|
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi
|
bet | 22/36 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #139578 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyevS.1S-rasm. Tarmoqni strukturalash uchun niqoblardan foydalanishga misol
82
Bir narsani belgilab qo‘yish zarurki, agarda niqoblar mexanizmlardan foydalanish yechimda qo‘llanilsa, bu holda konfiguratsiyalash, marshrutizatorlar va kompyuter tarmoqlari o‘zaro mos holda bo‘lishi kerak.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
TCP/IP protokollar steki asosan qanday tarmoqlarga mo'ljallan- gan?
TCP/IP protocollar steki nechta sathdan iborat va har bir sathning vazifasi nimalardan iborat?
TCP/IP stekida FTP protokoli foydalanuvchiga qanday imkoni- yatlarni yaratadi?
Telnet protokolining vazifasi nimalardan iborat?
SNMP qanday maqsadda ishlatiladi?
IP tarmog‘ida adreslash qanday amalga oshiriladi?
Tarmoqda adresning qanday turlari mavjud?
Fizik adres deganda nimani tushunasiz?
IP protokolida IP adreslarini moslashtirish haqidagi qanday ke- lishuvlar mavjud?
Fizik adreslarni IP adresda qanday aks ettiriladi?
ARP va RARP protokollarining vazifasi nimadan iborat?
DNS protokol tarmoqda qanday vazifani bajaradi?
IP adreslarini belgilashni avtomatlashtirish jarayonini qanday pro- tokol bajaradi?
DHSP protokolining tarmoqdagi vazifasi nimadan iborat?
Qismlarga ajratishni boshqarish qanday amalga oshiriladi?
IP adreslarning qanday turlari mavjud?
IP adreslar qanday usulda o‘rnatiladi?
IP tarmog'ida niqobning vazifasi nimadan iborat?
Standart sinflar uchun tarmoq niqobining qiymati nimaga teng?
83
4-B Î B. ÀLÎQÀ KÀNÀLLÀRI
KÀBÅLLI ÀLÎQÀ KÀNÀLLÀRI
Axborot o‘tkazish muhiti deb kompyuterlar o‘rtasida axborot almashinuvini ta'minlovchi axborot yo‘llariga (yoki aloqa kanal- lariga) aytiladi. Ko‘pchilik kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa kanallari ish- latiladi, vaholangki simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda ko‘pincha axborotlar ketma-ket holda uzatiladi, ya'ni bir bit axborot uzatilgandan so‘nggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday axborot uzatish parallel kodda axborot uzatishga qaraganda murakkab va sekin ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan axborotning razryadlar soniga nisbatan baravar marotaba osha- di (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot yo‘li osha- di). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf bo‘ladigandek ko‘rinadi, aslida juda ko‘p sarf bo‘ladi. Tarmoqdagi abonentlar o‘rtasidagi masofa katta bo‘lsa, ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni o‘tkazishga qaraganda bir dona kabelni o‘tkazish ancha oson. Ta'mirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas. Kabelning turidan qat'i nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qi- lish va axborotni qabul qilish qismida esa kuchsiz signalni tik- lash (detektorlash) kerak. Ketma-ket uzatishda buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qi- linadi. Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa ishlatiladigan parallel axborotning razryadlar soniga teng bo‘ladi. Shuning uchun uzunligi uncha ko‘p bo‘lmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda ko‘pincha axborot- ni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Axborotni parallel uzatishdagi nihoyatda muhim shart, bu
har bir bitni uzatishga mo‘ljallangan kabellar uzunligi bir-biriga
84
deyarli teng bo‘lishligidir. Aks holda turli uzunlikdagi kabel- lardan o‘tayotgan signallar o‘rtasida qabul qilish qurilmasining kirishida vaqt bo‘yicha siljish hosil bo‘ladi. Buning natijasida tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100 Mbit/s axborot uzatish tezligida va bitni uzatish davri 10 ns bo‘lganda vaqt bo‘yicha siljish 5–10 ns dan oshmas- ligi lozim. Bunday siljish kattaligi, kabellarning uzunlikdagi farqi 1—2 metr bo‘lganda hosil bo‘ladi. Kabel uzunligi 1000 metr bo‘lganda esa, bu kattalik 0,1—0,2% ni tashkil qiladi. Haqiqatdan bazi yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida axborot parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi. Misol tariqasida Fast Ethernet tarmoq seg- ment 100 BASE-T4 ni keltirish mumkin.
Kabel ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari kabel turlarini ko‘p miqdorda ishlab chiqaradilar. Hamma ishlab chiqariladigan kabellarni uch turga bo‘lish mumkin:
o‘ralgan juft simli kabel (twisted pair), ular himoyalangan bo‘ladi, ya'ni ekranlashtiriladi (shielded twisted pair, stop) va himoyalanmagan, ya'ni ekranlashtirilmagan (unshiel- ded twisted pair, UTP);
koaksial kabellar (coaxial cable);
optik tolali kabellar (fiber optic).
Kabelning har bir turining o‘z afzalliklari va kamchiliklari mavjuddir, shuning uchun kabel turini tanlanganda hal qilina- yotgan masalaning xususiyatini, shuningdek alohida olingan tar- moq xususiyatini va avvaldan mavjud bo‘lgan barcha korxona standartlarining o‘rniga, 1995-yilda qabul qilingan EIA/TIA 586 (Commercial Building Telecommunication Cabling Standard) standarti mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda shu standartdan foy- dalaniladi.
Koaksial kabel elektr toki o‘tkazuvchi kabel bo‘lib, tuzilishi 4.1.1-rasmda ko‘rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo‘lib, metall sim to‘qilmaga (ekran) o‘ral- gan, hamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo‘ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko‘p tarqalgan kabel- lar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim to‘qimasi — ekran mavjudligi), to‘qilgan juftlikka qaraganda
85
axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko‘proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o‘ralgan juftlik kabelga nisbatan koaksial kabelni ta'mirlash va yig‘ish ish- larini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning narxi o‘ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga raz'yomlar o‘rnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o‘ralgan juftli kabel- larga qaraganda kam ishlatiladi.
Tashqi qobiq
Metalli qobiq
Ichki himoya qobiq
Mis sim
|
| |