|
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi
|
bet | 10/36 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #139578 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyev1.4.5-rasm. FDDI protokol paketining formati
FDDI markerli ega bo‘lishdan foydalanadi, paket-marker formatining ko‘rinishi 1.4.6-rasmda keltirilgan. Halqaning o‘lchamiga qarab unda bir necha markerlar harakatda bo‘lishi mumkin.
1.4.6-rasm. Kadr-marker formati
30
1.4.7-rasmda axborot oqimlarini bir-biriga ta'sirisiz FDDI tarmog‘ini bir necha sub tarmoqlarga ega bo‘lish va umumiy serverga chiqish sxemasi keltirilgan.
1.4.7-rasm. Mahalliy tarmoqlarni o‘tkazish tezligini FDDI halqasidan foydalanib oshirish sxemasi
Ikkita FDDI halqasini 1.4.7—rasmda ko‘rsatilgani kabi bir- biri bilan ko‘prik yoki marshrutizator yoradamida birlashtirish mumkin.
31
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
Mahalliy hisoblash tarmoq ta'rifi.
Mahalliy tarmoqning boshqa tarmoqlardan farq qiluvchi belgilari nimalardan iborat?
Global tarmoq ta'rifi.
Server ta'rifini aytib bering.
Mijoz ta'rifi qanday?
Mahalliy tarmoq texnologiyasi nimadan iborat?
Nechta va qanday asosiy topologiyalar mavjud?
«Shina» topologiya afzalliklari nimadan iborat?
«Shina» topologiya kamchiliklari nimadan iborat?
«Yulduz» topologiya afzalliklari nimadan iborat?
«Yulduz» topologiya kamchiliklari nimadan iborat?
«Halqa» topologiya afzalliklari nimadan iborat?
«Halqa» topologiya kamchiliklari nimadan iborat?
Boshqa qanday topologiyalarni bilasiz?
Topologiya tushunchasining ko‘p ma'noliligi nimadan iborat?
32
2-B Î B. TRÀNSPÎRT PRÎTÎKÎLLÀRI
IPX/SPX PRÎTÎKÎLLÀRI
IPX protokoli tizimida deytogrammalarni o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. U NetWare serverlari va oxirgi stansiyalar o‘rtasidagi aloqani ta'minlaydi. IPX deytogrammalarining mak- simal o‘lchami 576 baytni tashkil etadi, bundan 30 baytini sarlavha (зaгoлoвoк) egallaydi. Deytogrammalarni uzatishga mo‘ljallangan tarmoq paketlarni kerakli masofaga uzatishni ta'minlab beradi. IPX paketlari barchaga ma'lum uzatishi mumkin. Barchaga ma'lum maydon 0x14 turdagi qiymatni qabul qilishi kerak, belgilangan tarmoq adreslari lokal tarmoq bilan mos tushishi kerak va bu holda belgilangan element adresi 0xffffff qiymatni qabul qiladi.
Original Novell transport protokoli, mening nazarimda ushbu tarmoq rivojiga yordam bermaydi. Transport va marshrut protokollarini qayta oriyentirlashga ulgurmaslik – stek, ya'ni protokollar ishining kechikishi, taniqli TCP/IP yangi ko‘ri- nishidagi tarmoqda barham topgan.
Ethernet tarmog‘i bo‘yicha uzatilayotgan IPX paketlari bir qancha har xil formatlarda bo‘lishi mumkin. Ulardan eskirog‘i
«802.3» nomlisi Novell da ishlatiladi (Novell tarmog‘i integ- ratsiyasi va internet haqidagi axborotlarni RFC-1234, -1420,
-1553, -1634, -1792 hujjatlardan topish mumkin). Oxirgi ver- siyadagi format deb dastur taklif qilganidek «802.2»ni olishimiz mumkin. Yana Ethernet II deb ataluvchi ideologiya bo‘yicha TCP/IP ga birmuncha yaqinroq bo‘lgan formati ham ishlatiladi. NetWare da tarmoq – bu mantiqiy kanal, bunda bir-biriga yaqin bo‘lgan elementlar, ya'ni bir-biri bilan o‘zaro ta'sirga ega bo‘lgan elementlardan foydalaniladi. Demak, serverda bajari- layotgan jarayonlar IPX tarmog‘i ichiga kiritilgan hisoblanadi. Ethernet II turdagi tarmoqning barcha foydalanuvchilari IPX mantiqiy tarmoqni tashkil qiladi. Birgina 802.3 turdagi tarmoq- ning barcha foydalanuvchilari turli xil IPX tarmog‘ining elemen- ti sifatida qaraladi. Turli xil tarmoq standartlari uchun formatlar paketlarini taqqoslash 2.1.1-rasmda keltirilgan.
2—3891 33
Belgilangan joyning adresi
|
Jo‘natuvchining adresi
|
Turi
|
Yuqori sathdagi ma'lumotlar
|
CRC
|
Belgilangan joyning adresi
|
Jo‘natuvchining adresi
|
Uzunligi
|
Sarlavha 802.2
|
Ma'lumotlar 802.2
|
CRC
|
Belgilangan joyning adresi
|
Jo‘natuvchining adresi
|
Uzunligi
|
IPX ma'lumotlar
|
CRC
|
2.1.1-rasm. Tarmoq paketlarining formatlari
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, turli xil qoidalarga asoslangan va lokal tarmoqda bu formatlar bir-birining ishiga to‘sqinlik qilmaydi. IPX sarlavha tur yoki uzunlik maydonidan keyin boshlanadi.
NetWare serverlari shunday konfiguratsiyada bo‘lishi kerak- ki, ular har xil turdagi paketlardan foydalana olishsin va har xil turdagi tarmoqlar bilan aloqa qila olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. IPX server marshrutizator funktsiyasini ham bajara oladi. IPX paketining sarlavha formati 2.1.2-rasmda ko‘rsatilgan. Sarlavhadan keyin ma'lumotlar joylashgan, ularning hajmi paket uzunligi maydonidagi kod bilan aniqlanadi va 0 dan 546 bayt diapazonda bo‘ladi.
Nazorat yig‘indisi
|
Paket uzunligi
|
Jo‘natmalarni boshqarish
|
Paket turi
|
Belgilangan element adresi
|
Jo‘natuvchi element adresi
|
2.1.2-rasm. IPX paketi sarlavhasi- ning formati
34
Nazorat yig‘indisi maydoni (2 bayt) 0xffff ga teng bo‘lib IPX drayver orqali o‘rnatiladi. Bu esa nazorat yig‘indisi ishlab chiqilmaganligini bildiradi. Dasturda Ethernet II, ieee 802.2 va Ethernet SNAP kadrlari bilan ishlaganda nazorat yig‘indisi may- donidan foydalanish mumkin va ieee 802.3 kadri bilan ishlash uchun esa taqiqlanadi. Bu cheklovlarni 4.2.1.1-rasmga murojaat qilish orqali osonroq tushunish mumkin. Nazorat yig‘indisi IPX deytogrammalar ma'lumotlari maydoni bilan esa hech qanday aloqaga ega emas. NetWare serverda nazorat yig‘indisi bilan ish- lash uchun Set cnable IPX checksum=n buyrug‘i beriladi. Bu yerda n — nazorat yig‘indisi ishlatilganligini ko‘rsatadi. n — qiy- matning imkoniyatlari va uning vazifasi 2.1.1-jadvalda berilgan.
|
| |