6.2-rasm. Tarmoqning ikki bo‘lagini repiter yordamida ulash
Honsentratorlar (Hub), o‘z nomidan kelib chiqadiki, bir necha tarmoq qismlarini birlashtirib bir butun tarmoq hosil qi- lishga xizmat qiladilar. Konsentratorlarni aktiv va passivga ajratish mumkin.
Passiv konsentratorlar konstruktiv jihatidan bir necha repiterlarni o‘z tarkibiga olgan bo‘ladi. Ular repiterlar bajaradigan vazifalarning o‘zini bajaradilar (6.3-rasm). Bunday konsentratorlarning alohida olingan repiterlarga nisbatan afzalli- gi — hamma ulanish nuqtalari bir joyga yig‘ilganligi. Bu tarmoq tuzilishini o‘zgartirishga qulaylik tug‘diradi, tarmoqni nazorat qilish va nosozliklarni topishni osonlashtiradi. Shuningdek, hamma repiterlar bu holda sifatli va bir nuqtadan elektr man- bayiga ulanadilar.
118
Konsentrator
6.S-rasm. Repiterli konsentratorning strukturasi
Passiv konsentratorlar ba'zi hollarda axborot almashinuviga aralashadilar, ya'ni ba'zi bir aniq xatoliklarni yo‘qotishga yordamlashadi.
Aktiv konsentratorlar ancha murakkab vazifalarni bajaradilar, masalan, ular almashuv protokollarini va axborotni o‘zgartirishni amalga oshiradilar. To‘g‘ri, bu o‘zgartirishlar ancha sodda. Aktiv konsentratorlarga misol, kommutatsiya qiluvchi konsentratorlar (switching hub), kommutatorlar bo‘lishi mumkin. Ular paketlarni tarmoqning bir qismidan ikkinchi qis- miga uzatadilar, lekin aynan shu tarmoq qismidagi abonentga manzillangan paketnigina uzatadilar. Bu holda paketning o‘zi kommutator tomonidan qabul qilinmaydi. Bu tarmoqda axborot almashish chastotasini kamaytirib yuboradi, chunki har bir tar- moq qismi faqat o‘ziga taalluqli paketlar bilan ishlaydi.
Ho‘priklar (Bridge), yo‘naltirgichlar (router) va shlyuzlar (gateway) turli xildagi tarmoqlardan bir butun tarmoq hosil qi- lish uchun ishlatiladi, ya'ni turli quyi bosqich almashish protokollari, xususan, turli formatdagi paketlar, turli kodlash usullari va turli tezlikdagi uzatishlar va hokazo. Ularni qo‘llash oqibatida murakkab va o‘z tarkibida turli xildagi tarmoq qism- laridan iborat tarmoqqa ega bo‘lamiz. Foydalanuvchi nazarida oddiy tarmoq bo‘lib ko‘rinadi, ya'ni yuqori bosqich protokollari uchun tarmoqda "shaffoflik" ta'minlanadi. Tabiiyki ko‘prik, yo‘naltirgich va shlyuzlar konsentratorlarga nisbatan ancha murakkab va qimmat, chunki ularda axborotga murakkab ishlov berish talab qilinadi. Ular kompyuter asosida hosil qilinib, tar- moqqa tarmoq adapterlari yordamida ulanadi. Aslida ular tar- moqning ixtisoslashtirilgan abonentlaridir (tugunlar).
119
Ho‘priklar — eng sodda qurilma bo‘lib, ular yordamida turli axborot almashish standartli tarmoqlarni birlashtirishda, masalan Ethernet va ArcNET yoki bir tarmoqning bir necha qismlarini birlashtirishda foydalaniladi. Masalan, Ethernet (6.4-rasm) foy- dalaniladi.
6.4-rasm. Ko‘prikni ulash
6.4-rasmning ikkinchi chizmasidagi holatda tarmoq qism- laridagi yuklamani taqsimlashga ishlatilib, tarmoqning umumiy unumdorligini oshirishga harakat qilinadi.
Yo‘naltirgichlar ko‘priklarga qaraganda ancha murakkab vazifani bajaradilar. Ularning asosiy vazifasi — har bir paket uchun qulay uzatish yo‘lini tanlashdir. Buning uchun tarmoq- ning eng ko‘p yuklangan qismlarini va buzilgan bo‘laklarini aylanib o‘tishi kerak. Ular odatda murakkab shoxlamali tar- moqda ishlatiladi, bu holda alohida olingan abonentlar o‘rtasida bir necha aloqa yo‘li mavjud bo‘lishi mumkin.
Shlyuzlar — bu qurilmalar protokollari katta farq qiluvchi, butunlay bir-biridan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishda ishlatiladi, masalan, mahalliy tarmoqlarni katta kompyuterlar bilan yoki global tarmoq bilan ulashda qo‘llaniladi. Bu qurilmalar kam qo‘llaniladigan va qimmat tarmoq qurilmalariga kiradi.
120
Agarda OSI modeliga murojaat qilsak, u holda repiter va repiterli konsentratorlar tarmoqni yoki uning qismini birinchi bosqich vazifasini bajaradi. Ko‘priklar — ikkinchi bosqich va- zifasini bajaradi, yo‘naltirgichlar — uchinchi bosqich vazifasini bajaradi, shlyuzlar — ancha yuqori bosqichlar vazifalarini bajaradilar (4,5,6 va 7 larda). Xuddi shuningdek, repiterlar bi- rinchi bosqich (hammasi emas, faqat ba'zi birlari) vazifasini bajaradi, ko‘priklar ikkinchi bosqich funksiyasini bajaradilar (birinchi bosqich va qisman ikkinchi bosqichda ularda tarmoq adapterlari ishlaydi), yo‘naltirgichlar — uchinchi bosqichi, shlyuzlar esa hamma bosqich vazifalarini bajarishi kerak.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
Kompyuter bilan tarmoq adapterlari qanday standart interfeyslar orqali ulanadi?
Tarmoq adapterlarining asosiy ko‘rsatkichlarini sanab bering.
Adapterning bufer xotira sig‘imi nimalarga bog‘liq?
Adapterlarning ish unumdorligi haqida nimalarni bilasiz?
Tarmoqlarni testlash dastur nomlarini aytib bering.
Tarmoq adapteri transiver bilan qanday ulanadi?
Repiterlarning vazifalari nimalardan iborat?
Konsentratorlar tarmoqdagi qanday oddiy xatoliklarni aniqlaydilar?
II sinf konsentratorlar vazifalari nimalardan iborat?
I sinf konsentratorlar vazifalarini sanab bering.
II sinf konsentratorlari o‘zaro qanday ulanadi?
Kommutatorning mantiqiy sxemasini tushuntirib bering.
Store-and-Forward kommutator vazifasini aytib bering.
Ko‘priklar vazifasi nimadan iborat?
Marshrutizatorlar bajaradigan vazifalarni aytib bering.
IPX tarmoq manzilining formati qanday?
121
7-B O B. LINUX
Bu bobda Linux operatsion tizimi OT asoslari va Linuxda tarmoq asoslari keltirilgan. Aniq tavsiyalar Red Hat Linux ti- zimida berilgan. Agar sizda Linuxning boshqa versiyasi berilgan bo‘lsa, u haqida ma'lumotlarni Internet resurslaridan olishingiz mumkin. Bu bobda Linux bilan ishlash asoslari keltirilmaydi, chunki bu mavzuga bag‘ishlangan juda ko‘p resurslar Internetda mavjud.
LINUX TARIXI
Linux operatsion tizimi sifatida Unix operatsion tizimidan kelib chiqqan. Unix operatsion tizimi 1970-yillari o‘rtasida yaratildi. Hozirgi vaqtda Unix OT koorporativ tarmoqda va kliyent-server tarmoqlarida ishlatilib kelmoqda. Unix operatsion tizimini kamchiligi bu dasturchilar uchun ochiqmasligidir. Universitetning hisoblash markazlarida ishlovchi va ishlab chiqarishdan yiroq bo‘lgan dasturchilar uchun Unix OT ochiq emas. Unix OT uchun qimmat bo‘lgan, hattoki o‘zi o‘rnatilib ishlatilayotgan kompyuter narxidan ham qimmat bo‘lgan. Mana shuning uchun ham Linux OT ning yaratilishiga sabab bo‘ldi. 80-yillarning o‘rtasida Richard Stollman va FSF (Free Software Foundation) bepul dasturiy ta'minot fondi OT ning ustida ish olib borildi. Oxirgi 10 yillikda ular Linux OT ning juda ko‘p komponentalarini yaratdilar. 1991-yilda esa Linus Torvalds tomonidan yaratilgan yadro va ular yaratgan komponentalar birga qo‘shilib biz hozir bilgan Linux OT paydo bo‘ldi. Linus Torvalds yaratgan OT yadrosi dasturchilar uchun juda qo‘l keldi, chunki u ochiq kodli bo‘lib ixtiyoriy foydalanuvchi yadroni o‘zi xohlagandek o‘zgartirib ishlashi mumkin edi. Biz bilamizki OT yadrosi OT tuzilishida juda katta o‘rin egallaydi, chunki u boshqa komponentalarning buzilmasdan to‘g‘ri ishlashini ta'minlaydi. Vaqt o‘tishi bilan dasturchilar soni ham ko‘payib boraverib, Linuxni tashkil etuvchi asosiy komponentalar yaratil- di. 1992-yilning mart oyida Linux yadrosining 1.0 versiyasi yaratildi. Bu sana Linux OT yaratilishining sanasi etib belgilan-
122
di. Shu kundan boshlab Linux OT da dasturlar yaratilishi, uning kompilyatorlaridan foydalanish imkoniyati tug‘ildi.
Linux OT hozir ham Unix OT ning egizagi sifatida juda ham tez rivojlanmoqda. Hozirda u juda ko‘p periferyali quril- malarni o‘z ichiga olgan va juda ko‘p apparatli qurilmalarni qo‘llab turadi. Yangi Intelning xarakteristikalaridan foydalanuv- chilarning undan foydalanish qulayligi tezkorligini va qudratliligini bilish mumkin. Texnik tomondan Linux OT Unix bilan bir xil emas. Lekin hozirda hamma ko‘p Linux OT ni ham Unix OT sifatida sertifikatlashtirish uchun harakatda.
DISTRIBUTIV TUSHUNCHASI
Dunyoda OT larning turi juda ko‘p, masalan, Windows, Mac OS, Unix, Linux va h.k. Har bitta keltirilgan nom bu aniq bir mahsulot. Misol uchun Windows — bu Microsoft firmasi tomonidan taklif etilgan Windows naborlari utilitalari, ya'ni drayverlar, dasturlar. Boshqa har qanday dasturlar, utilitalar Windows qismi deb qaralmaydi. Windows tizimi esa to‘liq das- turiy ta'minotisiz va foydalanuvchilar uskunalarisiz tizim hisoblanmaydi.
Linux terminining to‘liq nima ekanligini aniqlash mumkin emas. Bu termin ixtiyoriy narsani bildirishi mumkin, ya'ni uning yadrosidan tortib to shu yadroda bajariluvchi dasturlarni ham anglatishi mumkin. Aniq bir dasturlardan yoki utilita va drayver- lardan iborat bo‘lmaganligi uchun ham Linux va uning ver- siyalari ham hamma uchun ochiq bo‘ladi. Mana shu ver- siyalarning har bittasi distributiv hisoblanadi.
Distributivlar yadroning har xil versiyalari, dasturiy ta'minoti majmualari, utilitlar, drayverlar va bular o‘rnatish tartibi bilan bir-biridan farq qilishi mumkin.
Distributivlarning har xilligidan OT larning ham har xil ver- siyalari mavjud. Lekin ularning asosida hamma versiyalari uchun yozilgan dasturning boshqa versiyalarida ham ishlashini ta'min- lashi ularning qandaydir jihatdan birligini saqlab turadi. Linuxning ko‘pgina distributivlarining asosi dasturlar, utilitalar va kutubxonalar jamlanmasidan iborat. Distributiv ishlab chiqaruvchilar fikriga ko‘ra bular har qanday OT larning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak deb o‘ylashadi. Hozirgi davrda Linuxning
123
ko‘pgina distributivlarida FHS (File System Hierarchy Standard — faylarning iyerarxik ko‘rinishi standarti) standarti bo‘yicha chiqarilmoqda. Linux uchun Netscape Communicator yoki Corel WordPerfect singari katta tijorat dasturlarini ham yaratish mumkin va bular ixtiyoriy Linuxning distributivlarida ishlaydi.
Agar tizimda bu dasturiy ta'minotning ishlashi uchun biror- ta component yetishmasa, uni Internet resurslaridan qidirib topib o‘rnatsa bo‘ladi.
Linux Red Hat 7.1
Bu eng ko‘p tarqalgan Linux distributivlridan biridir. Red Hat ni taniqliligining sabablaridan biri bu uning tizimida paket- larni Red Hat Package Manager (rpm) boshqarish dasturining borligidadir. Bu tizim dasturiy tizimni testlash va shunday kon- figuratsiyaga mo‘ljallanganligi, uni ishlatgandan keyin dastiriy ta'minotni ishlatish uchun tayyor holda bo‘ladi. U boshqa dis- tributivlar uchun mo‘ljallashtirilgan. Faqat SuSE va Caldera Linuxlaridan tashqari. Oddiy paketlarda boshqarish vositalarini ketma-ket yuklash, o‘rnatish va yangi paketlarning konfigura- tsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Albatta Linux Red Hat uchun paketlarni boshqarish yetarli emas edi. Uning dastruiy ta'minoti bepul tarqatiladi. Paketlarni boshqarish tizimining bitta yaxshi tomoni tizim versiyasini yangilashning osonligidir.
LINUX ning INTERNET TARMOG‘IGA ULANISHI
Linux boshqaruvida ishlayotgan tizimning Internetga ulash bu oson masala emas. Lekin unda ko‘p foydalanuv- chilar uchun bo‘lmasa osonlashtiriladi. Chunki ular Linuxni Internetga ulayotgan vaqtda X Windows muhitidan foy- dalaniladi. PPP ning qisqacha ta'rifi va Internet dunyosida uning qisqacha mavqeyini keltiramiz. PPP (Point-to-Point Protocol — protocol nuqta-nuqta) — bu protocol TCP/IP protokollari uchun ishlab chiqarilgan va analog modemlar uchun qo‘llaniladi. Shunday qilib Internetga ulanish vaqtida PPP protokolini qo‘llab, shu ISP tarmog‘ining bir qismiga aylanasiz va bu orqali siz IP adres olasiz.
124
Odatda Internetga uzoqdan ulanish terminal dasturiy ta'minot orqali amalga oshiriladi. Markaziy server sifatida Unix OT turgan kompyuter tushuniladi. Bunday holatda server bo‘lgan kompyuter Internet tuguni hisoblanadi. Internetga ulanish texnologiyasining xilma-xilligi PPP ulanishlarning xilma-xilligiga olib keladi. PPP ulanish bitta IP ajratish yo‘li bilan yoki IP adresning dinamik qo‘yilishi orqali ham ulanish mumkin. Ulanishlar maxsus autentiratsiya probikollarini ish- latish mumkin. Misol uchun PAP (Password Authenticotion Protocol) yoki bo‘lmani standart so‘rov javob tuzishini qo‘llash mumkin. Ulanishlar qo‘l bilan ulash yoki avtomatik tarzda ulash orqali amalga oshiriladi. Linux yadrosi juda mukammal bo‘lgan holda u juda ko‘p texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. PPP ulanishni amalga oshirish uchun Linux yadrosi PPP ulanishni qo‘yish kerak. Linux yadrosi PPP ulanishni amalga oshira oladimi, yo‘qmi bilish uchun tizim yuklanayotgan, berilayotgan xabarlarga e'tiboringizni qarating. Agar quyidagicha xabarlar tizim yuklanayotganda ishlab PPP generic driver version 2.4.0.
PPP Deflate Compression module registered
PPP BSD Compression module registered. Bunda Linux yadrosi PPP ulanishlarni yarata oladi. Agar xabar juda tez chiqadigan bo‘lsa, unda dmesg komandani qo‘llab $dmesg|more xabarlarni ko‘rishingiz mumkin.
Red Hat Linux 7.1 tizimi PPP ulanishlar to‘lov o‘rnatil- ganda qo‘yish mumkin. PPP ulanishlarni amalga oshirish uchun ikkita dastur ishlatiladi: |usr|sbin|pppd va |usr|sbin|chat.
Red Hat Linux 7.1 0 — u ppp — 2.4.0.—2 paketining qis- midir. Uning o‘rnatilgan yoki o‘rnatilmaganligini tekshirish uchun $rpm-2ppp — ppp — 2.4.0.—2 buyrug‘ini berish yetar- lidir.
pppd va yoki chat dasturini ishlatish uchun qo‘shimcha das- turlar o‘rnatish kerak bo‘ladi. Birinchi navbatda Red Hat CD ROM ni montirlash kerak va ppp — 2.4.0 —2i386 pm PPP ning oxirgi versiyalarini «Samba» saytida yuklab olib o‘rnatish mumkin. Arxivni ochish uchun quyidagi komanda ishlatiladi.
Linux ning README nomli matn faylini o‘qish foydadan xoli emas. PPP paketini o‘rnatish shu dasturni faqat kompilyat- siya qilish emas, Linux yadrosini ham qayta kompilyatsiya ulanish kerak deganidir.
125
Red Hat tizimida PPP ulanishlarni amalga oshirishni grafik ko‘rinishi RP3. Agar shu Linux ulanishlarini qo‘llab-quvvatlay- digan ISP provayderini ishlatayotganimizda internetga ulanish oddiy uchta ulanishdan iborat bo‘ladi.
RP3ning eng yaxshi tomoni bu uning oddiyligidir.
RP3 ni HONFIGURRTSIYA QILISH
Odatda tarmoqni konfiguratsiya qilish ish stolida mavjud bo‘ladi. RP3 ni ishga tushirish uchun Dialup Configuration tug- masini ikki marta bosing yoki bo‘lmasa /usr/bin/rpЗ-config buyrug‘ini ishga tushirish kerak.
Agar shu RP3 ni birinchi marta ishlatayotgan bo‘lsangiz, u holda master ishga tushadi. Next tugmasini bosing. Agar model ham sozlanmagan bo‘lsa unda Selekt Modem degan dialogli oyna ochiladi, unda shu o‘zingizni tanlaysiz. Modemni telefon liniyaga ulashni tanlab Next knopkani bosing.
7.4.1-rasmda RP3 hamma qurilmalarni tekshirib ko‘rayapti. Agar Internetga ulanuvchi yangilanishli dialogli oyna paydo bo‘lmasa, lekin Internet konnekshin oynasi bo‘lsa, unda ADD tugmasini bosing. Agar bu oyna ham paydo bo‘lmasa, u holda siz RP 3 to‘g‘ri o‘rantilgan yoki o‘rnatilmaganligini tekshiring.
Agar RP3 kerakli qurilmani topgan zahoti avtomatik tarzda telefon liniyasida signal bor-yo‘qligini tekshiradi. Qurilmaning hamma fayllarini tekshirib, keyin natija chiqaradi. Agar birorta modem topilmasa, unda bu oynada bir nechta parametrni berib Linuxni modem qidirishga va topilgan modemni ishlatishga olib kelish mumkin. Agar modem topilgan holda ham bu oynani ochish uchun Modify this Modem Manually degan opsiyani tanlab ham ochish mumkin.
126
|