an'anaviy avtoyo‘l yo‘laklarini rivojlantirish, zamonaviy avtotransport
vositalari yuqori darajada qulay va xavfsiz harakatlanishini ta'minlash uchun
mavjud yo‘llarni modernizatsiyalash orqali ularning texnik darajasini oshirish,
yirik shaharlarga kirishda avtomagistrallarning eng serqatnov uchastkalarini
rekonstruksiya qilish va aholi punktlaridagi tranzit oqimlarini bartaraf etish va
atrof muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish maqsadida aholi punktlarini aylanib
o‘tadigan yo‘llar qurish;
xalqaro transport yo‘laklari tarkibidagi eng yirik markazlar o‘rtasidagi aloqani
ta'minlash va ularni Yevropa hamda Osiyo xalqaro avtomobil yo‘llari tizimiga
birlashtirish uchun ko‘p bo‘lakli avtomagistrallar
va tez yurish imkonini
beradigan yo‘llar tarmog‘ini shakllantirish hamda rivojlantirish, muhim
transport
tugunlariga,
dengiz
portlariga,
terminallar
va
transport
infratuzilmasining boshqa obektlariga kirishni ta'minlash orqali mamlakat
transport tizimi uyg‘un rivojlanishiga ko‘maklashish;
avtotransport ortiqcha yo‘l bosishiga barham
berish va tuman markazlari
hamda yirik aholi punktlari o‘rtasida eng yaqin marshrutlar bo‘yicha aloqani
ta'minlash uchun mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmog‘i shakllanishini
yakunlash, mintaqaviy yo‘l tarmog‘ining yuzaga kelgan tuzilmasini
to‘ldiradigan yangi xordali va bog‘lovchi yo‘llar qurish;
trassalar o‘tish qobiliyati oqilona bo‘lishini ta'minlash va transport oqimlari
serqatnov avtoyo‘l tugunlarini chetlab o‘tishini, rivojlanayotgan hududlarning
avtomobil yo‘llari tayanch tarmog‘i bilan transport-iqtisodiy
aloqasini
ta'minlaydigan yangi avtoyo‘l yo‘nalishlarini shakllantirish;
chegara tumanlarida chet mamlakatlarga transportda chiqish imkoniyatini
ta'minlab, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish;
urbanizatsiya yuqori bo‘lgan tumanlarning rekreatsion zonalarida avtomobil
yo‘llarini rivojlantirish va obod qilish;
eng yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda
yo‘l servisining an'anaviy xizmatlarini va harakatlanishni avtomatlashtirilgan
boshqarish tizimlarini rivojlantirish hisobiga yo‘llardan
foydalanuvchilarga
xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish;
avtomobil yo‘llariga tutashadigan hududlarning respublika hududlarida
transport chiqindilari yetkazadigan salbiy ekologik ta'sirini kamaytirish;
avtomobil yo‘llarining ko‘kalamzorlashtirilishini va me'moriy-landshaft
tuzilishini rivojlantirish.