Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi




Download 2,22 Mb.
bet30/36
Sana17.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#139578
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyev

6.1-rasm. Tarmoq adapter platasi

Kompyuter tarkibida adapter platasini ravon ishlashi uchun uning asosiy ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri o‘rnatish zarur:



    • kiritish-chiqarish portining asos manzilini (ya'ni manzil maydonining boshlanish manzilini, u orqali kompyuter adapter bilan muloqot qiladi);

    • foydalaniladigan uzilish nomeri (ya'ni taqiqlash yo‘lining nomeri, u orqali kompyuterga adapter o‘zi bilan axborot almashinuvi zarurligi haqida xabar beradi);

    • bufer va yuklanuvchi xotiralarning asosiy manzili (ya'ni adapter tarkibiga kiruvchi kompyuter aynan shu xotira bilan muloqot qilishi uchun).

Bu ko‘rsatkichlarni foydalanuvchi tomonidan adapter platasidagi ulash moslamasi (jamper) yordamida tanlab o‘rnatish mumkin, lekin plata bilan beriladigan maxsus adapterni initsia-
116

lizatsiyalovchi dastur yordamida ham o‘rnatish mumkin. Hamma ko‘rsatkichlarni (manzil va uzilish nomeri) tanlashda e'tibor berish kerakki, ular kompyuterning boshqa qurilmalarida o‘rnatilib band bo‘lgan ko‘rsatkichlaridan farq qilishi kerak. Hozirgi zamon tarmoq adapterlarida ko‘pincha Plug-and-Play tartibi qo‘llaniladi, ya'ni ko‘rsatkichlarni foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilishining (sozlashning) hojati yo‘q, ularda sozlash kompyuter elektr manbayiga ulanganda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Adapterning asosiy tarmoq vazifalariga quyidagilar kiradi:

    • kompyuter va mahalliy tarmoq kabelini galvanik ajratish (buning uchun odatda signalni impuls transformatori orqali uzatiladi);

    • mantiqiy signallarni tarmoq signallariga va aksiga o‘zgar- tirish;

    • tarmoq signallarini kodlash va dekoderlash;

    • qabul qilinayotgan paketlardan aynan shu abonentga manzillashtirilgan paketlarni tanlab qabul qilish;

    • parallel kodni ketma-ket kodga axborot uzatilishda o‘zgar- tirish va axborot qabul qilishda aksiga o‘zgartirish;

    • adapterning bufer xotirasiga uzatilayotgan va qabul qi- linayotgan axborotlarni yozish;

    • qabul qilingan axborot almashinuvini boshqarish usulida tarmoqqa ega bo‘lishni tashkil qilish;

    • axborotlarni qabul qilish va uzatishda paketlarning nazorat bitlari yig‘indisini hisoblash.

Odatda hamma tarmoq vazifalari maxsus katta integral sxemalar yordamida amalga oshirilganligi uchun adapter platasining o‘lchami kichik va narxi arzondir.
Agarda tarmoq adapteri bir necha turdagi kabellar bilan ish- lay olsa, u holda yana bir sozlanish lozim bo‘lgan ko‘rsatkich qo‘shiladi (kabel turini tanlash). Masalan, adapter platasida u yoki bu turdagi kabelga ulash uchun moslama bo‘lishi mumkin. Adapterdan boshqa hamma mahalliy tarmoq qurilmalari yordamchi qurilmalar bo‘lib, ko‘pincha ularsiz ham ishni tash-
kil qilish mumkin.
Transiverlar yoki uzatish va qabul qilish qurilmalari (TRANsmitter+reSEIVER, приeмoпeрeдaтuики), ular adapter bilan tarmoq kabeli o‘rtasidagi axborotni uzatish uchun xizmat
117
qiladilar yoki tarmoqning ikki qismlari (segment) o‘rtasidagi axborot uzatishni amalga oshiradilar. Transiver signalni kuchaytirish, signal qiymatlarini o‘zgartirish yoki signal ko‘ri- nishini o‘zgartirish (masalan, elektr signalini yorug‘lik signaliga va teskariga) ishlarini bajaradi. Ko‘pincha adapter platasiga o‘rnatilgan qabul qilish va uzatish qurilmasini transiver deb ham yuritiladi.
Repiterlar yoki qaytaruvchi (repiter, пoвтoритeли) qurilmasi transiverga nisbatan ancha oddiy vazifani bajaradi. U faqat susaygan signalni qayta tiklab avvalgi, ya'ni uzatilgan vaqtidagi ko‘rinishga (amplitudasi va ko‘rinishini) keltiradi. Signalni qayta tiklashning asosiy maqsadi, tarmoq uzunligini oshirishdan iborat (6.2-rasm). Lekin repiterlar ko‘pincha boshqa funksiyalarni ham bajaradilar, masalan, tarmoqqa ulanadigan qismlarni galvanik ajratish. Repiterlar va transiverlar hech mahal o‘zidan o‘tayotgan axborotga hech qanday ishlov bermaydilar.




Download 2,22 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi

Download 2,22 Mb.