Sarlavha Ma’lumotlar maydoni
S.10-rasm. Har xil maksimal o‘lchamdagi paketlarni tarmoq bo‘ylab uzatilish jarayonida IP paket qismlariga ajratish. K1-F1 1— tarmoqning lokal va fizik sathi, K2 va F2 2— tarmoqning lokal va fizik sathi
Birinchi kompyuter bu paketlarni K1 lokal sathga, bundan keyin ularni bu tarmoq bilan bog‘langan marshrutizatorlar F1 fizik sathga jo‘natadi.
Marshrutizatorlar tarmoq adresi bo‘yicha ko‘radi. Bunda oldingi 2 ta paket MTU qiymati 1500 bo‘lgan 2-tarmoqqa uzatilishi kerak. Albatta bu Ethernet tarmog‘i hisoblanadi. Marshrutizator transport xabarning qismini FDDIning har bir paketidan oladi va uni Ethernet ma'lumotlar maydoni kadriga joylanishi uchun yana ikki qismga bo‘ladi. Bundan so‘ng u yangi TR paketlarni yaratadi. Bularning har biri 1400+20=1420 bayt uzunlikka ega bo‘ladi. Bular 1500 baytdan kichik bo‘lgani uchun Ethernet ma'lumotlar maydoni kadriga erkin joylashadi.
Natijada 2-kompyuterga Ethernet tarmog‘i bo‘ylab 4 ta IP paket (umumiy identifikatori 486) yetib keladi. Endi 2-kom-
72
pyuterda ishlovchi IP protokol paketlarni to‘g‘ri yig‘ishi talab etiladi. Agar paketlar jo‘natilgan tartibda kelmasa, u holda aralash maydon ularni birlashtirishning to‘g‘ri tartibini ko‘rsatadi.
Paketning birinchi qismi o‘tayotganda belgilangan element taymerni ishga tushiradi. Bu esa barcha qismlarning o‘tish vaqti- ni aniqlaydi. Agar paket uzatilishi taymer o‘lchagan vaqtdan oldin tugasa, u holda xatolik yuz bergan bo‘ladi va paket jo‘na- tuvchiga ICMP protokoli orqali xatolik haqida xabar beradi.
IP ÀDRÅSLÀR YORDÀMIDÀ MÀRSHRUTLÀSH
Endi IP tarmog‘ida paketlarni uzatishda marshrutni tanlash qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Avvalo diqqatni bir faktga qaratish lozim, ya'ni marshru- tizatorlar va yana oxirgi elementlar — kompyuterlar marshrutini tiklash bo‘yicha qaror qabul qilish kerak.
3.11-rasmda keltirilgan misol buni namoyish qiladi. Bu yerda lokal tarmoq bir qancha marshrutizatorlarga ega va kompyuter qaysi biri orqali paket jo‘natilishini tiklashi lozim.
S.11-rasm. Oxirgi element bilan marshrutizatorni tiklash
Marshrut o‘lchami turli xil bo‘ladi. Kompyuter Germa- niyada joylashgan serverga o‘zining paketini jo‘natishi uchun Kopengagendagi marshrutizator bilan ajratilgan tarmoqqa bog‘langan 1-marshrutizatorni yoki Tokio bilan bog‘langan sputnik kanali 2-marshrutizatorni tiklashi lozim.
TCP/IP stekida marshrutizator va oxirgi elementlar paketi- ni belgilangan elementga yetkazish bo‘yicha marshrutlash jadvali (routing tables) asosida yechimlar qabul qilinadi.
73
Quyidagi jadvalda tarmoqning IP adresidan foydalanuvchi marshrutlar jadvalining oddiy misoli keltirilgan:
Belgilangan tarmoq adresi
|
Keyingi marshrutizator adresi
|
Chiqish portining nomeri belgilangan tarmoqqacha masofa
|
56.0.0.0
|
198.21.17.7
|
120
|
56.0.0.0
|
213.34.12.4.
|
2130
|
116.0.0.0
|
213.34.12.4
|
21450
|
129.13.0.0
|
198.21.17.6
|
150
|
198.21.17.
|
—
|
20
|
213. 34.12.
|
—
|
10
|
default
|
198.21.17.7
|
1—
|
Bu jadvalning «Belgilangan tarmoq adresi» ustunida barcha tarmoqning adreslari ko‘rsatiladi. TCP/IP stekida marshrut harakatini optimallash uchun bir qadamli yondashuv qabul qilingan. Shuning uchun keltirilgan marshrutizator adreslarning bittasini paketni uzatish uchun tanlab oladi. Bir qadamli yondashuv marshrutni tiklash masalasi yechimining taqsim- lanishini bildiradi. Bu paket yo‘lidagi tranzit marshrutizatorlar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlaydi.
Agarda marshrutlar jadvalida belgilangan tarmoq adresiga mos keluvchi bittadan ko‘p qator bo‘lsa, yechim qabul qilishda
«Belgilangan tarmoqqacha masofa» maydonining qiymatiga e'tibor beriladi.
Paketni jo‘natish uchun marshrutizator lokal adresning qiymatini ishlash talab etiladi. TCP/IP steki marshrut jadvalida faqat IP adreslardan foydalanish qabul qilingan. Ma'lum IP adres bo‘yicha lokal adresni topish uchun ARP protokolidan foydalanish zarur.
Bir qadamli marshrutlashning yana bir qulayligi mavjud, ya'ni oxirgi element va marshrutizatorlarda dastur taklif qil- ganidek, default deb nomlangan belgilangan tarmoq nomerining ishlatilishi hisobiga marshrutlash jadvalini hajmini qisqartirish
74
imkonini beradi. Bu esa marshrutlash jadvalining oxirgi qator- larida bo‘ladi. Agarda marshrutlash jadvalida bunday yozuv bo‘lsa, u holda marshrutlash jadvalida yo‘q bo‘lgan tarmoq nomeri bilan barcha paketlar marshrutizatorga, ko‘rsatilgan default qatoriga beriladi. Shuning uchun marshrutizatorlar o‘zining jadvallarida inter tarmoq haqidagi chegaralangan axborotni saqlaydi. Shuni anglash kerakki default usulida qo‘llanadigan marshrutizator paketlarni magistral tarmog‘iga uzatadi, magistralga ulangan marshrutizatorlar esa Internet tar- moq haqidagi to‘liq axborotga ega bo‘ladi.
Muhimi shundaki, marshrutlash jarayonini tanlashni oxirgi elementlar bajaradi. Ular ixtiyorida marshrutlash jadvali bo‘ladi. Uning hajmi ahamiyatsiz, huddi marshrutlash kompyuter uchun asosiy mashg‘ulot bo‘lganidek. Oxirgi element marshrutizator- ning IP adresi haqidagi axborotga ega bo‘lgan holda marshrut jadvalisiz ham ishlashi mumkin. Agarda tarmoqda birgina mar- shrutizator bo‘lsa u holda bu oxirgi elementlar uchun yagona variant hisoblanadi. Tarmoqda marshrutizatorlar ko‘p bo‘lganida ham, marshrutni to‘plash oxirgi element tomonidan dastur tak- lifi bajariladi, ya'ni «пo умoлuaнию» holatida tanlanadi, bu kompyuterda marshrutlash jadvalining hajmini kichraytirish uchun ishlatiladi.
Default marshrutidan tashqari marshrutlash jadvalida ikki xil maxsus yozuvni uchratish mumkin: element marshrut uchun maxsus yozuv va tarmoq adreslari haqida yozuv.
Element marshruti uchun maxsus yozuvda tarmoq nomeri o‘rniga to‘liq IP adres bo‘ladi, ya'ni adres nol bo‘lmagan axborotga ega va u element nomerida ham bo‘ladi.
Tarmoqqa tegishli bo‘lgan marshrutlash jadvalidagi yozuv- larning «belgilangan tarmoqqacha masofa» maydonida nollar bo‘ladi.
Marshrutizator va oxirgi element ishidagi yana bir farq bu marshrutni tanlashda marshrutlash jadvalini qurishda o‘zining usullari bo‘ladi. Ya'ni marshrutizator odatda marshrutlash jad- valini avtomatik tarzda yaratadi, oxirgi elementlar uchun mar- shrutlash jadvali administrator tomonidan qo‘lda yaratiladi va fayl ko‘rinishida diskda saqlanadi.
Bir qadamli marshrutlash uchun jadval qurishning har xil algoritmlari mavjud. Ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
75
Bu algoritmlar ishining natijasi bir xil formatda bo‘ladi. Chunki har xil tarmoqlarda o‘zining algotirmi bo‘yicha mar- shrutlash jadvali tuzilgan bo‘ladi, bundan so‘ng ular o‘rtasida axborotlar almashinuvini ta'minlash uchun bu jadvallarning formati qayd qilingan bo‘ladi. Shuning uchun ham marshru- tizatorlar adaptiv marshrutlash algoritmi bo‘yicha ishlaydi.
Marshrutlashni qayd qilish
Bu algoritm oddiy texnologiyali tarmoqda qo‘llaniladi va marshrutlash jadval tarmoq administratori tomonidan qo‘lda yaratishga asoslangan. Algoritm katta tarmoqli magistrallar uchun ham effektiv ishlaydi.
Bir marshrutli jadvallar ko‘p marshrutli jadvallardan farq qiladi. Ya'ni bir marshrutli jadvalda har bir adres uchun bitta yo‘l berilgan. Ko‘p marshrutli jadvallarda esa har bir adres uchun bir qancha alternativ yo‘llar bo‘ladi. Ko‘p marshrutli jad- valdan foydalanilganda bitta yo‘l asosiy, boshqalari esa zaxirada- gi yo‘l hisoblanadi.
Îddiy marshrutlash
Oddiy marshrutlash algoritmi uch guruhga ajratiladi:
tasodifiy marshrutlash – paketlar kirish yo‘nalishidan tashqari ixtiyoriy, tasodifiy yo‘nalish bo‘yicha uzatiladi;
ko‘p oqimli marshrutlash — paketlar kirish yo‘nalishidan tashqari barcha yo‘nalishlar bo‘yicha uzatiladi;
oldingi usul bo‘yicha marshrutlash – marshrut jadvallari marshrutizatordan o‘tuvchi paketlarda joylashgan ma'lumotlar asosida tuziladi. Shaffof ko‘priklar huddi shunday ishlaydi, ya'ni tarmoq segmentiga kiruvchi elementlar adresi haqidagi axborot- ni yig‘adi. Bunday marshrutlash usuli tarmoq topologiyasining o‘zgarishiga sekinlik bilan moslashtiriladi.
76
Àdaptiv marshrutlash
Bu asosiy marshrutlash algoritmi bo‘lib, murakkab topologiyaga ega bo‘lgan tarmoqlarda marshrutizatorlarda qo‘llaniladi. Adaptiv marshrutlash internet tarmoqdagi axborot- larni marshrutlar o‘rtasida almashinuviga, undan tashqari marshrutlar o‘rtasidagi aloqani ta'minlashga asoslangan.
Adaptiv protokollar barcha marshrutlarga tarmoqda aloqa topologiyasi haqida axborot yig‘ish imkonini beradi. Bu protokol- lar taqsimlovchi xarakterga ega, ya'ni topologik axborotlar tar- moqda ishtirok etmayotgan qaysidir belgilangan marshrutizator- lar tomonidan yig‘ilgan va umumlashtirilgan holda ifodalanadi: bu ish barcha marshrutlar o‘rtasida taqsimlanadi.
IP PRÎTÎKÎLIDÀN FÎYDÀLÀNISH ÎRQÀLI ELÅMÅNTLÀRNING O‘ZÀRÎ ÀLÎQÀSIGÀ MISÎL
Buni marshrutizator orqali kompyuterlarning o‘zaro aloqasi va belgilangan kompyuterga paketlarni yetkazish qanday yuz berishini intertarmoq misolida ko‘ramiz.
kompyuter cit.dol.ru IP=194.87.23.17
kompyuter s1.msk.ru IP=142.06.13.14
Tarmoq 194.87.23.0
Port 1 IP13=194.87.23.1
Marshrutizator 1
Port 2 IP13=135.12.0.1
Tarmoq 142.06.0.0
DNS server
IP=203.21.4.6
FDDI
Tarmoq 135.12.0.0
Port 1
IP31=142.06.0.3
Port 1 IP12=135.12.0.11
Marshrutizator 3
Marshrutizator 2
Port 1
IP32=203.21.4.12
|