2-Mavzu.Yo‘llarini ekspluatatsiya qilishni boshqarish.
Reja:
2.1.Avtomobil yo‘llari
-
avtomobil-yo‘l
tizimining tarkibiy qismi.
2.2 «Haydovchi – avtomobil – yo‘l - transport oqimi - muhit» kompleksining
o‘zaro ta’sir modeli.
2.3.Avtomobil yo‘llari holatini boshqarishning nazariy asoslari.
2.4.Yo‘l sharoiti-transport oqimi tizimini boshqarish modeli.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
haydovchi, avtomobil, yo‘l – transport, atrof
– muxit, yo‘l qoplamasi, eksplutasion ko‘rsatkich, texnik ko‘rik, yo‘l xolati, tezlik,
deformatsiya, qoplama xolati,ekspluatatsiya qilish, ijtimoiy-iktisodiy, yo‘llar
tarmog‘i, konsepsiya, transport bozori tizimi, milliy avtomagistrali.
Qoplamaning
yedirilish
koeffisiyenti
-
qoplamaning
haqiqiy
yedirilishidagi, o‘lchanayotgan vaqtdagi qismi qalinligining qoplamaning o‘sha
qismi yeyilishi hisobga olinib belgilangan qalinligiga nisbati. Agar qoplamada
yedirilish bo‘lmasa koeffisiyent nolga teng bo‘ladi. Yedirilish oshgan sari
koeffisiyent ham oshib boradi, lekin avtomobil yo‘lidan to‘g‘ri foydala-
nilganda uning miqdori birdan oshib ketmasligi kerak.
Yo‘lning harakat bilan yuklanganlik koeffisiyenti
-yo‘lning berilgan
uchastkasidagi harakat jadalligining shu uchastkaning o‘tkazish qobiliyatiga nisbati.
Yo‘l harakati
– turli xildagi transport vositalari va yo‘ldagi harakatning
boshqa qatnashuvchilari jami.
Avtomobil yo‘llarida insonlar tamonidan boshqariladigan turli xildagi
mexanik va mexanik bo‘lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki
harakatda bo‘lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim
mavjuddir. Bu tizimni
yo‘l harakati
deb ataladi.
Trasnport vositalari turlicha va avtomobil yo‘llari esa o‘zining texnik toifasi,
to‘shamasi va xududda joylashuvi bo‘yicha o‘zgaruvchanligidan kelib chiqqan
xolda
|