1.S.S-rasm. Bir bit uzatish davrining vaqt qismlari
Kanalni axborot o‘tkazish xususiyatini uning uzunligiga bog‘liqligi 1.3.2-jadvalda keltirilgan.
1.S.2-jadval
Kanal uzunligi metrda
|
Tarmoqni o‘tqazish xususiyati Kbit/s da
|
100
|
500
|
200
|
250
|
500
|
125
|
6000
|
10
|
CAN tarmoqlarida 9, 6 va 5 kontaktli raz'yomlar ishlatiladi. Raz'yom turi va uning ko‘rsatkichlari standart tomonidan chegaralanmagan. Raz'yom turi HLP (High Layer Protocol) protokoli orqali aniqlanadi.
ArcNET
ARCNET — (attached resource computing network) – 1977-yili datapoint korporatsiyasi tomonidan mahalliy tar- moqlarga loyihalashtirilgan standart. Bu tarmoq markerli shina g‘oyasiga va 2.5 Mbit/s aloqa almashish tezligida shina topologiyasi yoki halqa topologiyasi ishlatilish mumkinligiga
24
asoslangan. Tarmoq aktiv va passiv qaytargichlarning atrofida hosil qilinadi (HUB). Aktiv qaytargichlar (odatda 8 kanalli) bir- biri bilan, passiv qaytargich/razvetvitellar hamda ishchi stansiya (PK) bilan ulanadi. 93 Om li koaksial kabel (RG-62, BNC raz'yom) yordamida amalga oshrilgan bunday ulanishlar uzunli- gi 600 metrgacha yetishi mumkin. O‘ralgan juftlik (RS 485) va optik tolali kabellardan ham foydalanish mumkin. Passiv 4-kirishli qaytargich uchta ishchi stansiyasini ulashga imkon beradi va kabellar uzunligi 35 metrgacha bo‘lishi mumkin, 1- kirish esa har doim aktiv qaytargich ulanishi uchundir. Passiv qaytargichlar bir-biri bilan ulana olmaydilar. Aktiv qaytargichlar pog‘onali tuzilish hosil qilishi mumkin. Tarmoqda ish stan- siyalarining maksimal soni 255 taga teng bo‘ladi. Ko‘p segmentli tarmoq kabelning uzunligi 7 km atrofida bo‘ladi. 1.3.4-rasmda ArcNET tarmoqning ulanish sxemasiga misol keltirilgan (uziq chiziq bilan aktiv qaytargich yoki marshrutizatorlar bilan ulani- shi mumkinligi ko‘rsatilgan).
1.S.4-rasm. ArcNET tarmoqning topologik sxemasi
Boshqa tarmoqlar bilan (maslan, Ethernet, Token-Ring yoki Internet) maxsus shlyuzlar, ko‘priklar yoki marshrutizatorlar yordamida ulanadi. Tarmoqdagi har bir elementga noyob manzil belgilanadi, u 1—255 oralig‘ida bo‘ladi. ArcNET standarti ikki xil uzunlikdagi paketlar bilan ishlashni nazarda tutgan: <253
25
yoki 506. Bu tarmoqning boshqa tarmoqlardan farqi – paket sarlavhasining uzunligi 3—4 baytni tashkil qiladi. ArcNET dagi hamma paketlarning barcha razryadlari 1 bo‘lgan baytdan bosh- lanadi. ArcNET da faqat 5 turli paketlar ishlatiladi: paket marker (itt-taklif). Bunday paketni olgan ish stansiyasi biror axborotni jo‘natishi mumkin, bo'sh buferni so‘rash (FBE — free buffer enquire). Bu qabul qiluvchining imkoniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi. Qabulni tasdiqlash (ACK), FBE ga javoban aniq qabul bo‘lganda jo‘natiladi. Qabul xato bo‘lgan taqdirda inkor tasdig‘i (NAK) jo‘natiladi. Paket tarkibi axborotdan, qabul qiluvchining va jo‘natuvchining manzilidan hamda nazorat yig‘indisidan tashkil topadi.
Jo‘natuvchi
|
Qabul qiluvchi
|
0
|
Surish
|
Jo‘natuvchi
|
Qabul qiluvchi
|
0
|
Surish
|
ID protokol
|
Qism bayrog‘i
|
Tartib bo‘yicha soni
|
Mijoz ma'lumot- lari (256 ni 4 oktetga surish)
|
ID protokol
|
Qism bayrog‘i
|
Tartib bo‘yicha soni
|
Mijoz ma'lumot- lari (512 ni 4 oktetga surish)
|
ID protokol
|
OxFF bayrog‘i
|
To‘ldiruvchi OxFF
|
ID protokol
|
Qism bayrog‘i
|
Tartib bo‘yicha soni
|
Mijoz ma‘lumot- lari (512 ni 8 oktetga surish)
|
1.S.5-rasm. ARCNET kadrlar formati
26
ArcNET tarmog‘i xabarlarni qismlab (ANSI 878.2) va paketlarni inkapsulyatsiyalash (ansi 878.3) imkonini berib, boshqa protokollarning talablariga javob bera oladi.
Hamma kadrlar apparat sarlavhadan boshlanib, foydalanuv- chining axboroti bilan tamom bo‘ladi, ularning boshlanishida har doim dasturiy sarlavha bo‘ladi. Apparat va dasturli sar- lavhalarning o‘rtasiga to‘ldiruvchi kiritilishi natijasida paketlar uzunligini doimiy bir xil qilinadi. Bu to‘ldiruvchini interfeys das- tur sezmaydigan darajada olib tashlaydi. Qisqa kadrlar 0—249 bayt foydali axborotga ega bo‘ladi. Uzun kadrlar 253 dan 504 baytga ega bo‘lishi mumkin. 250, 251 yoki 252 bayt axboroti bo‘lgan kadrlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun maxsus format (exception) kiritilgan. ArcNET ning bu for- matlari 1.3.5-rasmda keltrilgan.
Bu paketlar amaliy dasturiy ta'minot ko‘radigan shaklda berilgan, shu sababli bunday ko‘rinish ba'zi hollarda «buferli» deb yuritiladi. Tarmoqda paketlar biroz boshqacha ko‘rinishga ega bo‘ladi: axborot yotqiziladigan joy identifikatori ikki marta yoziladi, surilish maydok va protokol identifikatori oralig‘idagi to‘ldiruvchi esa umuman uzatilmaydi. ArcNET uzun tashqi paketlarni va xabarlarni kichik qismlarga bo‘lish imkoniyati mavjud, qismlarning maksimal soni 120 taga yetishi mumkin. ArcNET tarmoqlari arzonligi va o‘rnatilishining osonligi hamda foydalanish qulayligi bilan ajralib turadi.
FDDI TÀRMÎQLÀRI
Optik tolali kabeldan foydalanilgan ko‘p tarqalgan tarmoq (Fast Ethernet ni hisobga olmaganda) FDDI. FDDI (fiber dis- tributed data interface, ISO 9314-1, rfc-1512, -1390, -1329) – Amerika standartlash institutining (ANSI) standarti, ISO o‘zga- rishsiz qabul qilingan. Protokol 100 Mbit/s axborotni jismoniy uzatish tezligiga hisoblangan va tugunlar orasidagi masofa 2 km yoki undan ko‘p bo‘lganda, tarmoqning jami uzunligi 100 km gacha bo‘lgan hollarga mo‘ljallangan. Tarmoqda xatolik chastotasi 10—9 dan oshmaydi. FDDI topologiyasida juft halqa sxemasidan foydalanilgan (1.4.1-rasm. A, B, C, D va E harflari bilan stansiya – konsentratorlar belgilangan). Halqa sxemasi optik tolali kabellar uchun yagona yechimdir (nuqta-nuqta sxemasini hisobga olmaganda).
27
|