning tarmoqdagi adresi yoziladi. Agarda maydonga 0xff ff ff ff kodi yozilgan bo‘lsa, bu so‘rov barcha ma'lum tarmoqlarga tegishli bo‘ladi. Maqsadgacha qadamlar soni maydoni yagona paketlar — javoblar holatida mazmunga ega bo‘ladi. Bunday hollarda bu yerga barcha paket belgilangan tarmoqqa yetib borguniga qadar yo‘l bo‘ylab o‘tishi kerak bo‘lgan marshrut- lar soni bo‘ladi. Tiklardagi vaqt maydonining bir tiki 1/18 sekundga teng. Chiquvchi marshrutizatsiya protokoli AppleTalk (RTMP) tarmog‘ida ishlatiladi. Novell da tar- moqlararo marshrutizatsiya uchun NLSP g‘oyasi OSI va IP tarmoqlari uchun yaratilgan IS-IS (intermediate system – to-intermediate system) protokoliga asoslangan. NLSP da qiymatlar qo‘lda kiritiladi. NLSP marshrutizatorlari eng qulay yechimni topish (yo‘lni) uchun tarmoq kartasini to‘liqligicha saqlaydi.
SAP (service advertising protocol) barcha serverlardan axborot olish uchun xizmat qiladi va quyidagi so‘rov va funk- siyalarni qo‘llab-quvvatlaydi:
SAP servisiga so‘rov;
Serverni o‘chirilishi haqida ma'lum qilinadi;
Javoblar va boshqa narsalar monitoringi.
Har bir NetWare nomer va nomga ega bo‘ladi. Server nomeri va uning nomi bunday obyektning ma'lumotlar omborida saqlanadi. SAP — servis so‘rov paketi 2 baytli
39
paket turidan va 2 baytli server turidan iborat. Paket turi maydoni paket servisning umumiy so‘rovi (kod=Ox0003) yoki yaqin bo‘lgan xizmatlar so‘rovini (kod=Ox0001) aniqlab beradi. Bu so‘rovlar/javoblar serverlar ro‘yxatini tuzishga xizmat qiladi. Server turi maydonida mumkin bo‘lgan xizmat kodlari, servis nomlari maydoniga ega server adresining ushbu server uchun noyob xizmatlar nomi kiritiladi(maydon uzunligi 2.1.5-rasmda N ga teng). Tarmoq adresi maydoni server adresini identifikatsiya qiluvchi 4 baytli raqamni o‘zida aks ettiradi. Element adresi maydoni serverning tar- moqdagi adresini bildiradi. NetWare xizmati 0x00.00.00.00.00.01 adresini ko‘rsatadi. Bog‘lanuvchining diskriptori maydoni bog‘lanuvchining kodini, ya'ni serverda foydalaniladigan kodni bildiradi. Oxirgi maydon – servergacha bo‘lgan qadamlar soni (tranzit tarmoqlar soni), server va kliyent o‘rtasidagi marshrutizatorlar sonini bildira- di. Serverni tarmoqda o‘chirayotganda u barchaga ma'lum holda «server to‘xtadi» — SAP xabarini jo‘natishi kerak. Xabarda server kodi va uning to‘liq nomi joylashgan bo‘ladi.
SPX PRÎTÎKÎLI
SPX (Sequence Packet Exchange) va uning takomil- lashtirilgan modifikatsiyasi ISO modemidagi 7 sathli tran- sport protokolini o‘zida aks ettirgan. Bu protokol paketlarni ishonchli yetkazadi (uzoqroq analogi TCP). Paketni yo‘qotish yoki xatolik yuz bersa, paket qaytadan jo‘natiladi. Qaytarishlar soni dastur tomonidan beriladi. SPX protokolida barchaga ma'lum bo‘lgan multitasking — adreslash ko‘rilmagan. Qachonki sherigi (partnyor) aloqani to‘xtatsa SPX da bu holat belgilanadi. SPX paketlari IPX paketida yig‘iladi. Buning uchun IPX ning paket turi maydonida
5 kodi yoziladi. 30 bayt IPX paketining sarlavhasini qo‘shgan holda SPX paketining sarlavhasi har doim 42 bayt- ni tashkil etadi.
Bog‘lanishlarni boshqarish maydoni paketni sistemali yoki amaliy ekanligini aniqlab beradi. Bu maydon virtual kanalda ma'lumotlar oqimini boshqarish uchun qo‘llaniladigan SPX va SP XII bir bitli bayroqlardan tashkil topadi.
40
IPX paketining sarlavhasi (30 bayt)
|
Bog‘lanishlarni boshqarish
|
Ma'lumotlar oqimining turi
|
Jo‘natuvchining identifikatori
|
Adres identifikatori
|
Ketma-ket raqam
|
olinganligini tasdiqlovchi raqam
|
Buferlar soni
|
2.1.4-rasm. SPX paketi sarlavhasi formati
0x01 XHD
0x02 RES1
0x04 NEG
0x08 SPX 2
0x10 EOM
0x20 ATN
0x40 ASK
0x80 SYS
Sarlavhani kengaytirish uchun zaxiraga olingan SPX II.
Qiymati nolga teng bo‘lgan aniqlanmagan may- don.
SPX II (SIZ) so‘rov/javob o‘lchamini tasdiqlay- di, SPX uchun esa nolga teng bo‘lishi kerak.
SPX II paketining turi, SPX uchun esa nolga teng bo‘lishi kerak.
Yakuniy axborotning chiqishi uchun (end-of- message) SPX kliyenti o‘rnatiladi.
(Attention) maxsus so‘rovlar (SPX qo‘llab- quvvatlanmaydigan) uchun zaxiraga olingan.
Paket olinganligini tasdiqlovchi so‘rov uchun o‘rnatiladi. So‘rovlar va javoblar SPX sathida qayta ishlanadi.
Agarda paket sistemali bo‘lib, tasdiqlash uchun xizmat qilsa o‘rnatiladi. Dastur bunday turdagi paketlardan foydalanmaydi.
41
Ma'lumotlar oqimining turi maydoni paketda joylashgan ma'lumotlar turini bildiradi. Bu maydonning qiymatlari quyida sanab o‘tilgan:
0x00-0x07 Kliyent tomonidan aniqlanadi va dasturda foy- dalanish mumkin.
0x80-0xfb Kelajak uchun zaxiraga olingan. 0xfc SPX II, so‘rovni tartibli ozod qilish.
0xfd SPX II, tasdiqlarni tartibli ozod qilish. 0xfe Yakuniy aloqani (end-of-connecntion)
ko‘rsatadi. Kanal yopilganida oqim turi may- donida yozilgan ma'lumot kodi ishtirok etgan paket SPX drayveri tomonidan kliyentga jo‘natiladi.
0xff Aloqa tugaganligi haqidagi xabar olinganini tasdiqlash (end-of-connecntion-acknowledg- ment). Bu kod bilan paket belgilanadi, bu esa yopilganini tasdiqlovchi bo‘lib hisoblanadi.
Jo‘natuvchi va oluvchi identifikatori maydonida axborot almashinuvida qatnashuvchilarni aniqlovchi kod bo‘ladi. Bu esa aloqa o‘rnatilgan daqiqada SPX drayveri tomonidan o‘rnatiladi. Bog‘lanish so‘rovida bu maydonda 0xffff kod bo‘ladi. Bu may- don paketlarni demultipleksirlashni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Ketma-ket raqam maydoni bir yo‘nalishda jo‘natilgan paketlar sonini aniqlab beradi.
Tasdiqlovchi nomer maydoni — bu SPX qabul qilib olishni kutayotgan, keyingi paketning ketma-ket raqami.
Buferlar soni maydoni stansiyaga mumkin bo‘lgan buferlar sonini ko‘rsatadi (bufer 0 dan boshlab raqamlanadi va bitta bufer bitta paketni qabul qiladi) va dasturlararo ma'lumotlar oqimini boshqarishni tashkil qilish uchun ishlatiladi.
SPX protokoli birinchi paketni olinganligi haqidagi xabarni olmagunicha keyingi paketni jo‘natmaydi. Quyidagiga e'tibor berish kerakki, yetarli darajada katta bo‘lgan, paketlarni o‘tishi- ni ta'minlovchi tarmoqni uzib-ulovchi qurilmalar va marshru- tizatorlardan iborat LAN uchun texnik darchaga rioya qilmaslik katta xarajatga tushirishi mumkin. Oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan
42
aloqaning uzilish holatida SPX da «qo‘riqchi it» algoritmi mavjud. Bu algoritm maxsus dasturlarda tuziladi. Agarda kanal- ning istalgan yo‘nalishidagi biror-bir trafik qatnashmasa bu das- tur aktiv holatiga o‘tadi. Bunday hollarda dastur maxsus paketlarni jo‘nata boshlaydi va qarshi tomondan qoniqarli javob olinsa, bu holat to‘xtatiladi. Agarda partnyor (qarshi tomon, sherik) belgilangan vaqtda (RTT) jo‘natmasa, paketlar jo‘natish qaytariladi. Bu holatda endi RTT 50% ga oshiriladi. RTT qiymati max-retry-delay kattaligidan oshib ketmasligi kerak, ya'ni dastur taklif qilgan holatda uning qiymati 5 sekundni tashkil etadi. Agar aloqa tiklanmasa, jo‘natuvchi belgilangan adresgacha boshqa marshrutni qidiradi. Mumkin bo‘lgan uri- nishlar soni 1—255 (dastur taklif qilgan holatda — 10) oraliqda bo‘lishi mumkin.
RTT qiymati vaqt bo‘yicha yaqin marshrutizator javobidan aniqlanadi, olingan kattalikka esa ayrim konstantalar qo‘shiladi. Bu esa RTT ning har bir sessiyasi uchun mustaqil ravishda aniqlanadi. Ko‘p vaqtlarda konstantalar tarmoq administratori tomonidan beriladi.
SPX protokoli bir vaqtning o‘zida 100 dan 2000 gacha (das- tur taklif qilgan holatda 1000 ga teng) bog‘lanishni amalga oshirish imkonini beradi. SPX protokoli (va tarmog‘i) konfi- guratsiya parametrlari shell.ctg fayllarida saqlanadi.
1992-yilda SPX—SPX II larning yangi versiyalari ishlab chiqiladi. Uning takomillashuvi katta hajmdagi paketlar bilan ishlash imkonini beradi. Avvalroq esa uzun SPX paketlari bo‘laklarga (fragment) ajratilgan va har bir bo‘lak birin-ketin, ya'ni birinchisi qabul qilib olinganligi haqidagi xabar olinganidan keyin ikkinchisi va h.k. tartibda jo‘natilgan. Bu holatni esa biroz samarasiz ekanligini bilish qiyin emas. Standart SPX paketlari almashinuvini o‘lchami bo‘yicha amalga oshirish imkonini beradi. Bu holatda faqatgina foydalanilayotgan tarmoq muhitining chegaralaridan chiqmaslik lozim. Olaylik Ethernet da SPX II paketi 1518 bayt uzunlikga ega bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari SPX II darchalar texnologiyasidan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Bu texnologiya yordamida paketlarni qabul qilib olinganligi haqidagi tasdiqni kutmasdan keyingi paketlarni jo‘natish mumkin bo‘ladi. Darcha o‘lchami ko‘rsatkich raqam maydonidagi (bufer/paket) kod bilan mos ravishda o‘rnatiladi.
43
Zarur hollarda administrator darcha o‘lchamini birdaniga doimiy qilib berishi mumkin. SPX II paketining formalari SPX dan bir qancha farq qiladi. SPX II da bog‘lanishlarni boshqarish maydoni uchun mumkin bo‘lgan kodlar soni o‘sgan, sarlavhani tasdiqlashga esa yangi maydon kiritilgan (ikki baytli «tasdiqni kengaytirish» maydoni). Yangi maydon buferlar soni may- donidan keyin qo‘shilgan. Aloqani o‘rnatish algoritmi SPX II va SPX variantlarida bir-biridan farq qiladi, ya'ni jo‘natilayotgan paketlar o‘lchamini e'tiborga olish zarur.
Bog‘lanishlarni boshqarish
|
Ma'lumotlar oqimining turi (1)
|
Jo‘natuvchining identifikatori (2)
|
Adres identifikatori (2)
|
Ketma-ket raqam (2)
|
olinganligini tasdiqlovchi nomeri (2)
|
Buferlar soni (2)
|
Kengaytirilgan tasdiq (2)
|
2.1.5-rasm. SPX II sarlavhaning formati
Tarmoqni boshqarish Novell standart protokol SNAP (Simple Network Management Protocol) va ma'lumotlar omborini boshqaruvchi MIB yordamida amalga oshiradi.
APPLETALK
APPLETALK tarmog‘i apple computer inc tomonidan ish- lab chiqilgan. Bu tarmoq Ethernet, Token-Ring, FDDI yoki LocalTalk (applega tegishli bo‘lgan tarmoq) muhitlarida ishlashi mumkin. AppleTalkdagi ixtisoslashgan o‘zining stek protokollari tarmoqda ma'lumotlar oqimini boshqaradi. Marshrutizatsiya maqsadi uchun AppleTalk modifikatsiyalangan IGRP ichki marshrut protokolidan foydalaniladi. AppleTalk Stek protokol-
44
lari o‘z ichiga quyidagilarni (stek protokollarining struktura sxemasi 2.2.1-rasmda ko‘rsatilgan; bundan tashqari RFC-1378,
-1419, -1504, -1742) oladi:
Token Talk kanaliga ega bo‘lish protokoli (TLAP — Token talk access protocol);
Ether Talk kanaliga ega bo‘lish protokoli (ELAP — Ether talk access protocol);
Local Talk kanaliga ega bo‘lish praotokoli (LLAP — Local talk access protocol);
Deytogramamni yetkazib berish protokoli (DDP — data- gram delivery protocol);
Marshrut jadvallarni qo‘llab-quvvatlash protokoli (RTMP — routing table maintenance protocol);
Nomlar bilan ishlovchi protokol (NBP — name binding protokol);
Axborot zonasi bilan ishlash uchun protokol (ZIP — zone information protocol);
Marshrut axborotlarni muhim darajaga ko‘tarish protokoli (AURP — AppleTalk update routing protocol);
Ma'lumotlar oqimini boshqarish protokoli (adsp-apple talk data stream protopol);
Sessiyalar protokoli (ASP — AppleTalk session protocol);
Printerga vaqtinchalik ega bo‘lish protokoli (PAP — printer access protocol);
Operatsiyalar(amallar) protokoli (ATP — AppleTalk transaction protocol);
Fayl protokollari (AFP — AppleTalk filing protocol).
2.2.1-rasmda ko‘rinib turibdiki AppleTalk stek protokollari to‘liqligicha yetti sathli OSI bilan mos tushadi. DDP bog‘lanishga mo‘ljallanmagan, ma'lumotlarni jo‘natish protokolini o‘zida aks ettiradi. DDP deytogramma 13 baytli sarlavhadan foydalanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: marshrutizatorlar soni maydoni (qadamlar soni); deytogrammalar uzunligi maydoni; nazorat yig‘indisi maydoni; tarmoqni belgilash va jo‘natuvchi va h. k. maydonlar (2.2.2-rasmga qarang). Axborot ketidan 586 bayt- gacha bo‘lishi mumkin bo‘lgan axborot joylashgan. Paketning maksimal o‘lchami (MTI) 599 baytga teng. Tarmoqdagi elementlar soni 16 milliongacha yetishi mumkin.
45
|