7.6-rasm. Efax dasturi yordamida yaratilgan fayl
Bir nechta fayllarni bitta fayl kabi jo‘natish.
Bitta faylni faks kabi jo‘natishdan tashqari, bir nechta faylni bitta faks kabi jo‘natish mumkin. Agarda /tmp/textfile matnli fayldan so‘ng /tmp/textfile2 matnli faylni jo‘natish lozim bo‘lsa, unda $ fax send 9-123-4567 /tmp/textfile /tmp/textfile2 buyruqdan foydalaniladi. U fayllarni berilgan tartibda jo‘natadi. Eslatma. Shu usulda faqatgina bir nechta fayllarni kombi- natsiyalash mumkin. PostScript fayllarni matnli fayl yoki PostScript dagi boshqa fayllar bilan birlastirish uchun berilgan buyruq ishlamaydi. Agarda sahifalarni boshqa tartibda yoki
139
fayldagi bir nechta sahifalarni jo‘natish lozim bo‘lsa, nima qilish kerak? Buning uchun faylni faks-formatlangan TIFF faylga o‘zlashtirish lozim. Har bitta faks sahifasi alohida faylga joy- lashgan bo‘ladi va jo‘natish uchun konkret sahifalarni ko‘rsatish mumkin.
Shunday qilib, fax dasturi yordamida faks-formatlangan fayllarni yaratish imkonidan foydalaniladi. Masalan, agarda uchta sahifadan iborat bo‘lgan /tmp/psfile nomli PostScript fayl mavjud bo‘lsa, uni quyidagi buyruq yordamida uchta faks for- matlangan TIFF faylga o‘zlashtirish mumkin:
$ fax make/tmp/psfile
Natijada, uchta fayldan iborat bolgan sahifalar mavjud bo‘ladi. Ularning nomlari quyidagicha: /tmp/psfile.001,
/tmp/psfile.002 va /tmp/psfile.003.
Faylni faks-formatga o‘zlashtirilgandan so‘ng hosil bo‘lgan sahifalar boshlang‘ich faylni kengaytmasini tartiblagan uchta raqamdan iborat bo‘lgan nomga ega. Masalan, test.txt fayl test.txt.001, test.txt.002 va h.k. nomli sahifalarni yaratadi.
Fax make buyruqni ishlatishda foydalanuvchi uchun bitta opsiya — bu quyi —1 kengaytkich rejimini tanlash.
$ fax make —1 /tmp/psfile
Avvalgi o‘zlashtirilgan uchta satrli hujjatga qaytamiz. Agarda uchinchi va ketidan birinchi sahifani jo‘natmoqchi bo‘lsak (ikkinchini jo‘natmagan holda), quyidagi buyruq bajariladi:
$ fax send /tmp/psfile.003 /tmp/psfile.001
Linux uchun Web serverlar. Web, avvalambor, Unix olami- da paydo bo‘lgan. Shuning uchun mavjud bo‘lgan ko‘pgina Web serverlar Unix platformasi uchun yozilgan. Unixda mavjud bo‘lganlarning hammasi Linux da ham erkin ishlatiladi. Linux- ning ko‘pgina Web serverlari tekin. Linux dagi taniqli Web serverlar:
NCSAhttpd;
Apache;
AOLserver;
Boa;
WN;
W3G/Cern;
Kommersiya serverlari:
140
Fast/Track/iPlanet;
Java Web Server;
Stronghold;
Zeus.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
Linux operatsion tizimi qanday yaratilgan?
Distributiv degani nima?
Linux operatsion tizimini Internetga qanday ulanadi?
RP3 tizimi qanday ishlatiladi?
Faylga chiqarish qanday amalga oshiriladi?
Bosmaga chiqarish qanday amalga oshiriladi?
Web sahifani ochish uchun qaysi dasturdan fordalaniladi?
Search Sidebar dasturi nima uchun ishlatiladi?
DNS xizmatidan qanday foydalaniladi?
Tarmoqdagi komputerlarning IP adreslari qanday aniqlanadi?
PPP ulanish qanday amalga oshiriladi?
141
8-B Î B. TÅLÅKÎMMUNIKÀTSIYA. KICHIK ÀTS
Hozirgi axborot kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrda, ertami yoki kechmi, albatta, o‘z imkoni- yatlaridan kelib shiqqan holda, o‘z ofisi telefon tarmog‘ini yaratish muammosi kelib shiqadi. Ofisning ATS ini yaratayot- ganda tashkilotning kommunikatsion va telefon stansiya imkoniyatlarini hisobga olish zarur.
Birinshi navbatda, tarmoqda nechta port (ichki va tashqi ulanishlar o‘rni) bo‘lishini aniqlab olish zarur. Agarda tar- moqdagi telefonlar bitta shahar liniyasiga tegishli bo‘lsa va ichki abonentlar soni 4—6 tadan ortiq bo‘lsa, mini ATS dan foy- dalanish ancha foyda beradi. Bunday stansiyalarning o‘zimizda va shet elda ishlab shiqarilganlarini deyarli narxi teng. Bunday stansiyalarni montaj va ko‘chirish oson bo‘lib, ularni kvar- tiralarda, dachalarda, kottejlarda, supermarketlarda va ofislarda qo‘llash mumkin.
Agarda abonentlar soni 50 tadan oshmasa va tarmoqda funksional imkoniyatlar talab etilmasa — analogli ATS lardan foydlanish mumkin. Analogli ATS da amplitudasi o‘zgarib tu- ruvchi impulsli elektrik signal bo‘lib, u raqamli ATS dan narxi- ni pastligi va shahardagi raqamli kanallarga ulanib bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Bunday stansiyalar 20—30 dollar atrofida tura- di, o‘zimizning stansiyalar chet elda ishlab chiqarilganlaridan arzon bo‘lib, ular abonentga kam sonli xizmat ko‘rsatadi.
Analogli stansiyalarda abonentlarga simsiz aloqa qiluvchi ofis ATS larni ham tashkil qilish mumkin. Raqamldi ATS abonentlarga yangi imkoniyatlarni ochadi. U ikki impulsli potoklarda ishlaydi. Signal impulsi kodli modul metodi yordamida o‘tadi. Bunday ATS ni portlar soni 50 dan oshganda ishlatish foydali.
ATS quyidagicha sinflarga bo‘linadi:
Qo‘llanish sohasi
|
Ofis va o‘quv muassasalarida
|
Ulanish liniyasi
|
Analogli va raqamli, IP ATS
|
O‘lchami
|
Mikro ATS va mini ATS
|
142
Ofis ATS — kichik gibridli bo‘lib, arzon bo‘lgan kichik hajmli avtomatik telefon stansiyasidir. Uning asosiy vazifasi katta miqdordagi xizmatlarni o‘z ichiga olib, firmadagi barcha ishchilarni ma'lum bir miqdordagi shahar telefonlari yordamida va tashkilotning ichki tarmog‘i orqali bir-birini bog‘lash hisoblanadi.
Analogli ofis ATS iga 2 kabelli analogli telefon apparatlari (TA) ulanadi. O‘z biznesini rivojlantirmoqchi bo‘lgan firma rah- barlari, albatta, raqamli ATS ni qo‘yishadi. Bunday stansiyalar dasturlash tizimga ega bo‘lib, foydalanuvchiga juda katta imkoniyatlar yaratadi.
Raqamli ATS oldin o‘rnatilgan telefon tarmog‘idagi barcha imkoniyatlarni saqlab qolish imkoniyatini beradi. (Uni analogli TA da ham qo‘llash mumkin) va servis xizmatlarini 200 tagacha oshiradi. Albatta, raqamli texnikalar analoglilaridan ustun. Birinchidan, signal sifatida judayam yaxshi, shunki apparat faqat bor impulslarni oladi, shuning uchun buzilgan impulslar uni qayta ishlanishi va tiklanishiga ta'sir qilmaydi. Ikkinchidan, raqamli ATS ofis ATS li imkoniyat bo‘yicha analogik texnikalardan ancha ustun. Raqamli stansiyalar yuzlab xizmatlarni taklif etadi.
Raqamli texnika o‘zgacha darajadagi universallikka ega. U raqamli axborotlarni qayta ishlash bilan birga, uni bir vaqtning o‘zida axborotni boshqa manbalarga ham uzatish imkoniyatiga ega (videosignallar, elemetariya signallari va boshqalar).
Raqamli stansiyalarga ulanuvchi eng keng tarqalgan — bu raqamli tizimga ega bo‘lgan TA. Ular 4 va 2 kabelli ISDN liniyalarga ulanadi (turiga ko‘ra S — interfeysli yoki U — interfeysli). Gibridli tizimlarda, ya'ni o‘z ichiga analogli va raqamli axborotlarni uzatishlarni oluvchi tizim- larda 4 kabelli ulanishlardan foydalaniladi. Ulardan birinchi juftligiga analogli, ikkinchi juftligida esa raqamli tizim bo‘ladi. Raqamli tizim uzunligi 800 m dan 3 km gasha bo‘lishi mumkin.
143
RRQRMLI TELEFONLRRNING FUNHSIONRL IMHONIYATLRRI
Raqamli telefonlarning funksional imkoniyatlari turli- tuman. Bunday imkoniyatlarga DISA (Direct Inward System Access) avto kotib, ovozli pochta, oldingi raqamli avtomatik tizim va boshqalarni keltirish mumkin. Bunday xizmatlarning barchasi maxsus stansiyalar uchun ishlab chiqarilgan telefon tizimlaridan foydalanishi mumkin. Uning grafik ekranida matnli ma'lumotlar unga telefon qiluvchi abonentlar kim yoki ularning nomeri, yon daftarchasi, ekran menyusi, yordam va albatta, ichki va tashqi, raqamli telefon direktor- lar kotib funksiyasiga axborot yetkazish, ichki va tashqi kon- ferensiya — aloqa qilish imkoniyatlariga ega.
Yaxshiroq modeldagi telefon tizim rahbar stolida o‘ntacha telefon va pultlarning o‘rnini bemalol egallay oladi. Hamda aloqaning ishonchli nazoratchisi bo‘lishi bilan birga, kotibning yordamchisiga aylanadi. Oddiygina modellar kichikroq firma rahbarining ishini ta'minlashi mumkin.
Ofis ATS ning imkoniyatlari va buyurtmachining talablariga qarab uning modeli aniqlanadi. Qo‘shimcha qurilmalar sifatida ISDN terminallari, kabelsiz telefonlar, administrator kom- pyuterlari ovozli nota yoki tarifikatsiya, printerlar, modemlar, domofonlar, tashqi yuqori gapiruvchilar va qo‘ng‘iroqlarni ko‘rish mumkin.
O‘rta yoki katta tashkilotlarning raqamli ATS tizimga o‘tishi, tashkilot uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
bu tizim tashkilot uchun yagona telefon va axborot almashuvchi universal tarmoq vazifasini o‘tashi mumkin;
fizik liniyalar sonini chegaralab, shahar tarmog‘iga ko‘p kanalli chiqish imkoniyatini berishi mumkin (masalan, E1 liniyasi bo‘yicha):
avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish imkonini berishi mumkin.
Ofisning raqamli ATS ga ketadigan xarajat har bir port uchun 50 dan 400 $ gacha turadi. Agarda raqamli ATS li tashkilotning aloqa tizimi loyihasi yaxshi tuzilgan bo‘lsa, unga sarflangan mablag‘lar o‘z foydasini beradi, ya'ni 10 yil davomida bemalol ishlab beradi. Ofisning ATS modelini tanlash — asosiy masala-
144
lardan biridir. Kimgadir uning ishonchliligi, kimgadir uning aniq interfeysliligi muhim. Shuning uchun bu masalaning universal yechimi mavjud emas. Albatta buni boshlashda va kelajakda siz texnik tomondan imkoniyatga ega bo‘lishingiz kerak.
Agar texnik tomondan qo‘llab-quvatlash narxi qurilmalar- ning narxi ichiga kirmagan bo‘lsa, siz qo‘shimcha xarajat qili- shingizga to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, ofis ATS ni o‘rnata- yotganda, albatta, shu sohani biladigan professionalga topshirish kerak.
Ancha vaqtgacha ofis ATS lari abonentlar liniyasiga ma'lum bir darajada yuk (nagruzka) tushirib kelgan. Elektoron qurilmalarni paydo bo‘lishi bilan ahvol o‘zgaradi: endi esa ofis ATS isiz tashkilot ishini tasavvur qilib bo‘lmaydi:
OFIS (O‘QUV MURSSRSRLRRI) RTS ini SOTIB OLISH
Hozirgi vaqtda Rossiya bozorida bunday qurilmalarni o‘nlab ishlab shiqaruvchilar taklif qilmoqdalar. ATS ni tanlayotganda ikkita asosiy aspektga e'tibor berilmoqda: ATSning zarur funksiyalari va narxi. Asosiy o‘rinni uni ishonchliligi va kengaytirish imkoniyatlari o‘ynaydi.
Birinchidan, texnik masalani bajarish uchun nima qilish kerak: oldindan ATS nima uchun kerak va u qanday vazifalarni bajarishini bilib olish kerak. Buning uchun ATS ning quyidagi parametrlarini hisobga olish kerak:
ATS ning o‘lchami va kengayish imkoniyatlari. Shaharda ulanganlar soni va ichki abonentlar soni yig‘indisi ATS o‘lchamini beradi (portlar soni). Bundan tashqari, qanday qilib uni o‘lchamini kengaytirish mumkin va u qancha xarajat talab qiladi.
Ulanishlarga cheklovlar. Bir vaqtning o‘zida suhbatla- shuvchilarning soni va ichki ulanishlar soni. Chegaralanishning imkoniyatlari va ichki abonentlar uchun chiqishning chegaralanganligi.
Interfeysi. Shaharga va ichki liniyalarga ulanish usullari. Analogik abonentlar uchun oddiy ikki kabelli qurilmalardan foy- dalaniladi. Agarda ( 3 km dan ortiq) yangi abonentni ulash kerak bo‘lsa, u holda oldindan ATS ni tanlanayotgan ish imkoni- yatlarga e'tibor berish kerak.
145
Raqamli abonentlar — tizim telefon apparatlarini va ma'lumot uzatuvchi qurilmalar uchun ishlatiladi. Bunday apparatlar tashkilotning operatorlari, direktorlar yoki nazo- ratchilari uchun juda ham zarur. Ularning displeyi har xil o‘lchamda bo‘lishi mumkin, spikerfon (yuqori aloqa), turli xildagi funksional va dasturiy tugmalar va qo‘shimcha tug- malar.
Liniyali interfeyslar va ulanish liniyalari (UL).
Ikki kabelli ulanish liniyalari, odatda shahar ATS i abonentlari uchun hajmi 100 — 200 dan oshmagan ATS ga raqamli ulanish (E1, ISDN PRT) ga o‘tish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha interfeyslar: RS 232 yoki Ethernet ATS ni sozlashda va dasturlashda juda ham muhim, shuningdek abonentlarning UATS ulanishdan hosil bo‘lgan ma'lumotlar o‘chirish uchun ham muhim. Kompyuterga ulanish abonentlarni hisob raqamini va tariflarni qo‘yishi muhim rol o‘ynaydi.
ATS ning uzluksiz va ishonshli ishlashi. Shuningdek tashkilotlar borki, ularda umuman aloqa uzilmasligi kerak. Bunday xossasi ular uchun juda muhim. Bunda boshqaruv qurilmalari va elektr ta'minoti manbayi imkoniyatlari asosiy rol o‘ynaydi. ATS ishini 30 daqiqa ta'minoti yoki ATS ni 4—8 daqiqa davomida elektr bilan ta'minlash uchun standart o‘lchamga ega bo‘lgan uzluksiz elektr ta'minoti manbalaridan foydalaniladi. Eng yaxshisi ATS da akkumulator batareyalari- dan foydalanish qulay, chunki ularning uzluksiz elektr ta'minotini berish vaqti uzoqroq va UPS ga nisbatan arzon.
ATS ni sotib olishda quyidagilar zarur:
O‘z tarmog‘ingiz infrastrukturasini analiz qiling. Nechta va qayerda ichki ulanuvchi nuqta mavjud? Sizning telefon tarmog‘ingizda mobil abonentlari bo‘ladimi?
Shahar ATS iga ulanish uchun qancha uzunlikdagi liniya zarur? Tarmoqni kengaytirish uchun qo‘shimcha ravishda shahar liniyalarini ijaraga olish yaxshimi yoki qimmat turuv- chi bir kanalli liniyalarni raqamli kanalga o‘tkazish yaxshimi?
Joriy ATS ni ekspluatatsiya qilish. 100 portdan ko‘p ATS ni ekspluatatsiya qilish uchun kamida bitta shu soha bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis kerak.U ti- zimning apparatli va dasturiy komponentalarining aloqa
146
vositalarini, tarmoq kabellarini o‘rnatish va foydalanuvchi haqida ko‘nikmalar berishi lozim. Xizmatlar va qurilmalarni taklif etuvshi firma bilan shartnoma tuzib, ma'lum miqdordagi mablag‘ni tejash mumkin. Agarda siz ortiqcha muammolardan yiroq bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, tajribali patavishnikni tanlangda, unga ATS bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni topshiring.
Sizning ATS ingiz qanday imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Sizningсha, qo‘ng‘iroqlar operator yordamida qabul qilinishi yoki pulni tejash maqsadida qo‘ng‘iroqlar «Avtomatik operator»ga borsinmi?
Firmangizni obro‘sini oshirish va standart savollarga javob berish uchun ishchining vaqtini olmaslik uchun avtoinfor- matordan foydalanish zarur.
Shartnomada albatta quyidagi punktlarni qo‘shish zarur: keragidan ortiq uskunalar, uzluksiz ta'minot manbalari, nosozlik holatida tizimingizdagi ma'lumotlarni saqlash va apparatlarni o‘z vaqtida almashtirish kabilarni kiritish lozim.
Muassasadan chiqadigan bog‘lanishlar tarifikatsiyasini ishlab chiqish ATSning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tarif bo‘yicha shaharlararo bog‘lanishlarda firmaning xarajatlari- ni qoplaydi.
Tizimda telefon orqali bo‘ladigan suhbatlarni yozib olish. Ko‘p kanalli kompyuter tizimi orqali sizning ATS orqali ishchilaringizni barcha shahar va shaharlararo abonent bilan suhbatlarni yozib olish mumkin. Bu firma uchun nima beradi.
Xarajatlarni nazorat qilish: xizmat yuzasidan va shaxsiy suhbatlarni aniqlash uchun (kim, qachon, kim bilan nima haqida gaplashdi);
telefondagi maxfiy ma'lumotlar ustidan nazorat o‘rnatish uchun (bu ishchilaringizni tartibga solish uchun muhim rol o‘ynaydi);
muhim suhbatni tinglash mumkin.
147
RTS ISHLRB CHIQARUVCHI FIRMRNI TRNLRSH
mаslаhаt. Telefon stansiyasini magazindan olmang. Ko‘pgina magazinlar yetarli darajadagi xizmatlarni ko‘rsata olmaydi. Eng yaxshisi maxsus ATS bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotdan olgan ma'qul.
mаslаhаt. Agarda siz raqamli kanal orqali umumiy foy- dalaniladigan telefon tarmog‘iga ulanmoqchi bo‘lsangiz, shahar ATS ga ulanish bo‘yicha texnik ko‘rsatmani oling. Aks holda stansiyangizni mos kelmasligi natijasida va boshqa texnik muam- molar natijasida ma'lum miqdorda zarar ko‘rishingiz mumkin.
mаslаhаt. Oldingi texnik shartlar yuzasidan mutaxassisga murojaat qilib, o‘z tanlagan mahsulotingizni tekshirtirib ko‘- ring.
mаslаhаt. Sotuvchi firma bilan kafolat vaqtigacha va kafolatdan keyingi shartni aniqlashtirib oling.
mаslаhаt. Tekshirib ko‘ring-chi, sotuvchining o‘zi stan- siyadan foydalandimi, agarda yo‘q bo‘lsa, yaxshisi tavakkal qilmagan ma'qul.
mаslаhаt. Agarda siz tanlashni bilmasangiz, bizning mutaxassisga murojaat qiling. Sizga yordam beradi.
Telefon xizmatlarining qo‘shimcha ko‘rinishi yoki ofis ATS i nima uchun kerak? Ofisli ATS — foydali biznes uchun juda muhim. Bu firmalarning ichki telefon vositalarini nazorat qilish, ofisdagi har bir abonentni funksional imkoniyatini tek- shirish va vaqtini tejash uchun muhim.
Ofis ATS i firmaning professional qiyofasini va mijozlar orasida uning ommaviyligini oshiradi. Zomonaviy ATS larni hajmini va funksional imkoniyatlarini oshirishi, faks va telefon- larga moslashganligi hamda unga ulangan kompyuter yordamida monitoring o‘tkazish imkoniyatlariga ega. Hech qanday mulohazaga ega bo‘lmagan shaxslar uchun uning tashqi sozlash- larini bajarish oson va tushunarli bo‘lib, mijozlar bilan aloqani optimal darajaga olib chiqadi.
Telefon stansiyasi — ko‘pgina qulayliklarga ega bo‘lgan, ofis ishini optimallashtiruvchi va pulni tenglovchi tizimdir.
ATS ni ishlatish iqtisodiy jihatdan qulay va foydali bo‘lib, oddiygina misollar kiritamiz:
148
Telefon stansiyasi shahar liniyalariga xalaqit bermasdan ichki so‘zlashuvlarni olib borish imkonini beradi. Bunday telefon so‘zlashuvlarining vaqtga qarab to‘lanishi pulni tejab qoladi.
Qayta adreslash
Shunday vaqtlar bo‘ladiki, ishchilarning bir telefondan boshqa telefonga o‘tish uchun etajma-etaj va xonama-xona yurishiga to‘g‘ri keladi. Har xil xonalarda joylashgan ishchilarni qidirishga ko‘p vaqt ketadimi? Siz mijoz bilan suhbatlashayotib, undan iltimos qilib kutib turishini so‘rashingiz, trubkani qo‘ymasdan bitta tugmani bosgan holda musiqa tinglashingiz, kerakli xodim bilan suhbatlashib, so‘ngra mijozingiz bilan suh- batni davom ettirishingiz mumkin. Bu bilan siz o‘zingizni va mijozingizni vaqtini tejaysiz.
Pereadresatsiyadan foydalanishga misol: shahar qo‘ng‘irioq- larini sizning kotibangiz olib ma'lumot beradi, qo‘ng‘irioqlar tarifikatsiyasi barcha qo‘ng‘iroqlarni analiz qilish imkonini bera- di: shahar va ichki qo‘ng‘iroqlar soni, vaqti va qayer bilan gaplashganligini aniqlash oson.
Ofis va o‘quv muassasalari RTS ining imkoniyatlari
Nomer terishda ulanish liniyalarini aniqlash kerakli nomer- lar bilan ulanishni osonlashtiradi. Har bir abonentni tez topib olish uchun yon daftarchadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Raqam termasdan turib abonent bilan ulanish imkoniga ega bo‘lib, ixtiyoriy abonent bilan ulanishni biror-bir tugmacha yor- damida amalga oshiriladi. Abonent ma'lum bir N daqiqada raqam termasdan kerakli liniyaga tushadi.
Oxirgi nomer bilan qayta ulanish uchun nomer avtomatik teriladi. Tugmalardan biri buni bajarish imkonini beradi: saqlangan nomerlar bilan suhbatlashish. Tugmalar saqlangan nomerlar bilan qaytadan suhbatlashish imkonini beradi. Agarda chaqirilayotgan abonent band bo‘lsa, kutib turishni ma'lum qilish. Abonent band bo‘lsa, suhbat tugagandan so‘ng yoki suhbat davomida buni biladi va chaqirilayotgan abonent bilan ulanadi.
149
HONFERENS RLOQR
Avtomatik konferens aloqada qatnashuvchilar oldindan aniqlanadi. Konferens aloqada barcha qatnashuvchilar eshi- tiladi. Konferens aloqani boshlovchi tomonidan o‘rnatiladi. Boshlovchi konferensiya kodi va qatnashuvchilar raqamini teradi. Joriy suhbatdan chiqmagan holda yangi suhbat qilish mumkin. Bunda joriy abonent avtomatik ravishda «ushlab» turiladi. Abonent suhbatga qo‘shilib, uch tomonlama kon- ferens aloqa hosil qilinadi.
Suhbat vaqtida uchinchi abonentni ulashda 1 yoki maxsus tugmadan foydalanilib, stansiyaning javobidan so‘ng yangi nomer teriladi. Bu bilan yangi abonent bilan vaqtinchalik ulanish amalga oshiriladi. Uchinchi abonent bilan ulanish tugagandan so‘ng, oldingi ulanishga qaytiladi.
Uchinchi abonent bilan birinchi abonentni ulash uchinchi abonentga ulanish uchun kodni terish bilan amalga oshiriladi.
Majlisni boshqarish. Odatiy konferensiya — aloqadan farqli o‘laroq, majlis tashkilotchisi majlis qatnashuvchilari, ya'ni abo- nentlarni tanlash imkoniyatiga ega. Kerakli tugmalarni bosgan holda majlis qatnashuvchilariga gapirish va eshitish imkoni- yatlarini beradi. Bu funksiyalar maxsus ATS larda mavjud.
Chiqish aloqalarini taqiqlash va chegaralash
Abonent (telefon egasi) chiqish qo‘ng‘iroqlarini taqiqlashga ruxsat berishi mumkin. Bunda telefon qiluvchi abonentga «liniya o‘chirilgan» degan ma'lumot jo‘natiladi va abonent telefonidan qo‘ng‘iroq qilinmaydi.
Chiqish aloqalarini chegaralash quyidagicha amalga oshiri- ladi:
Shaharlararo aloqaga chiqishda parol bilan chiqishning o‘rnatilishi;
Shaharga chiqishning parol bilan amalga oshirilishi;
Ixtiyoriy bog‘lanishlar parol bilan amalga oshirilishi;
Chiqish qo‘ng‘iroqlarini taqiqlash;
Chiqish pulli qo‘ng‘iroqlarni o‘chirib qo‘yish;
Ma'lum bir abonentlarga shaharlararo qo‘ng‘iroqlarga ruxsat berish.
150
Bularning barchasi tarmoq administratori tomonidan amal- ga oshiriladi. Ma'lum abonentlarga tashqi liniyaga chiqishni o‘chirib qo‘yish.
Hirish qo‘ng‘iroqlariga doir masalalar
Har bir shahar liniyasi dasturlashtirilganda qaysi ichki telefon yoki telefonlar guruhi telefon qilganligi, agarda shahardan qo‘ng‘iroqlar qilingan bo‘lsa aniqlanadi. Qo‘ng‘i- roqlarni quyidagicha ham adreslash mumkin: agarda bitta telefon javob bermasa yoki band bo‘lsa, u holda qo‘ng‘iroq ikkinchi telefonga shu tariqa boshqalarga o‘tadi.
DISA funksiyasi — shahar nomeriga yo‘llantirilgan qo‘ng‘iroqlarni avtomatik ravishda ichki telefonga jo‘natish imkoniyati. Chiqish qo‘ng‘iroqlarini vaqtinchalik adreslashtirish. Buni bajarish uchun xizmat kodini va telefon nomerini terasiz. Bu abonentga qo‘ng‘iroq qilsangiz, bu avtomatik ravishda bel- gilangan telefonga adreslashtiriladi. Xizmat o‘chirilguncha davom etadi.Adreslashtirish nafaqat ichki tarmoqda, balki tashqi tarmoqda ham amalga oshiriladi.
Chaqirilayotgan abonent javob bermayotganda qaytadan ulanish. Agarda chaqirilayotgan abonent band bo‘lsa, u holda qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda oldindan aniqlangan nomerga o‘tadi.
Qo‘ng‘iroqlarni adreslash. Abonent qo‘ng‘iroq qilayotganda, qo‘ng‘iroqni boshqa telefonga adreslashtirish imkoniga ega.
So‘nggi qo‘ng‘iroq. Agar abonent band bo‘lsa, unga kimdir telefon qilayotganini biladi, u bunga javob berib, yana orqaga qaytishi mumkin. Umumiy bo‘lgan kichik xizmatlarga ulanish barcha qo‘ng‘iroqlar navbatiga, faksga yoki ovoz berib javob beruvchi avtomatik qurilmaga yo‘naltiriladi.
ATS ning qo‘ng‘iroqlarini o‘chirilishi. Agarda tizimdagi biror-bir qurilma ishdan chiqsa abonentlar shahar ATS ga ula- nadi.
Rbonent liniyalarini qidirish. Tashqi liniyalardan qo‘ng‘i- roqlar bo‘lganda abonentlar aniqlanadi va ularning qo‘n- g‘iroqlari berilgan tartibda joylashtiriladi.
Agarda abonent band bo‘lsa yoki javob bermasa (N daqiqa ichida) tashqi qo‘ng‘iroqlar kotibaga yoki operatorga o‘tadi.
151
Xarajatlarni boshqarish funksiyasi. Bu xizmatlar barchasi operatorda mavjud bo‘lib, tashqi bog‘lanishlardan terilgan nomerlar va ularning suhbat vaqtlari bilan belgilanadi. Tarif ijara xizmatini tatbiq etish imkonini beradi, ya'ni boshqa tashkilot- ning ATS xizmatlaridan foydalanilayotganda qo‘l keladi. Bu telefon suhbatlarini tarifikatsiyasini hisoblab beruvchi dasturiy ta'minot mavjud (billint tizimi).
Xizmat ko‘rsatish byurosi. Qo‘ng‘iroqlar tashqi liniyani bandligiga qarab o‘rnatiladi. Qo‘ng‘iroq qiluvchi abonent trubkani joyiga qo‘yishi mumkin. Tarmoq bo‘shagandan so‘ng navbati bilan stansiyaga ulanish o‘rnatiladi.
RRDIOHRRNRYLI RLOQR
Abonent ma'lum bir nomerni tergan holda ovozli aloqa orqali yangilik yoki e'lonni aytishi mumkin. Agarda operator o‘z joyida bo‘lmagan vaqtda buni qo‘llash mumkin: «Aliyev sizni uchinchi liniya chaqiryapti». Demak, Aliyev firmadagi ixtiyoriy telefonning oldiga kelib, uchinchi liniyani egallaydi va suhbatla- shadi.
Shaharlararo bog‘lanishda ichki parolli kodlarni taklif etish mumkin.
Domofon. Masofadan turib eshikni ochish. Buyurtmaga ko‘ra abonentni chaqirish. Abonent kodni tergan holda buyurt- malar berishi mumkin. ATS da abonent telefon nomeri va vaqti yozib olinadi. Chaqirish vaqti bo‘lishi bilan avtomatik ravishda abonent telefonga qo‘ng‘iroq qiladi.
Rvtomatik ravishda faksga ulanish. Avto kotiba va ovozli pochta tizimi. Ovozli poshta agarda abonent javob bermasa, telefon qiluvchi maxsus ovozli pochtaga ulanadi va abonent tomonidan qoldirilgan ma'lumotni eshitadi. So‘ngra o‘z ma'lumotini qoldirishi mumkin. Ovozli pochta tizimida umumiy va alohida qutichalar joylashtirilgan. Telefonda qoldirilgan ma'lumotlarni ixtiyoriy vaqtda eshitish mumkin.
152
Dastlabki ma’lumotlar
Telefon qiluvchi abonent oldindan yozib qo‘yilgan ovozli ma'lumotni eshitadi (masalan: «Siz ATS — O‘zbekiston kom- paniyasining operatoriga ulnadingiz. Javobni kuting»). Tizim xavfsizligini ta'minlagan holda so‘zlashuvlarni ro‘yxatga olish. Bu yerda abonentlarni ro‘yxatga oluvchilar (registrator) haqida qisqacha ma'lumot kiritilgan.
Registratorlarning I avlodi — ko‘p kanalli magnitofon magnit lentasiga o‘xshash ko‘rinishda bo‘ladi.
Registratorlarning II avlodi — maxsus eski kassetali mag- nitofon asosida qaytadan ishlangan.
Registratorlarning III avlodi — VHS tarqatuvchiga yozil- gan bo‘lib, u ko‘p yo‘llangan magnitkanalli, ko‘pkanlli mag- nitofon asosida ishlangan.
Registratorlarning IV avlodi — IBM PC kompyuter kom- ponentlari asosida (kompyuterning raqamli registratorlari, suh- batlarni yozish tizimi) yaratilgan.
Registratorlarning V avlodi — ixtisoslashtirilgan mikroku- zatkichlar yordamida (axborotlarni yozish va qayta ishlash imkoniga ega bo‘lgan kompyutersiz raqamli magnitofon:
«XRONOS» Moskva) ishlab chiqarilgan.
Registratorlarning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlari
Registratorlarning I, II, III avlodlari — texnik tomondan ham, funksional imkoniyatlari tomonidan ham uning bazasi judayam eski. Ular zamonaviy talablarga javob bermaydi. Registratorlarning IV avlodi hozirgi davrda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Uning funksional imkoniyatlari oldingi avlodlarga qaraganda juda ham yuqori.
IV avlod kompyuter registratorlarining sinflanishi
Ko‘p funksiyali raqamli kompyuter registratorlari SHK ning tizimi yordamida ma'lumotlarni HDD ga yozadi.
IV avlod kompyuter registratorlari quyidagi sinflarga ajra- ladi:
(tizim bloki, monitor, klaviatura) ning standart konstruk- siya yordamida tuzilgan tizim bloki chiqish signali, ATSP/TSAP
153
almashtirish asosidagi kompressiyalar, dekompressiyalar asosida ishlaydigan registratorlar;
shuningdek, xizmatchi dasturiy vositalar «MTSR»
«Rantom», «Stels Layn», IIIXP — 2000 va boshqalar asosida ishlaydiigan registratorlar;
bir korpusda tugmali boshqaruv pulti va indikatori, ona platasi, protsessor, xotira, elektr ta'minot manbayi, ovoz qu- rilmalari, kirish qo‘ng‘iroqlari asosida ishlaydiigan registrator- lar. Chiqish signallari «Somphene RDD» «OSSOM» va
«EYPETEL»dir.
Fayl tizimiga asoslangan raqamli kompyuter registratorlari- ning axborot yozish imkoniyatlari quyidagicha:
yozuvli fayllar bilan ishlash imkoniyatlari;
yozuvlarni qayta ishlash va to‘g‘rilash imkoniyatlarini bel- gilash, statistikasi imkoniyatlari.
Tarmoq bo‘yicha ma'lumotlar yuborishda faylli ma'lumotlar yozadigan kompyuter registratorlarning kamchiliklari quyidagilardir:
ishonchsiz bo‘lgan kompyuter qurilmadan sababli ma'lumotlarni ishonchli saqlay olmaslik;
NDD ning magnitorlariga ko‘p yuk tushishi;
NSD ga kirishga ruxsat etishga yetarlicha bo‘lgan himoya;
faylli interfeys va klaviatura boshqaruvi yordamida qurilmalar dasturiy pog‘onada bo‘lsa ham yordamdagi NSD dan himoyalash deyarli mumkin emas.
Kompyuterlarning raqamli magnitafonlarning faylsiz ma'lu- motlarni yoza olish strukturasining ustunligi:
NSD dan bir neshta bosqichli himoya;
fayllar bilan ishlaydigan apparatlarga qaraganda ustunroq hamda HDD ga yozilganligi sababli uni ishlata olish muddati uzayadi;
mutlaq mustaqil ish faoliyatiga ega;
u mutlaq oson bo‘lib, undan hatto yangi foydalanuvchi ham foydalanishi mumkin.
IV avlod faylsiz ma'lumot yoza olish strukturasiga ega bo‘lgan kompyuterlarning kamchiliklari:
kompyuterning ishonchli bo‘lmagan qurilmalar bilan ta'minlanishi kompyuterga yetarlicha xavf tug‘dirishi mumkin;
154
ma'lumotlarni o‘zgartira olish imkoniyati cheklanishi;
jurnallarni olib borish;
statistika;
fonogrammalarni belgilash;
matnli izohlarni kirita olmaslik;
tarmoq bo‘yicha ma'lumotlar yubora ololmaslik.
Kompyuterlarsiz refayl strukturali raqamli magnitofonlaga mikro boshqaruvchilar bazasi asosida tashkil qilingan V avlod kompyuterlarining registratorlari yordamida o‘zgartirishlar kiri- tish mumkin.
V avlod kompyuterlarining asosiy ajralib turadigan tomon-
lari:
raqamli magnitafonlarning yangi turi;
HDD ga faylsiz ma'lumotlar yoza olish;
PC foydalanuvchisining interfeysi bilan mosligi.
mikro boshqaruvchilar bazasidan tartiblangan holda foy-
dalanganda kompyuterning asosiy qurilmalari bo‘lgan plata va protsessorlar hosil qilinadi;
indekslashni pult boshqaruvi yordamida har xil funksiyalar bajara olish hamda bitta va qulay korpusga egaligi;
uning ichiga magnitofon o‘rnatilgan, JKI monitorlar va tugmali uskunalar paneli joylashtirilgan;
ulardan yana birida mini korpus, JKI monitori hamda tugmali uskunalar paneli borligi;
PC bazasi asosidagi interfeysli fayllarni ishlatilishi.
V avlod kompyuterlarining registratori 3 darajali apparatlarni va ko‘p miqdordagi imkoniyatlarni bog‘lagan holda II ta IV avlod kompyuterlariga qaraganda ushbu kompyuter kuchliroq. Bu kompyuterlarning funksiyalaridan yana biri — bu NSD dan himoya qilish.
V avlod kompyuterlarining raqamli magnitofonlarini ish- latish variantlari:
|