• Korporativ tarmoqlar korxona masshtabi tarmoqlari
  • Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja: Kompyuter tarmoqlarini tasniflanish usullari




    Download 32,34 Kb.
    bet2/6
    Sana11.02.2024
    Hajmi32,34 Kb.
    #154603
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja Kompyuter tarmoql-fayllar.org (6)

    Kampus tarmoqlari
    Kampus tarmoqlari nomi inglizcha «campus»«talabalar shaharchasi» so‘zidan olingan. Xuddi shu universitet shaharchalari hududida ko‘pincha bir necha mayda tarmoqlarni bitta katta tarmoqqa birlashtirish zaruriyati paydo bo‘lgan. Hozirda bu nomni talabalar shaharchalari bilan bog‘lashmaydi va undan ixtiyoriy korxona va tashkilotlar tarmoqlarini belgilashda foydalanishadi.
    Kampus tarmoqlarining asosiy xususiyatlari quyidagilar. Tarmoqlarning bu xili bir necha kvadrat kilometr maydonni qoplovchi alohida bino yoki bitta hudud doirasidagi bir korxonaning turli bo‘limlari tarmoqlari to‘plamini birlashtiradi. Kampus tarmoqlarida global boglanishlar ishlatilmaydi.
    Bunday tarmoqning xizmatlariga bo‘lim tarmoqlari orasidag aloqa, korxonaning umumiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, umumiy faks-serverlardan, tezkorligi yuqori bo‘lgan modemlardan va tezkorligi yuqori bo‘lgan printerlardan foydalanish kiradi. Natijada har bir bo‘lim xodimlari boshqa bo‘lim tarmoqlarining fayllaridan va resurslaridan foydalanadilar. Ma’lumotlarning korporativ bazalari kompyuterlarning qanday xilida joylashganligidan qat’iy nazar ulardan foydalanish imkoni kampus tarmoqlarining muhim xizmati hisoblanadi.
    Xuddi shu kampus tarmog‘i sathida bir jinsli bo‘lmagan apparat va programma ta’minotini integratsiyalash muammosi paydo bo‘ladi. Kompyuterlar, tarmoq operatsion sistemalari, tarmoq apparat ta’minoti xillari bar bir bo‘limda turlicha bo‘lishi mumkin. Demak, kampus tarmoqlarini boshqarish murakkablashadi. Bu holda ma’murlarning malakasi yuqori, tarmoqni tezkor boshqarish vositalari esa, mukammalroq bo‘lishi shart.
    Korporativ tarmoqlar korxona masshtabi tarmoqlari deb ham ataladi. Ingliz tilidagi adabiyotlarda bu xil tarmoqlarni belgilashda ishlatiladigan «enterprise — wide — networks» atamasining aynan tarjimasiga to‘g‘ri kelinadi.
    Korxona masshtabidagi tarmoqlar (korporativ tarmoqlar) alohida korxonalarning barcha hududlaridagi kompyuterlarni birlashtiradi. Ular murakkab tarzda bog‘langan bo‘lishi va shahar, mintaqa yoki qit’ani qoplashi mumkin. Foydalanuvchilar va kompyuterlar soni minglar bilan, serverlar soni esa, yuzlar bilan o‘lchanadi. Alohida hududlar orasidagi masofa global bog‘lanishdan foydalanishni taqozo etishi mumkin (9.3-rasm). Korporativ tarmoqda masofadagi lokal tarmoqni alohida kompyuterlar bilan bog‘lash uchun turli kommunikatsion vositalardan. xususan, telefon, radioliniyalardan, yo‘ldosh orqali aloqadan foydalaniladi. Korporativ tarmoqni telekommunikatsion muhitda suzuvchi «Lokal tarmoqlar orolchalari» ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
    Bunday murakkab va yirik masshtabli tarmoq yuqori darajali geterogenlikka ega, ya’ni bir xil programma va apparat vositalari yordamida minglab foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirib bo‘lmaydi. Korporativ tarmoqda kompyuterlarning turli xillari — meyn-freymdan tortib to shaxsiy kompyutergacha, operatsion sistemalarning bir necha xillari va turli ilovalar to‘plami ishlatiladi. Korporativ tarmoqning bir jinsli bo‘lmagan qismlari foydalanuvchilarga kerakli resurslardan imkoni boricha ochiq foydala­nishga sharoit yaratgan holda bir butun sifatida ishlashi shart.

    Download 32,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 32,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyasi Reja: Kompyuter tarmoqlarini tasniflanish usullari

    Download 32,34 Kb.