Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi




Download 2,22 Mb.
bet17/36
Sana17.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#139578
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyev

OSI
modeli sathi
TCP/IP
steki sathi



S.2-rasm. TCP/IP protokolining strukturasi

IV sath eng pastki sath hisoblanadi. U OSI fizik va kanal sathiga mos tushadi. TCP/IP protokolida bu sath belgilanmay- di, lekin barcha ma'lum fizik va kanal sathdagi standartlarni


56

(lokal tarmoq uchun bu Ethernet, Token-Ring, FDDI, Fast Ethernet, 100VG-AnyLan, global tarmoq uchun – SLIP va PPP
«nuqta-nuqta» birlashish protokollari, X.25, frame relay kom- mutatsiya bilan hududiy tarmoq protokollari) qo‘llab-quvvatlay- di. Odatda lokal yoki global tarmoqda yangi texnologiya paydo bo‘lsa, ularni zudlik bilan TCP/IP ga RFC ishlab chiqaruv- chilari tomonidan qo‘shib boriladi.
III sath – bu tarmoqlararo aloqa sathi. Bunda lokal tarmoq, hududiy tarmoq, maxsus aloqa tarmog‘i va shunga o‘xshash tar- moqlarning har xil transport texnologiyasida foydalangan holda paketlarni uzatish bilan shug‘ullanadi.
Stekda tarmoq sathining asosiy protokoli sifatida (OSI modeli terminida) IP protokolidan foydalaniladi. Bu protokol boshidan murakkab tarmoq tarkibida paketlarni uzatishga mo‘ljallangan. Shuning uchun ham IP protokoli murakkab topologiyali tarmoqlardan yaxshi ishlaydi. IP protokoli deyto- grammali protokol hisoblanadi, ya'ni paketlarni belgilangan joyga ishonchli yetkazilib borishiga javob bera olmaydi, lekin harakat qiladi.
Tarmoqlararo aloqa sathiga barcha protokol tashkil etuv- chilari bilan bog‘langan va marshrutlash jadvalining modifika- tsiyasi, ya'ni marshrut axborotlarni yig‘ish protokollari RIP (Routing Internet Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First), undan tashqari tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet control Message Protocol) kiradi. Oxirgi protokol tarmoq marshrutizatori va paket manbayi hisoblangan protokoli element o‘rtasida xatolar haqidagi axborot almashuviga mo‘ljallangan. ICMP maxsus paketlari yordamida paketlarni yetkaza olmasligi haqida xabar qiladi.
II sath – asosiy sath hisoblanadi. Bu sathda jo‘natmalarni boshqarish protokoli TCP (Transmission Control Protocol) va foydalanuvchining deytogrammali protokoli UDP (User Datagram Protocol) boshqariladi. TCP protokoli masofadagi amaliy jarayonlar o‘rtasida virtual bog‘lanish hisobiga xabarlarni ishonchli uzatilishini ta'minlaydi. UDP protokoli amaliy paket- larni deytogramma usulida IP singari uzatilishini ta'minlaydi.
I sath – amaliy deb nomlanadi. Uzoq vaqt davomida turli hil o‘lkalarda, tashkilotlarda TCP/IP stekidan foydalanish protokollar soni ortishiga va amaliy sathli xizmatlarni
57
qo‘shilishiga sabab bo‘ldi. Unga keng foydalaniladigan, FTP – fayllarni ko‘chirish protokoli, telnet – terminalni emulyat- siyalash protokoli, SMTP – pochta protokollari kiradi. Ularning ayrimlariga batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz.
Fayllarni ayirboshlash protokoli FTP (File Transfer Protocol) faylga masofadan turib ega bo‘lishni tashkil qiladi. Fayllarni ishonchli ayirboshlash maqsadida FTP TCP bilan aloqa o‘rnatib undan transport protokol sifatida foydalanadi. Fayllarni ayirboshlashdan tashqari FTP boshqa xizmatlarni ham taklif qiladi. Ya'ni foydalanuvchi masofadagi kompyuter bilan interaktiv holatda ishlashi mumkin, misol uchun uning katalogidagi tashkil etuvchilarni bosmaga chiqarish mumkin. FTP dagi ma'lumotlardan foydalanish uchun foydalanuvchi o‘zining nomini va parolini kiritishi kerak. Internetning e'lon qilingan FTP arxiv kataloglariga parol talab qilinmaydi, ya'ni foydalanuvchi Anonymous nomidan foydalanadi.
TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va o‘z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayir- boshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu protokol faqat fayllarni ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida esa TCP dan birmuncha sod- daroq bo‘lgan UDP protokolidan foydalaniladi.
Telnet protokoli jarayonlar va terminal o‘rtasida baytlar oqi- mini almashinuvini ta'minlab beradi. Bu protokoldan masofada- gi kompyuter terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foy- dalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyuterni huddi lokal foydalanuv- chi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina himoyani talab qiladi. Himoyani ta'minlash maqsadida minimum parol bo‘yicha autentifikatsiyadan foydalaniladi, lekin baribir bir- muncha mustahkam himoya vositasi bu misol uchun Kerberos tizimi.
SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Avvalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Keyinchalik esa SNMP protokoli istal-
58
gan kommunikatsiya vositalarini — kontsentratorlarni, ko‘prik- larni, tarmoq adapterlarini va boshqalarni boshqarish uchun qo‘llaniladi. SNMP protokolidagi boshqaruv qiyinchiliklari ikki qismga bo‘linadi: birinchi masala axborotni uzatish bilan bog‘liq, ikkinchisi esa o‘zgaruvchilarni nazorat qilish, ya'ni boshqaruv qurilmasining holati bilan bog‘liq.



    1. IP TÀRMÎG‘IDÀ ÀDRÅSLÀSH. ÀDRÅS TURLÀRI:

FIZIK (MAS adres), TÀRMÎQ (IP adres) VÀ BÅLGILI
(DNS nom)

TCP/IP tarmog‘idagi har bir kompyuter adresi uch sathdan iborat:



  • Elementning lokal adresi. Lokal tarmog‘iga kiruvchi elementlar uchun – bu tarmoq adapteri yoki marshrutizator portining MAS adresi, misol ushun 11-A0-17-3D-BC-01. Bu adres qurilmaning ishlab chiqaruvchisini belgilaydi va juda noyob hisoblanadi. Barcha mavjud lokal tarmoqli texnologiyalar uchun MAS adres 6 baytli formatdan iborat: katta 3 baytlisi ish- lab chiqaruvchi firmasining identifikatori, kichik 3 baytlisi ishlab chiqaruvchining o‘zini bildiradi. Global tarmoqqa kiruvchi elementlar uchun huddi X.25 yoki frame relay kabi lokal adres global tarmoq administratori tomonidan belgilanadi.

  • IP adres, 4 baytdan iborat misol uchun 109.26.17.100. Bu adres tarmoq sathi sifatida foydalaniladi. U kompyuter va mar- shrutizatorlarni konfiguratsiyalash jarayonida administrator tomonidan belgilanadi. IP adres ikki qismdan iborat bo‘ladi: tar- moq nomeri va element nomeri. Tarmoq nomeri administrator tomonidan ixtiyoriy ravishda yoki agarda tarmoq Internetning bir qismi sifatida ishlashi kerak bo‘lsa, Internet (Network Information Center, NIC) maxsus qismining tavsiyasi orqali o‘rnatiladi. Odatda provayderlar Internet xizmatini NIC qis- midagi adres chegarasidan oladi va o‘zining abonentlariga tarqatadi.

IP protokolida element nomeri uning lokal adresidan mustaqil ravishda belgilanadi. IP adresning tarmoq nomeri va element nomeri maydonlarga ajratilishi va bu maydonlar o‘rtasida chegaralar ixtiyoriy ravishda o‘rnatilishi mumkin. Element bir nechta IP tarmoqqa kirishi mumkin. Bunday hol-
59
larda element tarmoqdagi aloqalar soniga qarab bir nechta IP adresga ega bo‘ladi. Bunday hollarda IP adres alohida kompyuterlar yoki marshrutizatorlarni emas balki bitta tarmoq bog‘lanishini bildiradi.

  • Belgili identifikator — nom, misol uchun SERV1.IBM. COM. Bu adres administrator tomonidan belgilanadi va bir necha qismdan iborat bo‘ladi, misol uchun mashina nomi, korxona nomi, domen nomi, DNS nomi bilan ham ataluvchi, bunday adres amaliy sathda misol uchun FTP yoki telnet protokollarida ishlatiladi.




    1. IP ÀDRÅSNING UCHTÀ ÀSÎSIY SINFI

IP-adres uzunligi 4 baytdan iborat va odatda to‘rtta raqam ko‘rinishida yoziladi. Bunda har bir baytning qiymati o‘nli for- mada va nuqta bilan ajratilgan, misol uchun:


128.10.2.30 adresning an'anaviy o‘nlik formada aks ettiri- lishi.
10000000 00001010 00000010 00011110 — yuqoridagi
adresning ikkilik koddagi ko‘rinishi.
3.2-rasmda IP adresning strukturasi ko‘rsatilgan.

A sinf





0

N tarmoq

N element

B sinf





1

0

N tarmoq

N element

C sinf



1

1

0

N tarmoq

N element

D sinf



1

1

1

0

Multicost guruhining adresi

E sinf



1

1

1

1

0

Zaxiraga olingan


Download 2,22 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi

Download 2,22 Mb.