Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi




Download 2,22 Mb.
bet6/36
Sana17.01.2024
Hajmi2,22 Mb.
#139578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyev

1.2.8-rasm. Token-Ring tarmoq paketining o‘lchami (maydon uzunliklari baytda berilgan)
18

Paket maydonlarining vazifasi quyidagilardan iboratdir:



  • boshlang‘ich taqsimlovchi (SD) – bu paketni boshlanish belgisi;

  • ega bo‘lishni boshqarish bayti (AC) – bu markerda qanday maqsadda foydalanilsa, bu yerda ham xuddi shu;

  • paketni boshqarish bayti (FS – Frame Control) paket (kadr) turini aniqlaydi;

  • paketni jo‘natuvchi va qabul qiluvchini olti baytli manzili standart formatli 3.2-bobda ko‘rib chiqilgan;

  • axborotlar maydoni, uzatiladigan axborotni yoki axborot almashinuvini boshqarish buyruqlarini o‘z tarkibiga oladi;

  • nazorat bitlar maydoni 32 razryadli paketni davriy nazorat bitlar yig‘indisi (CRC);

  • oxirgi taqsimlovchi paketni tamom bo‘lganligini bildiradi. Bundan tashqari u uzatilayotgan paket oraliq paketi yoki uzatilayotgan paketlarning oxirgisi ekanligini aniqlaydi va shuningdek, paketni xatoligi haqidagi belgi ham mavjud (buning uchun maxsus bit ajratilgan);

  • Paket holatini bildiruvchi baytning vazifasi: qabul qiluvchi qurilma tomonidan paket qabul qilinganligi va xotirasiga yozilganligi haqidagi ma'lumot bo‘ladi. Uning yordamida paket jo‘natuvchi paketi manzilga bexato yetib borganligi haqida ma'lumot oladi yoki xato qabul qilingan bo‘lsa qaytadan uzatish xabarini oladi.

Qayd qilib o‘tish lozimki, uzatiladigan bir paket tarkibida ruxsat etilgan axborotning kattaligi, Ethernet tarmog‘iga nis- batan tarmoq ish unumdorligini oshirish uchun hal qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Nazariy jihatdan 16 Mbit/s uzatish tezli- gi uchun, axborot maydonining uzunligi 18 Kbaytga yetishi mumkin, katta hajmdagi axborotlarni uzatishda bu ko‘rsatkich muhim. Lekin hatto 4 Mbit/s tezlikda ham Token-Ring qo‘llanilgan tarmoqqa ega bo‘lishning marker usuli sharofati bilan haqiqatda tezkor Ethernet (10 Mbit/s) tarmog‘iga qaraganda katta tezlikka erishadi, ayniqsa, katta yuklamalarda (30–40 % yuqori) CSMA/CD usulning kamchiliklari, ya'ni konflikt holatlarni hal qilishga ko‘p vaqt sarflanishi pand berib qo‘yadi.
19
Token-Ring tarmog‘ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish paketi ham jo‘natilishi mumkin, u uzatishlarni uzish uchun xizmat qiladi. U xoh- lagan vaqtda va axborot oqimining xohlangan joyida uzati- lishi mumkin. Bu paket hammasi bo‘lib ikkita bir baytli maydonni tashkil qiladi.
Token-Ring tarmog‘ini tezligi yuqori bo‘lgan versiyalarida (16 Mbit/s va undan ham yuqori) markerni erta tashkil qilish usuli (ETR – Early Token Release) qo‘llanilgan. U tarmoqni unumsiz ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaydi. ETR usulining ma'nosi, markerga ulangan o‘z paketini jo‘natib bo‘lishi bilan har qanday abonent tarmoqqa yangi bo‘sh marker hosil qilib uzatadi, ya'ni hamma boshqa abonentlar o‘z paketlarini uzatishni oldingi abonent paketini uzatib bo‘lishi bilanoq boshlashlari mumkin (markerni butun halqa bo‘ylab harakat qilib kelishini poylab tur- masdan).



    1. CAN VÀ ARCNET TÀRMÎQLÀRI

Standart CAN (Controller Area Network) avtomobil sanoati uchun (1970-yillarda) Robert Bosch kompaniyasi tomonidan Germaniyada ishlab chiqarilgan. CAN tarmog‘i ketma-ket kanallar aloqasiga mo‘ljallangan. O‘ralgan juftlik kabellaridagi (yoki optik kabeldagi) aloqaning bajarilishida, standart fizik sathdagi protokollarni va MAC va LLC sub bosqichlarni aniqlaydi. Tarmoqning barcha elementlari teng huquqli va umu- miy kanalga qo‘shilgan bo‘ladi. Signallarning sathlari protokol- lar bilan normallashtirilmagan. CAN da NRZ (Non Return to Xero) turdagi kodlashtirish qo‘llanilgan. Signatura boshi (SOF) va oxiri (EOF) ni aniqlash uchun bit-stafingdan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda EC da avtomobil tarmog‘i uchun yangi protokol ishlab chiqarilmoqda. U stereo audio va video signallarni sifatli uzatish imkonini berib, mobil telefon tarmog‘i va internet bilan ishlashni ta'minladi. Protokolning o‘tkazish qobiliyati 45 Mbit/s dan iborat.


CAN tarmog‘ining yuqori ishonchliligi va arzonligi ishlab chiqarish va fan uchun yaxshi yangilik bo‘ldi. Tarmoq haqiqiy vaqt masshtabida axborotlarni yozish va boshqarish uchun mo‘ljallangan. Undan boshqa maqsadlarda ham foydalanish
20
mumkin. CAN kanali ko‘plikda ega bo‘lishning detektorlangan to‘qnashuvlar (CSMA/CD — Carrier Sense Multiple Access with Collision Detection, aнaлoгиuнo Ethernet) qoidasini ish- lab chiqadi. Tarmoq bitta segmentdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Tarmoq ISO 11898 standartiga mos bo‘lib, kabellari- ning birida uzilish bo‘lganida ham u ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kanalning ishlash tezligi dasturlashtiriladi va 1 Mbit/s gacha bo‘lishi mumkin. Arbitrajning distruktiv sxemasi umumiy kanalga ega bo‘lishni ta'minlaydi. Hozirgi vaqtda standartning arbitraj uzunlikdagi maydoni 11 bit (2.0a) va 29 bit (2.0b, kengaytirilgan versiyasi) lardan iborat bo‘lgan ikkita versiyasidan foydalaniladi. Arbitraj kodi bir vaqtning o‘zida kadrning iden- tifikatori bo‘lib hisoblanadi va tarmoq initsializatsiyasining fazasida beriladi. Bir vaqtning o‘zida ikkita arbitraj elementidan kadrlarni uzatishda bitlar bo‘yicha «I» o‘tkazuvchi sxemadan foydalaniladi, bunda dominant holatida mantiqiy «0» bo‘ladi. Musoboqada g‘olib bo‘lgan element kadr uzatishni davom ettiradi, mag‘lub bo‘lgani esa kanal bo‘shashini kutib turadi. Obyektning kod-adresi (CAN elementi) qo‘shib ulagichlar yordamida beriladi.

^

^
Kanal bo‘sh bo‘lsa, ulangan ixtiyoriy element kadr uzatilish jarayonini boshlashi mumkin. CAN tarmog‘ida axborot kadri- ning formati yettita maydondan iborat bo‘ladi (1.3.1-rasm).



^

Download 2,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Download 2,22 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi

Download 2,22 Mb.