1.2.1-rasm. Token-Ring tarmog‘ining yulduzsimon aylana topologiyasi
12
Konsentrator (MAU) halqaga abonentlar ulanishini mar- kazlashtirish, buzilgan kompyuterni o‘chirib qo‘yish, tarmoq ishini nazorat qilish kabi ishlarni amalga oshirish imkonini beradi (1.2.2-rasm). Kabelni konsentratorga ulash uchun max- sus raz'yomlar ishlatiladi, ular abonent tarmoqdan uzilgan holatda ham doimiy ulangan halqa hosil qilish imkoniyatini beradi. Tarmoqda konsentrator bitta bo‘lishi mumkin, bu holda halqaga faqat konsentratorga ulangan abonentlargina ulanadi.
1.2.2-rasm. Token-Ring tarmoq abonentlarini konsentrator (MAU) yordamida halqaga ulash
Adapterni konsentratorga ulaydigan har bir kabel (adapter cable) tarkibida ikkita turli tarafga yo‘naltirilgan aloqa yo‘li mavjud. Xuddi shunday ikki tarafga yo‘naltirilgan aloqa yo‘li magistral kabel tarkibiga kiruvchi (nath cable, мaгистрaльный кaбeль) aloqa vositasi bilan konsentratorlar o‘zaro ulanib, halqa tashkil qiladi (1.2.3-rasm), vaholanki bitta bir tomonga yo‘naltirilgan kabel yordamida ham halqani tashkil qilish mumkin (1.2.4-rasm).
13
1.2.3-rasm. Kontsentratorlarni ikki aloqa yo‘li orqali birlashtirish
1.2.4-rasm. Kontsentratorlarni bir tomonlama aloqa yo‘li orqali birlashtirish
Konsentrator tuzilish jihatidan alohida blok tariqasida jihoz- langan bo‘lib, u sakkizta raz'yomlardan iborat, kompyuterlarni adapter kabeli yordamida ulash uchun va ikki chetida ikkita raz'yom orqali magistral kabellar yordamida boshqa konsen- tratorlar bilan ulanish uchun qulay qilib jihozlangan ko‘rinishda ishlab chiqariladi. (1.2.5-rasm). Devorga o‘rnatiladigan va stol ustiga joylashtirishga mo‘ljallangan variantlari ham mavjud.
14
1.2.5-rasm. Token-Ring kontsentratori (8228 MAU)
Bir necha konsentratorlarni konstruktiv jihatdan guruhga birlashtirish mumkin, klaster (cluster), uning ichida abonentlar ham bir halqaga birlashadilar. Klasterlardan foydalanish bir markazga ulangan abonentlar sonini oshirish imkoniyatini yaratadi (masalan, klaster tarkibida ikkita konsentrator bo‘lgan holda, abonentlar sonini 16 tagacha yetkazish mumkin).
IBM Token-Ring tarmog‘ida axborot uzatish muhiti sifatida avvaliga o‘ralgan juftlikdan foydalanilgan, lekin keyinchalik koaksial kabelga mo‘ljallangan qurilmalar va shuningdek FDDI standartidagi optik tolali kabellar ham qo‘llanildi. O‘ralgan juft- lik kabellarni ekranlanmagani (UTP) va shuningdek ekran- langani (STP) qo‘llaniladi.
Token-Ring tarmog‘ini asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
IBM 8228 MAU tipidagi konsentratorlar soni – 12 ta;
tarmoqda abonentlarning maksimal soni – 96 ta;
abonent va konsentratorlar o‘rtasidagi kabelning maksimal uzunligi – 45 metr;
konsentratorlar o‘rtasidagi kabelning maksimal uzunligi – 45 metr;
hamma konsentratorlarni ulovchi kabelning maksimal uzunligi–120 metr;
axborot uzatish tezligi – 4 Mbit/s va 16 Mbit/s.
Hamma ko‘rsatkichlar ekranlashtirilmagan o‘ralgan juftlik ishlatilgan holat uchun keltirilgan. Agarda axborot uzatish muhi- ti o‘zgarsa, tarmoq ko‘rsatkichlari ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, ekranlangan o‘ralgan juftlik ishlatilgan taqdirda abonentlar soni 260 tagacha yetishi mumkin (96 ta o‘rniga), kabelning uzunligi 100 metrgacha uzayadi (45 metr o‘rniga),
15
konsentratorlar soni 33 taga ko‘payadi, konsentratorlarni ulovchi kabelning to‘liq uzunligi 200 metrgacha yetadi. Optik tolali kabeldan foydalanganda konsentratorlarni ulovchi kabel uzun- ligini 1 kilometrgacha oshirish mumkin bo‘ladi.
Ko‘rib turibmizki Token-Ring tarmog‘i Ethernet tarmog‘iga qaraganda tarmoqning ruxsat etilgan uzunligi va shuningdek tar- moqqa ulanadigan abonentlar soni bo‘yicha ham bellasha olmaydi. IBM firmasi o‘z tarmog‘ini Ethernet tarmog‘iga munosib raqobatchi sifatida qaraydi.
Token-Ring tarmog‘ida axborot uzatish uchun Man- chester II kodining varianti qo‘llaniladi. Xuddi har qanday yul- duzsimon topologiyalari kabi bu tarmoqda ham hech qanday qo‘shimcha elektr manbayi bo‘yicha moslash va tashqi yerga ulash tadbirlari kerak emas, albatta.
Kabelni tarmoq adapteriga ulash uchun DIN turidagi tashqi
9 kontaktli raz'yomdan foydalaniladi. Ethernet adapteri kabi, Token-Ring adapteri ham o‘z platasida manzillarni sozlash va sistema shinasini uzish uchun moslamalari bor. Ethernet tar- mog‘ini adapterlar va kabel bilan qurish mumkin bo‘lsa, Token -Ring tarmog‘ini qurish uchun konsentratorlar xarid qilib olish kerak. Bu esa Token-Ring tarmoq qurilmalari narxini oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida Ethernet tarmog‘iga qaraganda Token- Ring tarmog‘i katta yuklamalarni yaxshi ko‘tara oladi (30 – 40% ko‘p) va kafolatlangan tarmoqqa ega bo‘lish vaqtini ta'minlaydi. Bu xususiyat masalan, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tar- moqlar uchun eng zarur hisoblanadi, chunki tashqi hodisalarga sekin e'tibor qilish jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi mumkin.
Token-Ring tarmog‘ida tarmoqqa ega bo‘lishninng marker- li usuli qo‘llaniladi, ya'ni halqa bo‘ylab har doim marker harakatda bo‘ladi va abonentlarning xohlagani o‘z paketlarini unga qo‘shib uzatishlari mumkin. Shundan tarmoqning eng katta afzalligi kelib chiqadi, ya'ni konflikt holat bo‘lmaydi. Lekin bundan quyidagi kamchilik ham kelib chiqadi, markerni butunligini nazorat qilib turishi lozimligi va tarmoqning ish- lashini har bir abonentga bog‘liq ekanligi (abonent kompyuteri buzilgan holda, albatta u halqadan uzilishi shartligi).
Markerning butunligini nazorat qilish uchun abonentlardan
16
birortasi ajratiladi (u aktiv monitor deb nomlanadi). Uning qurilmalari boshqa qurilmalardan hech qanday farq qilmaydi, lekin uning dasturiy vositalari tarmoqdagi vaqt nisbatini nazorat qilib turadi va lozim bo‘lganda yangi marker hosil qiladi. Aktiv monitorni tarmoq o‘tkazish davrida kompyuterlardan birini tan- lanadi. Agarda aktiv monitor biror sabab tufayli ishdan chiqsa, maxsus mexanizm ishga tushib, boshqa abonentlar (zaxiradagi monitor) yangi aktiv monitor tayinlashga qaror qiladilar.
Marker — bu boshqarish paketi bo‘lib, uchta baytdan iborat- dir (1.2.6-rasm): boshlang‘ich taqsimlovchi bayt (SD-Start Delimiter, бaйт нauaльнoгo рaздeлитeля), ega bo‘lishni boshqarish bayti (AC – Access Control) va oxirgi taqsimlagich bayti (ED – End Delimiter). Boshlang‘ich taqsimlagich va oxir- gi taqsimlagich nafaqat nol va birlar ketma-ketligi, maxsus ko‘rinishdagi impulslarni o‘z tarkibiga oladi.
Boshlang‘ich taqsim- lagich (1 bayt)
|
Ega bo‘lishni boshqarish (1 bayt)
|
Oxirgi taqsimlagich (1 bayt)
|
|