|
Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi
|
bet | 3/36 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 2,22 Mb. | | #139578 |
Bog'liq Kompyuter tarmoqlari chuqurlashtirilgan kursi X Zayniddinov, S O\'rinboyev1.1.1-rasm. Ethernet tarmoq topologiyasi
7
ko‘zda tutiladi (1.1.1–rasm). Tarmoqning bir qismi (segment) bo‘lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo‘lishi mumkin. Koaksial kabellar shina segmentlariga ishlatiladi, to‘qilgan juft- lik va optik tolali kabellar esa passiv yulduz nurlari uchun ish- latiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun). Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‘llar (petlya) bo‘lmasligi kerak. Natijada jismoniy shina hosil bo‘ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib yana shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km ga yetishi mumkin, lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi.
Fast Ethernet tarmog‘ida jismoniy «shina» topologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan, faqat «passiv yulduz» yoki «pas- siv daraxt» topologiyasi ishlatiladi. Shuningdek, Fast Ethernet tarmog‘ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar va chegara qo‘yil- gan. Paket formatini saqlab qolib, tarmoq tezligini 10 baravar oshirilganligi tufayli tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar kamayadi (Ethernetdagi 51,2 mks o‘rniga 5,12 mks). Signalni tarmoqdan o‘tishining ikki hissalik vaqt kattaligi esa 10 marotaba kamayadi.
Ethernet tarmog‘idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester II ishlatiladi. Bu holda signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega, ya'ni signalni doimiy tashkil qiluvchi qiymati nolga teng emas. Galvanik ajratish adap- ter, repiter va kontsentrator qurilmalari yordamida amalga oshi- riladi. Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa qurilmalardan galvanik ajralishi transformator orqali va alohida elektr manbayi yordamida amalga oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‘g‘ri ulangan.
Ethernet tarmog‘iga axborot uzatish uchun ega bo‘lish abonentlarga to‘liq tenglik huquqini beruvchi CSMA/CD taso- difiy usul yordamida amalga oshiriladi.
Tarmoqda 1.1.2-rasmda ko‘rsatilgandek o‘zgaruvchan uzun- likka ega bo‘luvchi strukturali paket ishlatiladi.
Ethernet kadr uzunligi (ya'ni priambulasiz paket) 512 bitli oraliqdan kam bo‘lmasligi kerak yoki 51,2 mks (xuddi shu kat- talik signalni tarmoqdan borib kelish vaqtiga tengdir). Manzillashning shaxsiy, guruhli va keng tarqatish usullari ko‘zda tutilgan.
8
Boshlanish Oxiri
8
6
6
2
46...1500
4
^ ^
^
Priambula
^
Boshlanish
^
Jo‘natuvchining manzili
Axborotlar ^
Nazorat bitlari yig‘indisi
Qabul qiluvchining
manzili
1.1.2-rasm. Ethernet tarmoq paketining tuzulishi (raqamlar baytlar sonini ko‘rsatadi)
Ethernet paketi quyidagi maydonlarni o‘z ichiga olgan:
8 bitni priambula tashkil qiladi, ulardan birinchi yettitasi- ni 1010101 kodi tashkil qiladi, oxirgi sakkizinchisini 10101011 kodi tashkil qiladi. IEEE 802.03 standartida bu oxirgi bayt kadr boshlanish belgisi deb yurutiladi (SFD – Start of Frame Delimiter) va paketni alohida maydonini tashkil qiladi.
Qabul qiluvchi manzili va jo‘natuvchi manzili 6 baytdan tashkil topgan bo‘lib 3.2-bobda yozilgan standart ko‘ri- nishda bo‘ladi. Bu manzil maydonlari abonent qurilmasi tomonidan ishlov beriladi.
Boshqarish maydonida (L/T-Length/Type) axborot may- donining uzunligi haqidagi ma'lumot joylashtiriladi. U yana foydalanayotgan protokol turini belgilashi mumkin. Agarda bu maydon qiymati 1500 dan kam bo‘lsa u holda axborotlar maydonining uzunligini ko‘rsatadi. Agarda 1500 dan katta bo‘lsa u holda kadr turini ko‘rsatadi. Boshqarish maydoni dastur tomonidan ishlov beriladi.
Axborotlar maydoniga 46 baytdan 1500 baytgacha axborot kirishi mumkin. Agarda paketda 46 baytdan kam axborot bo‘lsa, axborotlar maydonining qolgan qismini to‘ldiruv- chi baytlar egallaydi. IEEE 802.3 standartiga ko‘ra paket tarkibida maxsus to‘ldiruvchi maydon ajratilgan (pad data), agarda axborot 46 baytdan uzun bo‘lsa to‘ldiruvchi maydon 0 uzunlikka ega bo‘ladi.
9
Nazorat bitlar yig‘indisining maydoni (FCS – Frame Chech Segvence) paketning 32 razryadli davriy nazorat yigindisidan iborat (CRC) va u paketning to‘g‘ri uzatil- ganligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Shunday qilib, kadrning minimal uzunligi 64 baytni (512 bit) tashkil qiladi (priambulasiz paket). Aynan shu kattalik tar- moqdan signal tarqalishini ikki hissa ushlanish maksimal qiyma- tini 512 bit oralig‘ida aniqlab beradi (Ethernet uchun 51,2 mks, Fast Ethernet uchun 5,12 mks).
Turli tarmoq qurilmalaridan paketning o‘tishi natijasida priambula kamayishi mumkinligini standart nazarda tutadi va shuning uchun uni hisobga olinmaydi. Kadrning maksimal uzunligi 1518 bayt (12144 bit, ya'ni 1214,4 mks Ethernet uchun, Fast Ethernet uchun esa 121,44 mks). Bu kattalik muhim bo‘lib, uni tarmoq qurilmalarining bufer xotira qurilmalarining sig‘imini hisoblash uchun va tarmoqning umumiy yuklamasini baholashda foydalaniladi.
10 Mbit/s tezlikda ishlovchi Ethernet tarmog‘i uchun standart to‘rtta axborot uzatish muhitini aniqlab bergan:
10 BASE 5 (qalin koaksial kabel);
10 BASE 2 (ingichka koaksial kabel);
10 BASE-T (o‘ralgan juftlik);
10 BASE-FL (optik tolali kabel);
Uzatish muhitini rusumlash 3 elementdan tashkil topgan bo‘lib: «10» raqami, 10 Mbit/s uzatish tezligini bildiradi, BASE so‘zi yuqori chastotali signalni modulyatsiya qilmasdan uzatish- ni bildiradi, oxirgi element tarmoq qismini (segmentini) ruxsat etilgan uzunligini anglatadi: «5» — 500 metrni, «2» — 200 metrni (aniqrogi, 185 metrni) yoki aloqa yo‘lining turini: «T» – o‘ralgan juftlik (twisted pair, витaя пapa), «F» – optik tolali kabel (fiber optic, oптoвoлoкoнный кaбeль).
Xuddi shuningdek 100 Mbit/s tezlik bilan ishlovchi Fast Ethernet uchun ham standart uch turdagi uzatish muhitini bel- gilab bergan:
100 BASE – T4 (to‘rttali o‘ralgan juftlik);
100 BASE – Tx (ikkitali o‘ralgan juftlik);
100 BASE – Fx (optik tolali kabel).
10
Bu yerda «100» soni uzatish tezligini bildiradi (100 Mbit/s),
«T» — harfi o‘ralgan juftlik ekanini ko‘rsatadi, «F» — harfi optik tolali kabel ekanini anglatadi.
100BASE-Tx va 100BASE-Fx rusumidagi kabellarni bir- lashtirib 100BASE-X nom bilan yuritiladi, 100BASE-TX larni esa 100BASE-T deb belgilanadi.
Bu yerda biz aytib o‘tishimiz kerakki Ethernet tarmog‘i opti- mal algoritmi bilan ham, yuqori ko‘rsatkichlari bilan ham boshqa standart tarmoq ko‘rsatkichlaridan ajralib turmaydi. Lekin yuqori standartlashtirilganlik darajasi bilan, texnik vositalarini juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi bilan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan kuchli qo‘llanishi sharofati tufayli boshqa standart tarmoqlardan Ethernet tarmog‘i keskin ajralib turadi va shuning uchun ham har qanday boshqa tarmoq texnologiyasini aynan Ethernet tarmog‘i bilan solishtiriladi.
TOKEN-RING TÀRMÎG‘I
1985-yili IBM firmasi tomonidan Token-Ring tarmog‘i tak- lif qilindi (birinchi variantlari 1980-yillarda savdoga chiqaril- gan). Token-Ring tarmog‘ining vazifasi IBM firmasi ishlab chiqarayotgan hamma turdagi kompyuterlarni (oddiy shaxsiy kompyuterlardan to katta EXM gacha) birlashtirish edi. Kompyuter texnikasini dunyo miqyosida eng ko‘p ishlab chiqaruvchi va eng obro‘li IBM firmasi tomonidan taklif qi- lingan Token-Ring tarmog‘iga e'tibor qilmaslikning sira ham iloji yo‘q, albatta. Muhimi shundaki, hozirgi vaqtda Token-Ring xalqaro standart IEEE 802.5 sifatida mavjud. Bu holat Token- Ring tarmog‘ini Ethernet tarmoq mavqeyi bilan bir o‘ringa qo‘yadi, albatta.
IBM firmasi o‘z tarmog‘ini keng tarqalishi uchun hamma tadbir va choralarni amalga oshirdi: tarmoq hujjatlari batafsil tayyorlab tarqatildi, hatto adapterlarni prinsipial sxemasigacha bu hujjat tarkibiga kiritildi. Natijada ko‘p firmalar, masalan 3 SOM, Novell, Western Digital, Proteon kabi formalar adap- terlarni ishlab chiqarishga kirishdilar. Aytgancha, maxsus shu tarmoq uchun va shuningdek IBM PC Network boshqa tar- moqlari uchun Net BIOS kontsepsiyasi ishlab chiqilgan. Avval
11
ishlab chiqilgan PC Network tarmog‘ida NetBIOS dasturida adapterda joylashgan doimiy xotirada saqlangan bo‘lsa, Token- Ring tarmog‘ida esa NetBIOS emulyatsiya dasturi qo‘llanilgan, bunday shaklda qo‘llanilishi alohida qurilma xususiyatlariga oson moslashuv imkonini beradi va shu bilan birga yuqori bosqich dasturlari bilan ham moslashishni ta'minlab beradi.
Token-Ring qurilmalarini Ethernet qurilmalari bilan solishtirilsa Token-Ring qurilmalari sezilarli darajada qimmat, chunki axborot almashinuvini boshqarishning murakkab usullari qo‘llanilgan, shuning uchun bu tarmoq nisbatan kam tarqalgan. Lekin katta kompyuterlar bilan ulanganda axborot uzatishning katta intensivligi zarur bo‘lgan vaqtda, tarmoqqa ega bo‘lish vaqti chegaralangan vaziyatda Token-Ring tarmog‘idan foy- dalanish o‘zini oqlaydi, albatta.
Tashqi ko‘rinishidan «yulduz» topologiyasini eslatsa hamki Token-Ring tarmog‘ida «halqa» topologiyasidan foydalanilgan. Bu alohida olingan obyektlar (kompyuterlar) tarmoqqa to‘g‘ri ulanmay, maxsus konsentratorlar yoki ega bo‘lishning ko‘p stan- siyali qurilmalari (MSAU yoki MAU — Multistation Access Unit, мнoгoстoнouныe yстpoйствa дoстyпa) yordamida ulanadilar. Shuning uchun tarmoq jismonan yulduz — halqa topologiyasidan tashkil topgan bo‘ladi (1.2.1-rasm). Haqiqatda esa baribir halqaga birlashtirilgan bo‘ladilar, ya'ni ulardan har biri axborotni bir tarafdagi qo‘shnisidan olib, ikkinchi tarafidagi qo‘shnisiga uzatadilar.
|
| |