2.2.1- rasm. AppleTalk stek protokollarining diagrammasi
ADSP protokoli ikkita dasturning to‘liq dupleks rejimida axborotlarni ishonchli almashinuvini ta'minlaydi. TLAP, ELAP va LLAP protokollari mos bo‘lgan fizik protokollar (Token- Ring, Ethernet va Arcnet) bilan ulanishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. ATR protokoli so‘rov va javoblarni ishonchli uzatadi. Bu protokol o‘z navbatida ZIP, ASP va PAP protokol- lar ketma-ketligi bilan birga ishlatiladi. Buni 2.2.1-rasmdan ko‘rish mumkin. AFP protokoli dasturlarni qo‘llab-quvvatlovchi protokol hisoblanadi va Macintosh EHM ning foydalanuv- chilariga umumiy fayllar bilan ishlash imkonini yaratadi. AURP protokoli (appletalk update-based routing protocol) marshru- tizatsiya maqsadlari uchun xizmat qiladi, faqat boshqa protokol- lardan farqi marshrut axborotlarni vaziyat o‘zgargan hol- lardagina uzatadi. U IP — tunnelini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Jo‘natuvchi va oluvchining adresi 24 bitdan, undan 16 biti tarmoq adresini tashkil etadi. Belgilangan element identifikatori (adresning lokal qismi) aloqa o‘rnatilganida ishchi stansiya tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. EHM lokal adres sifatida tasodi- fiy 8 bitli raqamni oladi va uni tarmoqqa jo‘natadi. Agarda qay- sidir EHM bu adresdan foydalansa, u tezda javob qaytaradi va
46
Qadamlar soni (1)
|
Deytogrammalar uzunligi (1)
|
DDP Nazorat yig‘indisi (2)
|
Tarmoq adres (2)
|
Jo‘nativchi tarmoq (2)
|
Belgilangan element identifikatori (1)
|
Jo‘nativchi element identifikatori (1)
|
Bog‘lanishlarni boshqarish
|
Ma'lumotlar oqimining turi (1)
|
DDP turi (1)
|
0 dan 586 gacha oktet ma'lumotlar
|
2.2.2- rasm. AppleTalk Phase II tarmog‘ida paketlar formati (qo‘shtirnoq ichida o‘lchami baytda ko‘rsatilgan)
qayta urinishni amalga oshiradi. Bu jarayon bo‘sh adres topilma- guncha davom etadi. RTMP protokoli marshrutlash protokoli hisoblanadi. Bu protokol marshrut axborotlarni yig‘adi va uni DDP protokoliga paketlarni tarmoq bo'ylab transport qilishni ta'minlash uchun uzatadi. RTMP marshrut jadvallar har bir AppleTalk marshrutizatorlarida saqlanadi va tarmoq adresining nomeriga asoslanadi. Jadval qadamlarda (hop) o‘lchangan adresgacha bo‘lgan masofadan, marshrutizator portining iden- tifikatori va marshrut statusidan tashkil topadi.
AppleTalk marshrutizatorlari bir tartibda (10 sekundda bir marta) barcha uchun ma'lum RTMP paketlarini qo‘shni element tarmog‘iga jo‘natish orqali marshrut jadvallarini shakl- lantiradi va dolzarb holatga o‘tkazadi. Marshrut jadvallarga yozish vaqti tasdiqlanmagan, belgilangan vaqtda esa tozalab turiladi. Marshrut jadvallardagi yozuvlar 20 sekund davomida javob kelmasa «shubhali» razryadga, 40 sekund davomida esa
«o‘layotgan» razryadga, 60 sekunddan keyin esa «o‘lgan» razryadga tushadi. Agarda 80 sekund davomida javob olinmasa yozuvlar jadvaldan o‘chirib tashlanadi.
Tarmoq sathining adresi AARP adres protokoli yordamida MAS sath adresi bilan mos holda o‘rnatiladi. AppleTalk tar-
47
mog‘ining elementlari bu axborotni maxsus jadvallarda (AMT— Address Mapping Table) saqlaydi. Jadval AppleTalk paket jo‘natganda bir marta ko‘rib chiqiladi. Agarda qidiruv muvaf- faqiyatli tugamasa, jo‘natuvchi element barcha uchun ma'lum bo‘lgan AARP so‘rovini jo‘natadi. Bu so‘rovga javob olinganidan so‘ng AMT jadvalga to‘g‘rilashlar kiritiladi. AppleTalk tarmog‘ining muhim jihati tarmoq obyektining lokal adresini o‘zgartirish imkoniyatiga egaligi hisoblanadi. Elementga nom sifatida vaqtinchalik adres beriladi. AARP protokoli ushbu adresni birortaga tegishli yoki tegishli emasligini 10 ta AARP so‘rovlarini jo‘natish orqali tekshirib ko‘radi. Agarda ushbu adres kimgadir tegishli bo‘lsa, elementga, ya'ni vaqtinchalik adres beriladi va tekshirish jarayoni qaytariladi. NBP AppleTalk ni foydalanuvchi print-server yoki fayl-server, pochta serveri va
h.k. ning tarmoq adreslarini to‘liq bilish talab etiladi.
ZIP protokoli oxirgi tarmoq elementlarini yig‘indisining sub tarmoq deb ataluvchi mantiqiy guruhini yaratadi. Bu esa qaysidir bo‘limga tegishli bo‘lgan, faqat har xil binolarda joylashgan kompyuterni bitta sub tarmoqqa joylashtirish imkonini beradi. Sub tarmoq lokal tarmoq kombinatsiyalaridan iborat bo‘ladi, misol uchun Ether Talk Phase II lokal tarmoqning bir qismi. Sub tarmoq haqidagi axborot marshrutlarda maxsus jadval (ZIT — Zone Information table) ko‘rinishida saqlanadi. Jadval tarmoq segmentiga berilgan yozuvdan iborat bo‘ladi. Yozuvda sub tarmoqqa kiruvchi tarmoq segmenti nomeri va obyektlar ro‘yxati bo‘ladi. ZIP protokoli RTMP jadval o‘zgarishini kuza- tib boradi va unga yozuv paydo bo‘lishi bilan marshrutizator ZIP so‘rov jo‘natadi va olingan axborot asosida ZIR jadvalini tuzadi. AER protokoli diagnostika funksiyalarini bajarilishini ta'minlaydi va ping (ICMP protokoli analogining qandaydir darajasi) amalini bajarilish imkoniyatini beradi. Protokol pake- tining tarmoq elementlari o‘rtasida uzatilish vaqtini tekshirish (bilish) imkonini beradi. Yana ushbu protokol tarmoq obyektini
ishlayotgan yoki ishlamayotganligini tekshirishi ham mumkin.
AURP protokoli marshrutlash tarmog‘ining tashqi protokoli hisoblanadi va AppleTalk tarmog‘i bilan Internet o‘rtasidagi aloqa uchun xizmat qiladi. Protokol IP tunnellar texnologiyasi- ni qo‘llab-quvvatlaydi.
48
NETBIOS
NetBIOS protokoli lokal tarmoqda ishlash uchun ishlab chiqilgan. NetBIOS tizimi IBM/PC shaxsiy kompyuterlar inter- feysi sifatida foydalanish uchun mo‘ljallangan. NetBIOS TCP va UDP transport protokollari sifatida foydalaniladi. NetBIOS tavsifi IBM 6322916 «Technical Reference PC Network» hujjatida bo‘ladi.
NetBIOS paketi guruhli kompyuterlar foydalanishi uchun yaratilgan, sessiya holati (bog‘lanish (ulanish) orqali ishlash) va deytogramma holatini (bog‘lanish o‘rnatilmasdan) qo‘llab- quvvatlaydi. 16 belgili obyekt nomi NetBIOSda dinamik ravishda taqsimlanadi. NetBIOS internet bilan aloqa qilish uchun dns mavjud. NetBIOS bilan ishlagan vaqtda obyekt nomi «*» simvoldan boshlanmaydi. Dastur NetBIOS orqali
kerakli resurslarni topishi, aloqa o‘rnatishi va axborot jo‘natishi
yoki olishi mumkin. NetBIOS nom uchun xizmat – 137 port, deytogramma uchun xizmat — 138 port, sessiya uchun esa — 139 portlardan foydalaniladi.
Istalgan sessiya NetBIOS – so‘rovlaridan, ajratilgan obyekt (kompyuter) ip-adresini berish va tcp-portini aniqlashdan bosh- lanadi, undan keyin esa NetBIOS – xabarlari almashinuvi bajariladi va yakunida sessiya yopiladi. Sessiya ikkita NetBIOS dasturlari orasida axborot almashinuvini amalga oshiradi. Xabar uzunligi 0 dan 131071 gacha bo‘lgan oraliqda yotadi. Bir vaqt- ning o‘zida ikkita obyekt o‘rtasida bir nechta sessiyalarni amal- ga oshirish mumkin. NetBIOS orqali IP transportni boshqa- rishda IP deytogramma NetBIOS paketida joylashadi. Bunday hollarda ikkita obyekt o‘rtasida axborot almashinuvi aloqa o‘rnatilmagan holda amalga oshiriladi. NetBIOS nomi IP adres- ni o‘zi olishi kerak. NetBIOS adresining bir qismi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: ip.**.**.**.**. Bu yerda IR opera- tsiya turini ko‘rsatadi (NetBIOS orqali IP), **.**.**.** esa ip- adres. NetBIOS tizimi xususiy buyruqlar tizimiga (cal, listen, hang up, send, receive, session status, reset, cancel, adapter sta- tus, unlink, kemote program load) va deytogramma bilan ishlash uchun amallarga (send datagram, send broadcost datagram, receive datagram, receive broadcost datagram) ega. Barcha oxir- gi NetBIOS elementlari uch turga bo‘linadi:
49
Barchaga ma'lum («b») elementlar;
Nuqta-nuqta elementlari(«p»);
Aralash turdagi elementlar(«m»).
B elementlar o‘zining sheriklari (partnyor) bilan barchaga ma'lum so‘rov orqali aloqa o‘rnatadi. R va M elementlari NetBIOS ning server nomi (NBMS) va deytogrammalarni tas- diqlash serveri (NBDD) maqsadlari uchun foydalaniladi.
NetBIOS protokolining keyingi yaxshiroq – NetBui (NetBIOS extenceduser interfase) varianti ishlab chiqilgan. Bu yangi protokol LAN manager, LAN server, Windows for Work groups va Windows 2000, XR operatsion tizimlarida foy- dalaniladi. Bu yerda standartlashtirilgan NetBIOS paketlar for- matiga ayrim yangi funksiyalar qo‘shilgan. NetBIOS OSI LLC2 protokoliga asoslangan. Protokol yuqori tezlikka ega va uncha katta bo‘lmagan lokal tarmoqlarni (20—200 ta kompyuterlarni) bir-biri bilan yoki asosiy kompyuter bilan birlashtirish uchun xizmat qiladi. Bu protokol OSI ning aloqali, tarmoqli va trans- portli modeliga mos keladi. Yangi NetBuei (3.0 va undan yuqori) versiyalarda bir vaqtdagi soniga qo‘yilgan chegara (254) olib tashlangan. Chegaralangan NetBuei da ichki marshrutlash yo‘q va regional tarmoq bilan ishlashda jiddiy chegaralar qo‘yil- gan. Bunday sabablarga ko‘ra lokal tarmoqlar uchun netuei tak- lif qilinadi, tashqi aloqa uchun esa, misol uchun TCP/IP dan foydalanish mumkin.
Lokal tarmoqdagi terminlar tizimga yoki boshqa terminal tizimlarga bog‘lanish uchun NBFCP (NetBios frames control protocol, protokolning maydon kodi=803F) protokoli yaratil- gan. Bu o‘z navbatida PPP protokoliga asoslangan.
NBFCP protokol kadrining formati 2.3.1-rasmda ko‘rsatil- gan.
Turi
|
Uzunligi
|
Sherigining sinfi
|
Sherigining (kattasi) versiyasi
|
Sherigining (kichkinasi) versiyasi
|
Sherigining nomi (peer)
|
|